Bugun katta tantana, savodxonlik bayrami, Doim bo`lsin an`ana bilimdonlik bayrami



Yüklə 137,5 Kb.
tarix23.02.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#85324
savbodxonlik muborak senariyasi


Bugun katta tantana , savodxonlik bayrami,


Doim bo`lsin an`ana bilimdonlik bayrami.
Bolajonlar ko`zida o`ynar quvonch, hayajon
Savodxonlik muborak ko`zlari nur bolajon

Assalomu-alaykum, aziz ustozlar , hurmatli ota-onalar , mehridaryo buvijonlar.


Avvalo sizlarni kirib kelgan 2020- yil yangi yilingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.Sizlarga sog`lik-salomatlik, oilaviy hotirjamlik tilayman, Farzandlarimiz baxtiga doimo sog`-salomat bo`linglar.
Bugun bizning maktabimizda juda katta shodiyona, ya`ni savodxonlik bayrami.
Kechgina maktab ostonasiga tortinibgina qadam qo`ygan o`yiqaroq bolajonlarimiz bilim dargohimizga qadam qo`yib, bugun o`qish, yozish hisoblashni, odob-ahloq qoidalarini o`rgandilar. Shu davr mabaynida ,,Alifboda’gi barcha harflarni o`rganib oldilar ,Endi ular qo`llariga tushgan har qanday kitobni bemalol o`qiy oladigan bo`lib, savodli bo`lganlarini namoyish etadilar marhamat tinglab tomosha qilinglar, kamchiliklari bo`lsa bolalaikka yo`yinglar.
Ustoz: Sinfimda o`ttiz ikkita
O`quvchim bor albatta,
O`n oltitasi sho`x yigit.
O`n oltitasi lobar qiz,
Tanishtirsin o`zlarin
Tinglang ular so`zlarin.
( O`quvchilar o`zlarini sh`eriy tarzda tanishtiradilar)

Jahongir G`ofirjon va Nazokatxon


O`g`lidurman Jahongir
Hamma narsaga qiziquvchan
Shunday o`qisam agar
Bo`laman zo`r kimyogar

Ruxshona: Ismim mening Ruxshona


Oilaning sho`x qiziman
Qobiljonning erkasi
Nigoraxon qiziman

Shuxratbek: Shavkatbek va Namunaxon


O`g`lidurman Shuxratbek
Darsga kechroq kelaman
Lek agranom bo`laman.

Shaxzodaxon: Qodirjon va Gulzodaxon


Qizidirman Shaxzoda
So`zlarim dona-dona
O`zim-chi mahmadona.

Diyorbek: Shavkatbek va Tursunoyning


O`g`ludurman Diyorbek
Buvijonimerkasi’
Elni qilayin obod

Madinaxon: Oilamizning kenjasi


Madinaxon bo`laman
Odiljonning dilbandi
Fotimaxon qiziman.
Azizbek: Oilamizning yolg`izi,
Men Azizbek bo`laman
Abdulxofiz quvochi
Mayizxonning o`g`liman.

Nurillo: Oilamizning kenjasi


Ziyodaxon o`g`liman
Buvijonim erkasi,
Men Nurillo bo`laman.

Solihabonu: Zafarjon va Sadoqatxon


Ziyrak qizi bo`laman.
Katta bo`lsam albatta,
Men ham ustoz bo`laman.

Mansurbek Oilamizning to`ng`ichi


Men Mansurbek bo`laman
Dadajonim Otabek
Gulchiroyning o`g`liman

Farngiz Iqboldin va Muhabbatxon


Qizidurman Farangiz
So`zlarim dona-dona
O`zim odobli, dono.

Ziyarilloh; Rofiqjon va Oyshaxonning


O`g`lidurman Ziynatilloh
O`qishdaman birinchi
Qani yetib ko`ringchi.

Shukrona: Abrorbek va Feruzaxonning


Qizidurman Shukrona
Yozuvlarim juda go`zal
O`zimman qand-u, asal.

Oyatillo: Otabek va Muborakxon


O`g`lidurman Oyatillo.
Olti yoshman demadim
Juda yaxshi o`qidim.

Zilolaxon: Bivijon erkasi


Zilolaxon bo`laman
Dadajonim Abdumannop
Lobaroyning qiziman.

Botirjon: Baratjon va Tursunoyning


Botirjoni bo`laman
Katta bo`lsam albatta
Zo`r sportchi bo`laman.

Anisaxon: Ziyohiddin va Feruzaxon,


Qizidurman Anisaxon
Olti yoshdan berishdi,
Buvijonim qiynashdi,
Ishonchni men oqladim.
Juda yaxshi o`qidim.

Ustoz: Salom azizi bolalar,


Chehrasi gul lolalar,
Savodxonlik muborak,
Bayram tongi muborak.

Bolalar: Hamma so`zlar ichida


Salom degan so`zimiz,
Tilimizni bu so`zga
O`rgatgan ham o`zingiz.
Shuning uchun deymiz biz
,,Assalomu alaykum”

Ustoz: Jajjigina barmoqchangiz tafti xamon esimda,


Jovdiragan ko`zlaringiz o`ti xamon esimda.
Qo`llaringga qalam tutsam ushlolmagan bolajon,
Ustoz deya shodligimga shodlik qo`shding bir jahon.

O`quvchilar: O`quvchim deb erkalab,


Qo`llarimdan yetaklab,
Berdingiz bizga ta`lim,
Rahmat ustoz muallim.

Ustoz: Savodxonlik bayramingiz muborak bo`lsin,


Barchangizni dilingiz quvonchga to`lsin.
Olloh sizga doimo madadkor bo`lsin,
Yo`llaringiz hamisha nurlarga to`lsin.

Bolalar: Rahmat sizga muallim, bizga berdingiz ta`lim.


Bu bayram sababkori bilimlar poydevori
Ma`noli shirin so`zi oftobday nurli yuzi,
Bilmaysizmi bolalar qani ,, Alifbe” o`zi?

Ustoz: Alifbeni chaqirsak, baravar qarsak chalsak.


Bolalar: Do`stlaring senga mustoq ,, Alifbe” jon kel tezroq.


Al;ifbe kitobi: Eng birinchi do`stingiz, men ,,Alifbe” bo`laman,


Savodingiz chjiqarib, maqsadimga erishdim.
Men sizni sevar edim, mehrimni berara edim,
Harflarim tanitib,ongingizga kuyar edim.
Bilaman siz ham meni, yaxshi ko`rib qolgansiz.
O`qib har bir sahifam don obo`lib olgansiz.
Salom aziz bolajonlar mana to`r toy mobaynida men sizlar bilan hamroh bo`ldim. Sizlar mening sahifamdagi barcha bilimlarimni egallab oldingiz.Bolajonlar shu to`r toy davomida mendan nimalrni o`rgandingiz?

Bolalar: Chiziqchalar chizishni, o`qishni va yozishni.


Harflaring unli undosh, biri ko`z-u, biri qosh.

Alifbe: Bolajonlar biz qayerda yashaymiz?


Bolalar: Men yashayman O`zbekistonda,


Mehri doim jo`sh urar qonda.

Alifbe: Bolajonlar Vatan haqida she`rlar ham bilasizlarmi?


Shukrona: Vatan mening onamsan,
Issiq quchog`ing.
Kelajaging buyukdir
Yashna doimo
Vatanim seni bugun
Taniydi dunyo.

Zinatilloh: Tuprog`ing zar sening, quyoshinfg zargar,


Bu bog`-u rog`laring so`lim serjilo.
Bir marta tuzingni totsa kim agar,
Bo`lg`usi vaslingga bir umr shaydo.

Farangiz: Qaldirg`ochlar o`ynar ayvonda,


Bu Vatanning har yoni go`zal.
Bolajon yurt tengi topilmas,
Oqil, dono farzandlar o`sar.

Quvonchbek: Qiyosingni topmadim boshqa,


Ta`zim qilar poyioga osmon.
Kabam dedim talpindim unga,
Onajonim, hur O`zbekiston.

Ominaxon: Gullayver, yashnayver, topaver kamol,


Jahonda eng go`zal O`zbekistonim.
Ey, oltin ostonam, mehribon onam,
Ilhomim, qo`shig`im go`zal bo`stonim.

Bolalar: Shaxdam qadam bilan biz,


Zo`r avlod yaratamiz.
Vatanimiz nomini
Dunyoga tanitamiz.

,, Vatanim” qo`shiog`I ijro etiladi. ( Xor)


Alifbe kitobi: Rahmat bolajonlar men sizlarga ishonaman. Sizlar katta bo`lib, a`lo


baholarga o`qib, Vatanimizni gullab-yashnashiga o`z hissasngizni
qo`shasizlar.

Alifbe kitobi: Mendan qanday maqollarni o`rgandingiz?


5-o`quvchi: Ona yurting omon bo`lsa, rang-u ro`ying somon bo`lmas.


6-o`quvchi: Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lar chiroyli.

7-o`quvchi: Ustoz otangdek ulug`.


8-o`quvchi: Ona bilan bola, gul bilan lola.


9- o`quvchi: Hunar hunardan unar.


Alifbe kitobi: Rahmat sizga bolajonlar, maqollarga juda usta ekansizlar.


Maqsad ma`no anglatish
Ko`ngillarga yo`l toppish.
O`ziga berib sayqal
Harflar so`zlar galma-gal

A- harfi: Men ,,A” harfi bo`laman,


Aytay sizga arzu holim. alifbodagi ahvolim,
Krill, lotinda bir xilda, farqim yo`qligini bilda.
,,B” bizga qarab bo`zlaydi, eshiting nelar so`zlaydi.

B- harfi: Men ,,B” harfi bo`laman,


Biz bilandir, bog`bon bog`i,Botirning belda belbog`i,
Baxt birla, bilim bulog`I, bizda birdamlik bayrog`i.
Endi mendan fursat o`tdi, navbat ,,D” harfiga yetdi.

D- harfi: Men ,,D” harfi bo`laman,


Dilbar bilan Dilnavoz, doim men bilan hamroz.
Borman dongdor, davlatingda, farqim yoq krill, lotinda
Endi bizdan fursat o`tadi, navbat ,,E” harfiga yetdi.

E – harfi: Men ,,E” harfi bo`laman


O`rnimdan so`z ochaman, Elbek eli el bo`lsin,
Mensiz elchiga yo`l bo`lsin,eshik, elak ham etik
Ertak ham men bilan bitik, endi mendan fursat o`tdi.
Navbat ,,F” harfiga yetaman.

F- harfi : Men ,,F” harfi bo`laman


Farxod , Fotima fahriman, o`zga harflardan farqliman,
Furqat, Farruh va Fahriyor, kabi belda belbog`im bor.
Biling meni mukammal, endi ,,G” ga yetdi gal.
G- harfi: Men ,,G” harfi bo`laman.
G deb berdilar bizga nom,aytayin o`rnimdan kalom,
Gulmira va Gulchehra, mendan olurlar bahra.
Gavhar, Gulshod, Gulasal, Gulshan ham men bilan go`zal,
Yakuniga yetdi so`zim, H harfida ikki ko`zim.

H – harfi: Men ,,H” harfi bo`laman.


Hamrozga hamisha hamdam, Hirotda bo`lurman har dam,
Hizmat hamda hay-u, havas, Hulkar, Humoyun hamnafas,
Inimioz,,I” ham so`zlasin, arzin bayon aylasin.

I- harfi: Men ..I” harfi bo`laman


Ishonch, ixlosda borman, insonlarga intizorman.
Menda erur, ilm-u, imkon, ishon yo`q so`zimda yolg`on,
Qo`ldan ketmasin fursat, ,,J” bermoq durust navbat.

J-harfi: Men ,,J” harfi bo`laman


J deb joyimdan ochay so`z, qilay o`zimni ko`z-ko`z.


Jaloliddin juratida, Jahongir jasoratida,
J hamisha tayyorda.
K harfi navbat kutar, endi bizdan fursat o`tar.

K- harfi: Men ,, K” harfi bo`laman,


K deb nom berdilar bizga, kam-kam kalom aytay sizga
Krill , lotinda yo`qdir farqimiz, doim barobar narximiz.
Kop o`qisang koni foyda, kam o`qisang foyda qayda.
Ko`p gapning yoqdir hech naïf, so`z so`rab keldi ,,L” harfi.

L-harfi Men L harfi bo`laman.


Bilimdonga el bo`lurman, qanday so`zlarda kelurman.
Bol-u, iqbol ham bolada ,lalu, labu ham lolada
Tillar, dillarga men iqbol , fazilatlarim bilib ol

M- harfi: Men M harfi bo`laman,


Maktablarda mualliman
Mashrab, Maxmudga mansubman
Makka , Madinada hozir
Mamlakat, Maxmud, Mahliyo
Men bilandir muhr, imlo.
Endi so`zni N so`zlasin
Arzin bayon aylasin.
N – harfi: Men N harfi bo`laman
N deydilar nomimni
Eshitin kalomimni
Nonvoy nonida borman
Namanganda nomdorman
Endi nutqim nihoyasi
Navbatda ,, O” hikoyasi.

O – harfi: Men ,, O” harfi bo`laman


,,O” o`rnida etay ogoh,
Biz bilandir, hatto olloh
Osmon, ozod menla obod.
Odam, olov hasmda ozod
Bola qilsa izzat- ikrom
Ota-ona olgay orom
Endi nutqim nihoyasi
Navbatda ,,P” hikoyasi

P- harfi: Men ,,P” harfi bo`laman


So`zni ,,P” dan ochaman,
Parvoz bilan parvonada
Payvand bilan paymonada
Bilmoq uchun o`qing takror
Endi ,,Q” da ne gaplar bor.

Q- harfi: Men ,,Q” harfi bo`laman,


O`rnimni etay bayon
Qay so`zlarda men nomoyon
Qadrdonlarim qoshimda
Qilich, qalqon yonboshimda
Sizsiz ko`zimning qarog`i
Shudir so`zimning adog`i
Ne deganim yodda tutsinlar
Endi ,,R” dan so`zni kutsinlar.

R-harfi: Men ,,R” harfi bo`laman,


Rahmon desa men borman.
Raxim desa tayyorman,
Rasul va Rizamatda
Rassom, rasm, takrorda
R hamisha tayyorda
Endi tinglan ,,S” so`zin
Tanishtirsin bizga o`zin.

S-harfi: Men ,,S” harfi bo`laman,


Sozandalarning soziman,
Iskandarninbg sarboziman
Sog`u- salomatda borman,
Sarbon singari sayyorman.
Suluh, solih, salohiyat
Mensiz bo`lmas maslahat
Yana soch bilan soqol,
Endi ,,T” ga quloq sol.

T- harfi: Men ,,T” harfi bo`laman,


Tong ham hatto mensiz zulmat
Toshda tuxum tekis turmas,
T bilandir tamannolar
T ga ayting tasannolar
T bilandir tafakkur ham
Tushunganga tashakkur ham
Tingladingiz ,,T” tarzini
Tinglang endi ,,U” arzini

U-harfi: Men ,,U” harfi bo`laman


Ulug`larning ustuniman,
Umidlarning uchquniman
Unlilarning men uniman
Baku shahri yakuniman
Umringiz bo`lsin ko`p uzun
,,V”ning qo`lidadir tizgin

V-harfi: Men ,,V” harfi bo`laman


,,V” deydilar mening otimni
Bilib oling suhbatimni
Alifbodir viloyatim
Va`daga vafo odatim
Viloyatda, valiyu, vazir
Volidaga men muntazir
O`z vazmimda so`zim tamom
,,X” so`zlay qolsin vassalom

X-harfi: Men ,,X” harfi bo`laman


Bayon aylay ta`rifim
Ayon aylay ta`rifim
Xonning xazinasi, taxti
Xatotniong xarchand baxti
Xolida, Xoliq-u Xoldor
Xumor va Xurshidda men bor
Endi eshiting ,,Y” dan so`z
Qilsin u ham o`zin ko`z-ko`z.

Y-harfi: Men ,,Y” harfi bo`laman.


So`zlarda ko`pdir xizmatim
Bilganlar qilar izzatim
Yo`lchiboyga yo`ldoshman
Yo`lbars bilan yildoshman
Yirtqichlar yig`in qilib
Qoldilar ,,Z” ga tikilib

Z-harfi: Men ,,Z” harfi bo`laman,


Otim ,,Z” dir harflar zo`ri
Zukkolarga qalbim to`ri
Zavqliman zebo, zamonda
Zohirman zaminu zabonda
Zuhra, Zumrad, Zulhumor
Zulfiyaga ,,Z” dir yor
,,Z” bilan zindon, zunnor
Ho`sh ,,O`” da qanday so`z bor.

O‘-harfi: Men ,,O‘” harfi bo`laman


Aslim ,,O” dan yasalgan
Chiziq bilan bezalgan
,,O” dan meni farqim qiziq
Boshim ustidagi chiziq
Shoshib – pishib ,,G`” kelmizsh
O`z haqida nelar dermish.

G‘-harfi: Men ,,G‘” harfi bo`laman


,,G`” dermishlar mening ismim
,,G” ga o`xshab ketar jismim
Farqim ham border ozgina
Vazifam bisyor sozgina
Keldi ,,Sh” ning navbati
So`z bermaslik g`alati

Sh-harfi: Men ,,Sh” harfi bo`laman


Shaxanshohlar shikori
Shaxdu, sheru, shakari
Shoh Boburning she`ri
Bilim olish rejasini tuz
Endi ,,Ch” dan so`zni kut.

Ch-harfi Men ,,Ch” harfi bo`laman


So`zni ,,Ch” dan ochaman
Chehra , chevar va chaman
Chumoli, chittak, chayon
Men tufayli yonma-yon
Uch choynak choy ich Chori
So`ng tingla ,,Ch” ning zorin
Tinglamasang gap tamom
,,Ng” birikmasiga sho`x salom

Ng- birikmasi: Tongda doim turaman


Ongga juda zarurman
Men tufayli rang-barag
Kenglilarga bir qarang
So`zni juda cho`zmasman tarang
Boshni qilmasmang garang
Endi bizdan fursat o`tadir
Tutuq belgisi navbat kutadir.

Tutuq belgisi: Asli ismim tutuq belgi


Yaxshi biling bo`lmang kulgu
Ayrimoqlikdir vazifam
Ayrim so`zlarda kelsam ham
E`tiroz-u, e`lon. e`zoz
Hamisha men bilan hamroz
Men bilan tugadi ta`rif
So`zin tugatdi barcha harf.

Ustoz: Shuning bilan harflar,


Kalomi bitdi.
Sizga aytgan dilkash
Salomi bitdi.
Alifbekitobi: Bolajonlar men sizga,
Birinchi kitobdurman.
Dilingizni yoritgan,
Quyoshu oftobdurman,
Ko`rdim, bugun donosiz.
Hammadan ham a`losiz,
O`qish, yozishni bilgan
Aqli raso bolasiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G`ayrat bilan o`qidingiz
Nasixatimni tinglang.

Bolalar: Xayr alifbe jonim


Raxmat yo`llab qolamiz.
Omon bo`lgin, biz senga
Oq yo`l tilab qolamiz.
Zilolaxon : Alifbeni yakunlab
Bormoqdamiz ilgari
Navbat o`qish kitobiga
Bilim o`xshar oftobga.

Ziynatilloh: Marhabo o`qish kitob


Charaqla misli oftob,
Nur sochib olg`a boshla
Biz bilan bo`lgin oshna.

O`qish: Men o`qish kitobiman


Ko`p uqish kitobiman
Sizlarga do`st bo`laman
Ongingiz oshiraman
Alifbe do`stim sizni
Maqtagandi ko`rayin
Gapi bilmadim yolg`on
Rostligini sinayin
Meni varaqlab ko`ring,
Mag`zimni chaqib ko`ring
Sahifamda ne bo`lsa
Berilib o`qib ko`ring
Bilaman sizlar meni
Varaqlab o`rganasiz.
Yaxshi g`ayrat qilsangiz
O`qib olim bo`lasiz.
Siz o`qishga kirishing
Sidqidildan tirishing
Ixlos ila albatta
Fozillik husnixatda
Dillarni shod etgaysiz
Yurtni obod etgaysiz
Sizga omad yor bo`lsin
Tangri madadkor bo`lsin.

Ustoz: Alifbe bilan birga


O`rgandik biz bir kitob
Sizga aytsam azizlar
Bu darslik nomi hisob.
Bolalar: Matematika kerak
Har bir o`g`il va qizga
Aqlni va fikrni
Soladi teran izga.

Matematika: Salom jajji bolajonlar, men ham sizlarni savodxonlik


bayramingiz bilan tabriklagani keldim.Savodxonlik bayramingiz
muborak bo`lsin,Sizlarni kelgusidagi o`qish va ishlaringizda ulkan omad-
lar tilayman. Sizlarga savollar bersam topasizlarmi?

Bolalar: Savol bering topamiz


Javobini aytamiz.

Matematika: Oyim berdi uch olma, o`zimda ham beshtata bor.


Sanab bilsang ayta qol, menda nechta olma bor.

O`quvchi: Besh olmay-u, uch olma.bular sakkizta olma.


Matematika: U shoxda bor 4 ta qush, bu shoxda bor 3 ta qush.


Uchib ketdi 2 qush, shoxda qoldi nechta qush?

O`quvchi: Shoxda qoldi 5 ta qush


Matematika: Qayin daraxtida 5 ta shox bor, har bir shoxda 8 tadan olma bor,
Hamma olmalar nechta?

O`quvchi: Qayin daraxtida olma bo`lmaydi.


Matematika: Bildingiz birin-birin, hammangizga ofarin.


Bolalar: Gaplarimiz yolg`onmas


,,5” olish osonmas
Umid uzmay o`yladik
Chiqmaganga qo`ymadik.

Elda bor shunday naql,


Hisob aqil qayrog`i,
Tinglab sonlar tafsifin
Bo`lingiz chin o`rtog`i.

0- nol: Mavlonbek: Juda ham puch emasman


O`ylagandek ba`zilar
O`tsam sonlar ortiga
Kuchim yaqqol sezilar.

1-soni: Oyatillo Noldan keyin turaman


Chizg`ichingga qarab boq
Tartib sonlar ichida
Birinchiman ey o`rtoq

2-soni:Azizbek: Qomatimni ko`rganlar


Qiyos etar oqqushga
Mendan dir-dir titraydi
Ixlosi yo`q o`qishga.

3-soni: Diyorbek: Bilimingni baholab


Noiloj qoniqaman,
Qachon o`tar to`rtga deb
Ko`z tutib toliqaman.

4-soni: M-ali: To`ntarilgan stolga


O`xshab ketar bo`y-bastim
Otim ,,yaxshi” to`rtta harf
Besh mening yaqin do`stim.

5-soni: G`iyiosidin Rassom chizar o`xshatib


Yuk ko`targich ilmoqqa
Men muallim sovg`asi
Bilimdon har o`rtoqqa

6-soni: Mansuebek: Kaptok misol qornimni


Soyabonga olaman,
Bir, ikki, uch, o`zimga
Teng bo`lina qolaman

7-soni: Ziynatillo: Boshga tutib soyabon


Belbog`cha bog`laganman
Hisob-kitobga do`stlar
O`zimni chog`laganman.

8-soni:Murodjon: Ipak qurti pillasiday


Qo`sh halqaman mustahkam
O`zgarmas qiymat, shaklim
O`ng, ters bo`lib tursam ham.
9-soni: Botirjon: Shaklim o`xshar vergulga,
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga
Shu yoshdan karvonboshman.

10-soni: Shuxratbek: Qo`shni bo`lib ko`paydik


O`n hissaga bir va nol
Hisoblaymiz sanaymiz
Berib doim qo`lga-qo`l.

Qo`shish: Men qo`shuvman, men ayruv


va ayirish Bizlar aka-ukamiz
Topshirilsa qay bir ish
Pishiq puxta qilamiz.

Katta:Jahongir Nomim katta kuchim ko`p


Deb maqtanib yurmayman.
Kichikka ish buyurib
O`zim bekor turmayman.
Kichik: Quvonchbek Bo`lsam hamki men kichik
Aqlim ko`pga yetadi
Turnalar ham osmonda
Shaklim chizib o`tadi.

Matematika: Rahmat bolajonlar, sizlar mening har bir amallarimni juda yaxshi


o`zlashtirib olibsizlar.Men sizlardan juda xursand bo`ldim.Kelgusi
sinflarda o`tiladigan barcha amallarini ham yaxshi o`zlashtirishga harakat qilasizlar
men kelgusidagi o`qish va ishlaringizda ulkan omadlar tilayman.
Ustoz: O`quvchilar sizlar shu 4 oy davomida boshqa fanlar qatori ingliz tili fanidan ham o`z sabog`ingizni chiqardingiz. Sizlarni bugun tabriklagani ingliz tili kitobi ham tashrif buyurgan. Endi davramizga ingliz kitobini taklif qilsak.

Ingliz tili : Rahmat bolajonlar sizlar ingliz tili fanini ham yaxshi o`zlashtirib


olibsizlar. Men sizlardan juda xursandman.Sizlarga kelgusidagi o`qishlaringizda faqat omad yor bo`lsin aziz bolajonlar.

Ustoz: Endi navbatni bolajonlar tayyorlab kelgan bayram dasturiga


bersak.Marhamat tinglab tomosha qilinglar.

Dildora : Kulib issiq yuzimiz,


Porlab turar ko`zimiz
Assalomu alaykum
Eng birinchi so`zimiz

Jahongir: Mehribon onalarga


Jonkuyar opalarga
Qadrdon ustozlarga
Eng birinchi so`zimiz.

Ruxshona: Ayamagan vaqtini


Bizga bergan pandini
Ham asal, ham qandini
Otajonlar assalom.

Farngiz: Assalom iymoni omon insonlar,


Assalom bu kunni intiq kutganlar.
Mehribon onajonlar, jon buvilarim.
Bayramga tashrif buyurgan azizi do`stlarim.

Yoqubjon: Assalom mehmonlar mehri ziyolar,


Yuragi quyoshu, qalbi daryolar.
Sizga ham tengdoshlar, dildan ehtirom
Qo`llar ko`ksimizda salom assalom.

Anisaxon: Oq sut bergan onalar , mehribon buvijonlar.


Qutlaymiz sizlarni ham, savodxonlik muborak.
O`quvchilar bosh egar, izingiz ko`zga surar,
Ustozni barcha qutlar, savodxonlik muborak.
1-boshlovchi:
Assalomu- alaykum aziz ustozlar, hurmatli ota-onalar,mehribon buvijonlar, maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar.Bugun biz uchun katta shodiyoha, savodxonlik bayrami .Biz shu to`r toy davomida savodimiz chiqib o`qishni ,yozishni va hisoblash amallarini bilib oldik. Buning uchun biz barcha ustozlarga boshimizni egib ta`zim qilamiz. Marhamat bayram tomoshamizni tinglab tomosha qilinglar

Mustaqil yurt o`g`il – qizlari,


Yuzi qirmiz shirin so`zlari.
Aqli raso bilimga tashna
Kulib turara charos ko`zlari.

2- boshlovchi: Davramizning guli o`zingiz,


Sayroqi sho`x bulbul so`zingiz.
Charaqlagan oysiz ham quyosh,
Olqishlaydi sizni keksa-yosh.

( ,,Qor” qo`shig‘i ijro etiladi.)


Ustoz: Mehr nuri yog`ar doim,


Yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan ustozlar.

Endi navbatdagi sh`rlarimiz jonkuyar ustozlarimizga bag`ishlanadi.


Marhamat tinglab dam oling.
Dildoraxon: Ilk bor partaga sekin o`tqazib,
Jajji qo`llarimga qalam ushlatib.
Menga harf tanitgan qalbi jahonni,
Unutmayman also sizni ustozni.

Kamolaxon: O`quvchilarga bosh inson


So`zlari otash inson.
Yuragi quyosh inson
Qilamiz sizga ta`zim,
Tasviriy san`at ustozim.

Dilrabo: Musiqa sehridan bahra olishni


O`rgatdingiz to`g`ri ijro qilishni
Bugun boshingizda qilamiz ta`zim,
Aziz musiqa ustozim.

Azizbek: Ishga mehri ulkan


Kasbim deb to`lib-toshgan
Darsning sheri bo`lgan
Bugun qilamiz ta`zim
Odobnoma ustozim

Madinaxon: Rahmat sizga jonajon ustoz


Tabiatni sevdirdingiz
Unga mehr qo`ydirdingiz
Qilamiz sizga ta`zim
Aziz tabiat ustozim

Murodjon: Fanlar bobida chevar


O`quvchilarni sevar
Jonkuyar mehnatsevar
Qilamiz sizga ta`zim
Aziz mehnat ustozim.

N.Madinaxon: O`rgatdingiz siz qardosh tilini,


Mana chiqdi ancha savodim
Bugun qilamiz ta`zim
Ingliz tili ustozim.

( ,,Ustozlar” qo`shig`I ijro etiladi Xor.)


Ustoz: Onalar bor olam qo`shiq xonadir


Onalarni maqtasa dil qonadir
Farzand uchun kim quvonib yonadfir
Onadir ul, onadir ul, onadir .
Navbatdagi she`rlarimiz onajonlarimiz uchun .Marxamat tinlab dam oling.

Shuxratbek: Onalar qo`llarin ochsa duoga ,


Albatta tilagi yetar Xudoga.
Qiyos eta olmama yer-u, samoga
Onamning keng qalbi qiyos dunyoga.

Shaxzodaxon : Onalar bor uyda also bo`lmas g`am,


Onasi borlarning ko`zi bo`lmas nam.
Ularga olamni bag`ishlasak kam,
Dilini og`ritganning boshi bo`lar ham.

Yoqubjon: Tunlarni tonglarga ulagan bedor,


Farishta onamga tilaklarim bor,
Dardini birovga aytmas hech qachon
Onam balolardan asrovchi qo`rg`on.

Mansurbek : Ilk davrimda onajonim


Men ko`chaga chopardim
Bir zumda-yu o`yinchog`u
Ham o`rtoqlar topardim
Nurjaxon: Kechalari boshim uzra,
Ertak aytib berdingiz
Xafa bo`lsam yig`ladingiz
Men kulganda kuldingiz.
Diyorbek: Endi ba`zan ukalarim
Qilganida inchiqlik.
Unday qilma ukajonim
Endi bo`lgin sen eslik.
Anisaxon: Qo`lingizga kitob olib,
Qiziqtirib kitobga.
Chehrangizdan nur yog`ilar
Tenglagayman oftobga.

Mavlonbek: Ilk makonim beshikda


Allangizni tingladim
Murg`akkina bo`lsam ham
So`zlaringiz angladim.
Botirjon: Onajonim menga bergan
Mehr uchun bir umr
Boshimni egib deyman.
Onajonim tashakkur.

,,Asal qizman “ qo`shig`I ijro etiladi. Farangiz va Solihabonu ijrosida.


Ustoz: Navbatdagi she`rlarimiz yana onajonlarimiz haqida marhamat


Tinglab dam oling.

Nurillo: Onajonim hali yoshman


Murg`akkina bolaman.
Katta bo`lsam yordamchi-yu
Ham mehribon bo`laman.

Ominaxon: Oyijon katta bo`lsam,


Ishingizni olaman.
Dam oling deb tagingizga
Ko`rpachalar solaman.

Ilyosbek: Shu sababli onajonim


Bo`ling sog`u-salomat
Onalar bor, bolalar sog`
Shudir bahtu saodat.

Begoyim: Meni yorug` dunyoga


Keltirdingiz onajon
Betob bo`lsam boshimda
O`tirgansiz onajon

Oyatillo: Ilk makonim beshikda


Allangizni tingladim.
Murg`akkina bo`lsam ham
So`zlaringiz angladim.

Shoxsanam: Jajjigina jismimga


Mehr bergan o`zingiz.
Buncha shirin, muloyim.
Aytgan har bir so`zingiz.

( ,,Sehrli dunyo” qo`shig`i. Ijro etadi Ruhshonaxon,


Ominaxon, Shukrona, Madinaxon , Dildoraxon)

,, Ona mehri “ ota-onalar ishtirokida o`yin o`tkazish.


Ustoz: Oq paxtaday sochingiz,
Omon bo`lsin boshingiz.
Ayta qoling buvijon,
Hozir qancha yoshingiz.

Navbatdagi she`rlarimiz buvijonlarimiz uchun marhamat tinglab dam oling.


Dilrabo: Buvijonim borlar mening


Hammadan ham mehribon.
Boshimizda parvonalar,
Kasal bo`lsak nogohon.

Quvonchbek: Onamizdek mehribon,


Doim duo qilarlar
Odob-ahloq berib bizga
Pand nasihat qilarlar.

Zilolaxon: Yuzingizda ajin bo`lsa


Oq tolalar bo`lsa ham,
Mening uchun chiroylisiz
Buvijonim juda ham.

Diyorbek Orqangizdan yursak hamki,


Orqamda qol, degaysiz.
Mehr bilan boqib doim
Bosh ko`zimiz silaysiz.

Nurjaxon: Ertaklari juda qiziq,


Qiqir-qiqir kulamiz.
Ba`zan esa yonlarida
Mudrab uxlab qolamiz.

Shukronaxon: Tikish-bichish ishlariga


Mirishkorlar juda ham
Ninaga ip taqib ba`zan
Yordamlashaman men ham.
Solihabonu: Dadam, oyim, men va ukam
Sizni yaxcshi ko`ramiz
Mehmonlarga ketsangiz gar
Biz sog`inib qolamiz.

Ruxshona: Onam derlar, Buvimiz bor.


Uyimizda davlat bor.
Qut-baraka oqibat-u
Mehr hamda savlat bor.

Hamma: Uzoq yashang buvijonim


Bo`lib sog`u salomat
Ko`rganingiz to`ylar bo`lsin,
Bo`lsin shodlik ham rohat.

“ Buvijonim kelyapti” qo`shig`i ( N.Madinaxon,Ominaxon,Shoxsanam,Madina)


O`quvchilar tomonida tayyorlangan kuy-qo`shiqlar ijro etiladi.


1. ,,Childirma” ijro etadi.


( Shuxratbek, Muhamadali, Azizbek, Oyatillo, Zinatillo, Quvonchbek)

2. ,,Bolaligim gulbahor” (Ijro etadi Anisaxon va Begoyim)


3 Ota-onalar ijrosida qiziqari o`yin o`tkazish ( Tuxum)


4 ,,Andijon polkasi” (Jahongir, Yoqubjon, Murodjon, Azizbek)


5 ,, Ukajonim” ( Shoxsanam, Zilolaxon, Dildora )


6 Sahna ko`rinishi ,,Ilm afzal” ( Farangiz, Ominaxon, Jahongir,Botirjon,


G`iyosidin, Ilyosbek )
7. Ota-onalar ijrosida qiziqarli o`yin ( Imkon shov)

8. Sinf yigitlari ijrosida raqs.


9. ,, Olma” qo`shig`I ( Shaxzoda, N.Madinaxon, Dildora, Dilrabo )


10,,Lazgi” ( Solihabonu, Farangiz, )


11. Qatra handalar
Ustoz: Bolajonlar, ey azizilar
Bir kun katta bo`lasizlar
Sizlar kezib jumla jahon
Bo`lasizlar yaxshi inson
Balki meni unitarsiz
Balki yodda tutarsiz
Qayda bo`lmang ,bo`lin omon
Insoniylik qiling har on
Har biringiz bitta qo`rg`on
Bo`lasizlar yaxshi inson.

Shuning bilan ,,Savodxonlik bayrami” miz o`z nihoyasiga yetdi. Bayramimizning


kamchiliklari bo`lsa bolalaikka yo`yinglar.
O.Nazarovning , ,, Barkamol avlod” qo`shig`i ijro etiladi.
Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin