BUGUNGI KUNDA IJTIMOIY TARMOQLARNING INSONIYAT
HAYOTIDA TUTGAN O'RNI
Narziyeva Zarina Bahriddin qizi
Samarqand Davlat Chet Tilllar Instituti 2-bosqich talabasi
Iskandarova Nilufar Toxirovna
Ilmiy rahbar
Annotatsiya
: Ushbu maqolada bugungi jadal, taraqqiy zamonda ijtimoiy
tarmoqlarning kishilar hayotida tutgan orni va uning har bir kishi , yoshidan qat’iy
nazar ularni o’ziga jalb qilayotganligi haqida va qo’shimcha ravishda ,yoshlar ongiga
ta’siri haqida so’z yuritiladi
.
Kalit So’zlar
:
Axborot texnologiyalari taraqqiyoti ,global tarmoq ,onlayn
konferensiyalar ,iste`mol madaniyati , internetga qaramlik , kundalik hayot , ,axborot
madaniyati ,virtual olam ,real hayot ,kundalik yangiliklar
Kirish qism
Bugungi keng ko’lamda shiddat bilan rivojlanib borayotgan hayotimizni
internet tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi .Mamlakatimiz
va dunyo
miqyosida ro’y berayotgan
kundalik yangiliklar deysizmi , xabarlar deysizmi
barcha
–barchasidan ogoh bo’lish maqsadida va ushbu informatsiyalarni uzatish
bilan chambarchas bog’liq . Va sodir bo’layotgan barcha hodisalar va voqealar
to’grisida ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali aks etib boryapti . Shubhasiz , bu
yangiliklardan xabardor bo’lishda axborot texnologiyalarining
xizmati ancha
yuqori hisoblanadi . Shuni qo’shimcha qilish darkorki ,bularning barchasi ushbu
tarmoq foydalanuvchilari
uchun nafaqat o’zlarining shaxsiy fikrlari , shuningdek
, qarashlari va tuyg’ularini ham ifoda etishda eng qulay va tengsiz imkoniyat
bo’lib xizmat qiladi . Shuning uchun bo’lsa kerak ,
har qanday yoshdagi kishi
bo’lmasin , misli ko’rilmagan darajada ushbu texnologiyalarga ‘’maftun ‘’bo’lib
qolmoqda .Tezlik bilan taraqqiy etayotgan zamonda yashayotgan ekanmiz, har
bir insonning texnogiyalardan maksimal darajada foydalana olish qobiliyati uning
axborot texnologiyalari taraqqiyoti bilan qanchalik ravish
da bog’liq holda faoliyat
yuritishining muhim jihatlaridan biri sifatida xizmat qiladi . Har bir shaxs o’z
olamidan kelib chiqib, u yoki bu voqealar yuzasidan biron masalaga munosabat
bildiradi