Bugungi kunda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat



Yüklə 109,47 Kb.
səhifə1/12
tarix14.06.2023
ölçüsü109,47 Kb.
#130123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Strategik risk rejalashtirish rolini asoslash


Kirish
Bugungi kunda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat faoliyatining bir qator qiyin va yuqori riskli faoliyati hisoblanib o’ziga xos bilim va malakani talab qiladi. So’nggi yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko’rinishiga hisoblanmoqda. Aksariyat sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha tajribalar to’plana boshlandi va bunda loyihani boshqarish doirasida ko’riladigan masalalardan biri bo’lgan investitsion risklar va ularni boshqarishga katta e’tibor kuchaytirildi. Loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida hisoblanmaydi.


Ayni paytda moliyaviy talabni aniqlashda ham, smeta va budjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog’liq masalalar yechimini topmoqda Iqtisoddagi risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa – amaldagi bozor kon’yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishdagi asosiy yo’llar quyidagilar: risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; moddiy ta’minotni olish (garov); moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik); risklarni kredit bo ‘yicha yuqori foiz stavkasiga ko’chirish; risklarni venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo’yicha yo’qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish va boshqalar. Bular riskni boshqarish bo’yicha quyidagi ish yo’nalishlarini talab qiladi: har bir mijoz bo’yicha doimiy monitoring olib borish; ma’lum bir mijozning asosiy xo’jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringini yuritish; kafolatni jalb qilish va tahlil etish; risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish).
Risklarni ajratish deganda moliyalashtirish manbalarining harakatidagi og’irlikni qarzdorning o ‘zi bilan birgalikda boshqa bir necha investorlar o’rtasida bo ‘linishi tushuniladi. Yirik qarzdorlarning loyihalarini moliyalashtirishda bu tabiiy, bu amaliyot kichik tadbirkorlik doirasidagi tadbirkorlar uchun keng tarqalmagan. Bu shu bilan bog’liqki, so’ralayotgan kreditning chegaralangan summasida investorlar o’rtasida risklarni taqsimlanishi va nazorati bo’yicha operatsion xarajatlar bank kreditlash riskini kamaytirishga qilinadigan iqtisodni oshirishi mumkin. Investitsion kreditlashda risklarni taqsimlash shakllaridan biri kredit bo’yicha kafolatni jalb qilishdir. Odatda, bu loyiha qiymatining taxminan 50%idan 2/3 qismigacha va kredit qiymatining 75-80%ini qamrab oladi. Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul
doirasida aniq chora-tadbirlarni qo’llash mumkin Shuni alohida ta’kidlash joizki, shunday risklar mavjud bo ‘ladiki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya’ni ular loyiha ishtirokchilari ta’siridan tashqarida bo’ladi. Bunday risklar ko’p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo’llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o’z-o’zini sug’urtalash, tajribali sug’urtachi yordamida sug’urtalanishga mablag’ ajratishi tushuniladi. Sug’urta shartnomalarida riskning ko’pgina turlari bo’yicha sug’urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko’rib o’tilgan moddalar mavjud bo’ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari sug’urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o’z usullari va yo’llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja-dasturlarini nazorat qilib boradilar.
Natijalarni baholash - bu ma’lum bir loyiha doira sidagi risk-menejmenti bo’yicha faoliyatlarining yig’indisi. U keng ma’lumotlar to’plami asosida o’tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk menejmenti ning alohida choralarini qo’llash, samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o ‘tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko’rsatma va xulosa lar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo’llaniladi. Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarni hamda ichki omillar inobatga olish lozim bo’ladi


    1. Yüklə 109,47 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin