BUL ALGEBRASI. MULOHAZA TUSHUNCHASI. MULOHAZALAR USTIDA IKKILIK MANTIQIY AMALLAR. SODDA VA MURAKKAB MULOHAZALAR. MULOHAZA O'ZGARUVCHILARI. ASOSIY MANTIQIY BOG'LIQLIKLAR. KUN'YUNKSIYA, DIZ'YUNKSIYA, INKOR, IMPLIKASIYA,
REJA:
Bul algebrasi
Mulohazalar ustida ikkilik mantiqiy amallar
Mulohaza o'zgaruvchilari
Matematik mantiq diskret matemetikaning asosiy bo`limi bo`lib,
bu bo`lim mulohazalar algebrasi bilan boshlanadi. Matematik mantiq hamda
to`plamlar nazariyasi birgalikda hozirgi zamonaviy matematikaning fundamenti hisoblanadi.
Amaliy nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, matematik mantiq ma`lumotlar bazasini qurishda, elektrotexnika, informatika va hisoblash texnikasi va umuman barcha raqamli qurilmalarda dasturlash tili uchun asos bo`lib hizmat qiladi.Shuning uchun ham tahliliy mulohaza yuritishga qiziquvchi har bir kishi matematik mantiq bo`limini o`rganishi kerak bo’ladi.
Insoniyat tomonidan to’plangan matematik bilimlarni jamlashda greklarning hissasi nihoyatda salmoqli bo`lgan, shuningdek, ular mantiq, ya`ni to`g`ri mulohaza yuritish san`ati bilan ham shug’ullanishgan. Er. av. 389 yilda Platon (er.av.427-347 yy) asos solgan falsafiy maktabda matematikaning ilk
nazariy asoslari qurildi. Platon mantiqiy teoremalarni isbotlashning quyidagi 3 ta metodini ishlab chiqdi:
1) analitik metod;
2) sintetik metod;
3)apagogikmetod.
Analitik metod – har biri o’zidan oldingisining bevosita natijasi bo’lgan gaplar zanjirini hosil qilishdan iborat. Bu zanjirning birinchi elementini isbotlash kerak bo’lgan mulohaza, oxirgi elementini esa isbotlangan haqiqat tashkil qiladi.
Sintetik metod – analitik metodning aksibo’lib, unda birinchi element isbotlangan haqiqat va har bitta mulohaza o’zidan keyingisining natijasi bo’ladi.
Apagogik metod – teskarisini faraz qilish yo’li bilan isbotlash metodi bo’lib, unda zanjirning birinchi elementi isbotlash kerak bo’lgan mulohazani inkor qilish bo’ladi, oxirida esa ziddiyatga olib kelinadi.
Platonning shogirdlaridan Aristotel Stagirit (er.av. 384 -322 yy) alohida ajralib turadi. Aristotelni mantiq ilmining asoschisi desak,
yanglishmaymiz, chunki u o’zigacha bo’lgan barcha mantiqiy bilimlarni jamladi va mantiqiy qonuniyatlar sistemasini yaratdi. Bu qonunlardan tabiatni tadqiq qilishda mulohazalar quroli sifatida foydalandi.
Aristotelning olamni o’rganishdagi bilimlari yagona bo’lib,
naturfalsafa deb nom olgan.
Qadimgi greklar matematikani ikkiga ajratib o’rganishgan:
1) mantiqni hisoblash san`ati deb,
2) arifmetikani sonlar nazariyasi deb nomlashgan.
Ushbu bobda mulohazalar va ular ustida amallar, mantiqiy bog‘liqliklar, Bul (mantiqiy) formulalari, mantiq qonunlari, mantiq funksiyalari, mantiq funksiyalari uchun rostlik jadvalini tuzish va aksincha, rostlik jadvali berilgan bo’lsa, mantiq funksiyasi ko‘rinishini tiklash, mukammal diz’yunktiv va kon’yunktiv normal shakllar, rele - kontakt sxemalari, rele - kontakt sxemalarida analiz, sintez, minimallashtirish masalalari, Karno kartalari, Veych diagrammalari, yechimlar daraxti haqida so’z yuritiladi.
Shuningdek, elementlari 0 va 1 dan tashkil topgan to`plamlar ustida ish ko`riladi. Bu elementlar son sifatida emas, balki mantiqiy “ha”, “yo`q” ma`nolarida ishlatiladi.
Sodda va murakkab mulohazalar
Ta’rif 1. Rost yoki yolg‘onligi aniq bo‘lgan darak gap mulohaza deyiladi.
So`roq va undov gaplar mulohaza hisoblanmaydi, ya`ni: “Bugun kinoga kiramizmi?” yoki “Kitobga tegma!” Mulohazalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi:
A, B, C, ….
Agar mulohaza rost bo`lsa A=1, yolg‘on bo`lsa A=0 deb belgilaymiz, ba`zi adabiyotlarda, shuningdek, “Informatika va hisoblash texnikasi” fanining “ALGOL”, “BOOLEAN”, “C++” dasturlash tillarida rost mulohazaga “T”, ya`ni “true” so´zining, yolg`on mulohazaga “F”, ya`ni “false” so`zining bosh harflari ishlatiladi.
Misol 1. 1. А=”Ikki ko`paytiruv olti 14 ga teng”=0
2. В=”Ikki qo`shuv ikki 4 ga teng”=1
3. С=”Qor oq”=1
4. Д="Bugun dushanba bo`lsa, u holda ertaga seshanba
bo`ladi”=1
5. Z=”agar 1+1=3 bo`lsa, u holda jumadan keyin yakshanba
keladi”=?
5- mulohazaning rost yoki yolg`onligi haqida hozircha bir nima deyish qiyin,
biroq mantiqiy amallarni kiritganimizdan keyin bu savolga osongina javob topasiz.
Shunday fikrlar borki, ular tuzilishi bo`yicha mulohazaga
o`xshaydi, lekin mulohaza emas. Masalan, ikki varaq qog`oz olamiz-da, ularni 1- va 2- deb raqamlaymiz. Birinchi qog`ozga “Ikkinchi varaqda yolg`on yozilgan” deb, ikkinchi qog`ozga esa “Birinchi varaqda rost yozilgan” degan mulohazani yozamiz. Bir qaraganda sodda mulohazaga o`xshaydi, biroq …! Savol beramiz, bu mulohazalar rostmi yoki yolg`onmi? Bu fikrlar ziddiyatga olib keladi, ya`ni ularni rost yoki yolg`onligi haqida aniq gapirib bo`lmaydi. Bunday mulohazalar matematikada mantiqiy paradoks deyiladi.
Demak, ko`rinishidan mulohazaga o`xshagan har qanday gap ham mulohaza bo`lavermaydi.
Mulohazalar sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Ta’rif 2. Agar A mulohazaning o‘zi bir tasdiq bo‘lib, ma’nosi
bo’yicha u bilan ustma - ust tushmaydigan bir qismini ajratib ko‘rsatish
mumkin bo‘lmasa, u holda A mulohazaga sodda mulohaza deyiladi.
Misol 2. A: ”0 soni 1 sonidan kichik”
B: “Bugun havo iliq”.
Ta’rif 3. Sodda mulohazalardan mantiqiy bog`lovchilar yoki mantiqiy amallar yordamida hosil qilingan mulohazaga murakkab mulohaza deyiladi.
Misol 3. C: “7 tub son va 6 toq son”
D: “Oy Yer atrofida aylanadi yoki O`zbekiston Yevropada
joylashgan”
Mulohaza ikkita qiymatdan birini “rost”, ya`ni “1” yoki “yolg‘on”,
ya`ni “0” ni qabul qiladi. Bu qiymatlarga mulohazaning rostlik
qiymatlari deyiladi.
Ta’rif 4. Mulohazaning rostlik qiymatlaridan tuzilgan jadvalga
rostlik jadvali deyiladi.
Asosiy mantiqiy bog‘liqliklar
Sodda mulohazalardan murakkab mulohazalarni hosil qilish uchun mulohazalar
ustida bajarilishi mumkin bo`lgan mantiqiy amal(bog’liqlik)larning belgilaridan foydalaniladi.
Mulohazalar ustida quyidagi asosiy 5 ta mantiqiy amal bajariladi:
inkor qilish amali, kon’yunktsiya amali, diz’yunktsiya amali, implikatsiya amali va ekvivalentlik amali.
Ta`rif 1. A mulohazaning inkori deb, shunday yangi mulohazaga
aytiladiki, agarda A mulohaza yolg`on bo`lsa, uning inkori chin bo`ladi
va aksincha. A mulohazaning inkori ¬A yoki Ā kabi belgilanadi va “A
emas” deb o`qiladi.
Inkor qilish amali uchun rostlik jadvalini tuzish mumkin:
A
¬A
1
0
0
1
Ta`rif 2. A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi deb, A va B
mulohazalar bir vaqtda rost bo`lgandagina rost bo`lib, qolgan barcha hollarda yolg`on qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi. A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi A&B yoki A/\B kabi belgilanadi hamda “va” deb o`qiladi. A mulohaza kon’yunktsiyaning birinchi hadi, B mulohaza esa ikkinchi hadi deyiladi. Kon’yunktsiya
amali xuddi 0 va 1 sonlarini ko`paytirishga o`xshagani uchun ham uni ko`pin-cha mantiqiy ko`paytirish deb ham atashadi.
Kon’yunktsiya amalining rostlik jadvali quyidagicha:
A
B
A&B
0
0
0
0
1
0
1
0
0
1
1
1
Ta`rif 3. A va B mulohazalarning diz’yunktsiyasi deb, A va B mulohazalardan kamida bittasi rost bo`lganda rost bo`lib, qolgan hollarda yolg`on qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.
A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi A\/B kabi belgilanadi hamda “yoki” deb o`qiladi. A mulohaza diz’yunktsiyaning birinchi
hadi, B esa ikkinchi hadi deyiladi.
Diz’yunktsiya amalining rostlik jadvali quyidagicha:
A
B
A\/B
0
0
0
0
1
1
1
0
1
1
1
1
Ta`rif 4. {0; 1; ¬; &; \/} - to’plamga mulohazalar algebrasi
yoki Bul algebrasi deyiladi.
Ta`rif 5. A va B mulohazalarning implikatsiyasi deb, A mulohaza rost bo`lib, B yolg`on bo`lgandagina yolg`on, qolgan barcha hollarda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi. A va B mulohazalarning implikatsiyasi A→B kabi belgilanadi va “A dan B kelib chiqadi” yoki “Agar A o`rinli bo`lsa, B o`rinli bo`ladi deb o`qiladi. A mulohaza implikatsiyaning birinchi hadi, B esa
ikkinchi hadi hisoblanadi.
Implikatsiya amali uchun rostlik jadvali quyidagicha:
A
B
A→B
0
0
1
0
1
1
1
0
0
1
1
1
Misol. A : “Bugun yomg`ir yog`di” va B: “Men soyabon oldim”
mulohazalar bo`lsin. Agar yomg`irda ho`l bo`lganimizni 0, quruq bo`lganimizni 1 qiymatlar bilan belgilasak, implikatsiyani shunday tushuntirish mumkin:
A
B
A→B
Bugun
yomg`ir
yog`madi
Menda
soyabon yo`q
1 (quruq)
Bugun yomg`ir yog`madi Men soyabon oldim
1 (quruq) Bugun yomg`ir yog`di Menda soyabon yo`q 0 (ho`l) Bugun
yomg`ir yog`di Men soyabon oldim
1(quruq)
Ta`rif 6. A va B mulohazalarning ekvivalentligi deb, A va B
mulohazalarning bir xil qiymatlarida rost bo`lib, har xil qiymatlarida
esa yolg`on bo`luvchi mulohazaga aytiladi. A va B mulohazalarning ekvivalentligi A~B, A↔B kabi belgilanadi va “A va B teng kuchli”, “A bo`ladi, qachonki B bo`lsa” yoki “A mulohaza B uchun yetarli va zarur” deb o`qiladi. A mulohaza ekvivalentlikning birinchi hadi, B esa ikkinchi hadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |