27
Bulutli hisoblashda SaaS - xizmatini boshqa xildagilari ham mavjud, Cisco
WebEx - web - konferensiyalar o’tkazishdagi bulutli servis; CMS - SaaS modeliga
an (SaaS - platform UMI.Cloud); E-Commerce B2B/B2C - SaaS modeliga an;
Marketing SaaS ga asoslangan; “Antivirus Dr.Web” SaaS modeliga a-n;
SugarCRM - CRM tijorat tizimi ochiq kodlar bilan; BPMonline CRM
instrumentlari bilan biznes jarayoni modelashtirish va avtomatlashtirish uchun.
Shuni aytib o’tish joizki, bulutli hisoblash konsepsiyasi iste’molchilarga bir
qancha qo’shimcha turdagi bulutli xizmatlarni taqdim etadi: Stroge-as-asService,
Database-as-a-Service, Information-as-a-Service,Process-as-a-Service, Process-as-
a-Service, Integration-as-a-Service, Testing-as-a-Service va boshqalar, bundan
tashqari Storage-as-a-Service ning ko’p sonli bulutli saqlash fayllari mavjud:
Amazon Simple Stroge Service (Amazon S3), DropBox, GoogleDrive,
MicrosoftOneDrive va boshqalar.
Bulutli texnologiyalarni va bulutli hisoblashlarni ta’lim yurtlarida qanday
tadbiq qilish mumkin? Google kompaniyasi talim yurtlariga Google Apps for
education bulutli ilovani elektron talim sifatida taqdim etadi. Microsoft
kompaniyasi esa oliy o’quv yurti talabalariga Office 365 for education (Windows
Azure in education) bulut xizmatini tavsiya etadi. Bulutli hisoblashni (Cloud
Computing) maktablarga, oliy o’quv yurtlariga tadbiq etish, o’quvchi va
talabalarni bilim bilan yetarlicha ta’minlaydi.
Bulutli hisoblash modellari talablari va internet - resurslari aynan shu
modelga tegishli ekanligini aniqlash uchun, ularni harakteristikalarini bulutli
hisoblashni asosiy harakteristikalari bilan tekshirish mumkin: National Institute of
Standards and Technology (talab bo’yicha o’z - o’ziga xizmat ko’rsatish,
resurslarda yagona pul bo’yicha hamjihatlikda foydalanish, bir vaqtning o’zida
elastic va masshtablashgan, faqatgina real xizmatdan foydalanganda to’lash,
universal tarmoq kirishi ).
Dostları ilə paylaş: