33
3.2. Bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari:
- iste’molchilar
kompuyuterlardan
ishlash
kuchi
harakteristikalariga
qaramaydi. Kompyuterlar
yuqori kuchda ishlashi uchun, katta xotira va ko’p
xajimli disklarga ega bo’lgan bo’lishlari shart emas. Chunki barcha ma’lumotlar
va hamma dasturlar bulut serverlarida saqlanadi. Katta hajmga ega bo’lgan shaxsiy
statsionar kompyuterlar, noutbuklar, netbuklar, orqali iste’molchilar bulutga
kirishlari mumkin;
- iste’molchilar uchun kompuyuterlarni ishlash sifati oshdi. Iste’molchilar
kompyuter
dasturlar, fayllarni masofadan turib ishga tushirishda kam yukli
qilishlari uchun kam ilovalardan foydalanishlari kerak. Misol uchun,
Panda
Cloud Antivirus - antivirus dasturi, vebservis sifatida foydalana olish mumkin.
Panda Cloud Antivirus kuchli server ma’lumotlaridagi viruslarni masofadan turib
skanerlash imkoni beradi. Bu dasturni is’temolchi kompyuterida
ishga tushirish
ishlash yoki ikki barobar;
- IT infratuzilmadan foydalanish samaraforligi oshadi va chiqimlar soni
kamayadi. Agar kompaniya uchun server o’rtacha yuklanish boholashini oladigan
bo’lsak u 13% ni tashkil etadi. Ba’zi hollarda kompaniya o’zining qo’shimcha
resurslari kuchini ishlatishga to’g’ri keladi, lekin ba’zi hollarda hisoblash
resurslari bo’sh turadi va ishlatilinmaydi. Bunda esa albatta pulning sarifi bekor
bo’ladi. Agar kompaniya hisoblash resurslaridan masofadigi bulut serverlaridan
foydalansa, bu xolda kompaniya sarflari soni ikki marta kamayadi.
Bundan kelib
chiqqan xolda nobarqaror iqtisodiy ishlab chiqarish moslashuvchanligi oshib
boradi. O’zining ma’lumotlari bosha bir tashkilotlarda saqlashiga ishonchlilik
qobilyati yo’qolganda kompaniyaning o’zi shaxsiy bulut yaratib, virtualizatsiya
infratuzilmalarini barcha imkoniyatlaridan to’la qonchiligicha foydalansa bo’ladi;
- xizmat ko’rsatishdagi va DT ni sotib olishdagi harajatlarni kamaytirish.
Bulut hisoblash texnlogiyalarini shaxsiy serverlarda qo’llanilishi
kompaniya
ko’lamida kichik xisoblanib, shuning uchun ularga xizmat ko’rsatish onson
34
bo’ladi. Katta sonli fizik serverlardan voz kechish orqali DT ni sotib olishdagi
muomolar kamayadi. Servis va ilovalar bulut ichida bo’lganligi uchun
iste’molchilar DT sotib olishlari shart bo’lmaydi;
- hisoblash kuchi o’sishi. Shaxsiy kompyuterlar
bilan bulutli hisoblash
resurslarini solishtirganda, bulutli hisoblash resurslari katta imkoniyatlarga ega.
Bulutli hisoblash kechi uning serverlari soni bilan o’lchanadi. Is’temolchiga
superkompyuterdan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratib beradi, bu
albatta oddiy shaxsiy kompyuterda masalalarni yechish imkoniyati bo’lmaganda;
- ma’lumotlar saqlashdagi cheklanilmagan xajimlar. Ma’lumotlarni saqlash
xajmiga qarab bulutli texnologiyalar qulay va avtomatik tarizda (is’temolchi
hohish istagiga qarab) joylashtiradi. Oddiy shaxsiy kompyuter is’temolchisi
ma’lumotlarini saqlashga joy yetmaganda, bunday
xolat bulutli hisoblash
istemochilarida yuzaga kelib chiqmaydi;
- operatsion tizim bilan mos kelishi. Bulutli texnologiyalar Iste’molchilarda
qanday operatsion tizim turganligiga qaramaydi. Microsoft Windows operatsion
tizimidan foydalnilayotgan mijoz, Unix mijozlari bilan muammosiz ma’lumotlarni
almashishi mumkin. Servislardan foydalanishda esa har bir operatsion tizim
brauzerga qarab standartlashtiradi;
- hujjat formatlari bilan mos kelishi. Shaxsiy kompyuterdagi fayl Microsoft
Word 2007 dasturi asosida bajarilgan bo’lsa, eski versiyalarida yani Microsoft
Word 2003 da ochish imkoniyati mavjud emas. Bulutli hisoblashlarda esa to’gri
kelmagan hujjatlarni ochish muomosi kelib chiqmaydi;
- iste’molchilarning bir guruh bo’lib ishlashidagi qulayliklari.
Bulutli
hisoblash tizimlarida bir vaqtning o’zida bir necha iste’molchilar ish olib borishlari
mumkin. Hujjatlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko’chirib o’tkazish kerak
bo’lmaydi. Hujjatlarni tahrirlash tez aks etadi, bundan tashqari iste’molchilar
hujjatning yangilash imkoniyati mavjud;
- bulutli hisoblashlarda fayllardan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi.
Agar ma’lumotlar bulutda saqlanilayotgan bo’lsa, bu ma’lumotlardan istalgan
vaqtda iste’molchilar foydalanishlari mumkin faqatgina internet tarmog’i mavjud
35
bo’lgandagina. Iste’molchilar uchun keng qamrovdagi
qurulmalardan internetga
kirish orqali foydalanishlari mumkin. Bulut mijozi shaxsiy kompyuter, planshet,
netbook, smartfon, notebooklardan foydalanishlari mumkin;
- tabiiy
resurslardan
foydalanishni
kamaytirish.
Bulutli
hisoblash
texnologiyalarida hisoblash kuchlarini tejash nafaqat elektroenergiya bo’yicha
balki fizik maydon va tabiy resurslarni kamaytirish imkoniyati mavjud.
Ma’lumotlarga ishlov berish markazi (U,O) ma’lum bo’lgan salqin hududlarda
ham saqlash imkoniyati bor. Ma’lumotlardan foydalana oladigan qurilmalar
xozirda juda ixcham xisoblanib, ishlab chiqarishda kamroq materiallar ketadi;
- ma’lumotlarni
yoqolishiga
bardoshligi.
Bulutda
saqlanilayotgan
ma’lumotlar, o’zlarining nusxalarini bir necha serverlarga joylashtiradi.
Shuning
uchun bulutda saqlanilayotgan ma’lumotlarni yoqolishi ehtimoli juda ham kam
albatta buni is’temolchining shaxsiy kompyuteri bilan solishtirganda.
Dostları ilə paylaş: