30
o’zgartirish mumkin. Virtualizatsiya va avtomatizatsiya bulut xizmati IaaS da
hisoblash resurslari samarali foydalanish, ijara narxini pasaytirish imkonini beradi.
IaaS da korparativ iste’molchilar uchun arenda mavjud. Iste’molchilar o’z
hisoblash infratuzilmasini yaratishda, ularga integratsiyalangan resurslar taqdim
etiladi. Bunday holatlarda is’temolchining o’zi OS va ishlab chiqish vazifalari
uchun zarur bo’lgan dasturlarni, ilovalarni o’rnatishi va sozlashi zarur xisoblanadi.
Iaas konsepsiyasi is’temolchi faqatgina aniq vazifalarni bajarishu uchun shu
hisoblash kuchini sotib olish imkoniyatini beradi. IaaS ni qo’shimcha
xizmatlari
tarkibiga har bir is’temolchining fizik uskunalariga bulut platformasi orqali
ulanishni va uni ma’lumotlar markazi tarmog’iga joylashtiradi.
Xizmat sifatida infratuzilma - bu keng qamrovdagi korxonalar uchun
korparativ yechim. Infratuzilma ma’lumotlarga ishlov berish markazida, ham va
tashqi ma’lumotlar markazida joylashtirilgan bo’lishi mumkin. IaaS xizmati
xususiy, ijtimoiy, gibrid bulutlarni yaratish, va himoya etish uchun
tashkillashtirilgan. Provayder gibrid bulut konfiguratsiyasni
qurishni taminlashda
buyurmachining offisi bilan bulutli tarmoq platformasiga lokal tarmoqni
birlashtiradi. Bundan tashqari, IaaS bulutli hisoblash xizmatlariga bulutli xosting
ham kiradi. Bulutli xosting - bu xosting resurslarni dinamik ajratadi, resurslarni
avtomatik mashtablashtiradi va yuqori barqarorlikni rad etadi. Bulutli xosting
vitual xostinga, virtual serverdagi VPS/VDS xostinga va ajratilgan serverdagi fizik
xostinga alternativ hisoblanadi.
Bulutli xosting provayderi, sayt egalariga faqatgina zarur sayt resurslari:
virtual serverlar, operativ xotira
soni va qattiq disk xajmi, xosting infratuzilmani
boshqarishdagi imkoniyatlar (misol uchun, tanlash imkoniyatlari, operatsion tizim,
RAM lar soni, HDD xajmi va turi, CPU yader soni, taktlash chastotasi va kirish
tezligi). Bulutli xosting ijarasni to’lash resurslarni sarflanganligi va faktlar asosida
amalga oshiriladi: protsessor vaqtlari soni, disklar soni, sarf qilingan operativ
xotira soni va saytlarni ochish tezligi. Shu bilan birga
bulutli xosting ijarachisi
(sayt egasi) xosting resurslarini o’zgartirishi va bosim kuchi oshganda resurslarni
ham avtomatik tarizda ko’tarilishini sozlash qo’yishi mumkin. Shunga qaramasdan
31
iste’molchilar faqatgina o’zlari sarflagan resurslarga to’laydilar. Bulutli xosting
barqarorlikni rad etganda udagi joylashtirilgan sayt bir vaqtning o’zida boshqa
virtual serverlarda ish faoliyati davom etadi ulardan birini rad etilishi sayda olib
borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. Hozirgi vaqtga kelib xosterlar bulutli xosting
bilan tayyorlangan CMSni ijaraga berishni maqul ko’ryabdilar. Xosting -
provayderlar, bulutli xostingni tashkilashtirishda , o’z serverlarini infrasutruktura
sifatidagi platformaga CMS o’rnatilgan Jelastiga almashtiradilar. Funksional
platform Jelastik bir urinishda undagi joylashgan CMS va optimalashtirilgan
saxifani ham o’rnatadi.
Jelastik o’z ichiga PaaS funksionaligini va
IaaS infrasutrukturasni tez
konfiguratsiya qilinganligini o’zida aks etuvchi maxsulot xisoblanadi. Jel astic - bu
Java va PHP - ilovalarini ishga tushuruvchi platform xisoblanib, u nafaqat
xosterlar tomonidan bulutli xostinglar tashkil etishda, balki korparatsiyalar muhit
(xususiy yoki gibrid bulutlarda) va veb-ilovalarni ishlab chiqishida ishlatilinadi.
Bulutli xostinglarda, bulutli saytlar - bu zamonaviy ilovalar xisoblanadi. bulutli
saytlarda ma’lumotlar, server ilovalari, bulutli MB da saqlanadi va hammasi
virtual
bulutli serverlarda bajariladi, saytning klient qismi is’temolchining
bravzerida bajariladi. Bulut hisoblash muhitida bulut masalalarni yaratishimiz
mumkin: Amazon EC2, IBM x86, Microsoft Azure, EMC, VMware larni open -
source bazalarida echimi topiladi. Qaysiki dinamik IT- muhitida ma’lumotlarga
ishlov berish markazi namoyon bo’ladi. Bundan tashqari bulutli hisoblashda
bulutli ma’lumotlar bazasi qo’llaniladi.
Bulutli ma’lumotlar bazasining asosi SQL va NoSQL ma’lumotlar modeli
xisoblanadi. IaaS xizmati AQSH da keng tadbiq etiladi. Ukrayinaning De Nova
kompaniyasida bulutli infratuzilmani VMware, EMC, Microsoft Azure bazasida
korparativ mijozlar uchun taqbiq etilgan. Ukrainaning eng katta ma’lumotlar
markazlaridan
biri VOLIA, IT - infratuzilma VoliaCloud VMware kompaniyasi
tomonidan qurilgan (VMware bulutli masalalarga asoslangan xolda ). Hozirga
kelib ushbu VoliaCLOUD kompaniyasi 500 dan ortiq virtual ma’lumot -
markazlariga ega. Asosiy IaaS Solution/Vendor: Amazon Web Services/Amazon,
32
IBM SmartCloud/IBM, Softlayer IaaS/IBM, Azure Virtual Machines/Mixrosoft,
Google Compute Engine/Google, HP Cloud/HP, EMC/EMC Corporation, Oracle
Cloud Infrastructure Services/Oracle. Shuni aytish joizki, IBM ishonchli va ochiq
IBM SmartCloud infratuzilmasi IaaS ni boshqarishda yoki o’z o’ziga xizmat
ko’rsatishda amalga oshiradi.
3.3-rasm Bulutli hisoblashda asosiy IaaSprovayderlar
Hozirgi kunlarga kelib provayderlar bulutli tayanch tarmoqlarini yaratishda
keng qamrovli mobil aloqalar(mobil aloqa operatori) IaaS xizmatlari tadbiq
etishyabti. Bunday xizmatlarga, misol tariqasida bulutli telekomunikatsion
platforma, Huawei kompaniyasidan va NSN Telco Cloud yechimi bo’lib Nokia
Siemens Networks xizmat qiladi.
Huawei kompaniyasidan FusionSphere platformasi hisoblash
resurslari,
saqlash resurslari, tarmoq reserslarini virtualizatsiya qilish bilan taminlaydi va
yagona mexanizmni boshqarish va rejalashtirish bilan konfiguratsiyalangan
hisoblash resurslarini yagona pulga birlashtiradi. Nokia Siemens Networks
kompaniyasi tovush uzatilayotganda uni ushlab qolayotgan LTE (VoLTE) asosiy
mobil xizmatlarni kompleks testlashni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: