Bulut texnologiyasi nima va nega kerak



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/37
tarix12.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154238
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Sizning ko’zlaringiz 
 
Uzoq vaqt davomida kompyuter bilan ishlaganda ko’zlar nima uchun 
og’riydi?
Chunki:

yorug’lik nurlarining tinimsiz harakatlarini kuzatar ekan, ko’zlar 
toliqadi; 

biz odatda bir daqiqada 20 marta kiprik qoqamiz. Bunda ko’z yoshlarini 
ishlab chiqaruvchi bezlar shohpardani namlaydi. Ekranga tikilib o’tirganimizda esa 
3 marta kamroq kiprik qoqamiz. Ko’zlar “quriydi”, achishadi. Mutaxassislar ko’z 
shohpardasini sun’iy ravishda namlab, ko’zlarga yordam berishini maslahat 
beradilar; 

ko’z va ob’yekt orasidagi optimal masofa 33 santimetrni tashkil etadi. 
Biroq kompyuter ekrani odatda 50 santimetrdan ortiq masofada bo’ladi, bu esa 
qo’shimcha zo’riqishga olib keladi, natijada ko’zlar uzoqni yaxshi ko’rolmaydigan 
bo’lib qoladi; 


55 

siz nur taratayotgan nuqtalarga tikilasiz – oxir-oqibat ko’zlaringiz 
zo’riqadi; 
Vaqt faktori: kamdan-kam inson 8-9 soat davomida kitob mutolaa qiladi. 
Kompyuter bilan ishlaganda esa bu odatiy hol hisoblanadi. Natijada ko’zlar 
zo’riqadi. 
1.Ko’zlar uchun tinchlantiruvchi kompresslar qilishingiz mumkin. Xom 
kartoshkani yupqa parrak-parrak qilib kesing va ko’zlaringizni yumib, 
qovoqlaringizga qo’ying. O’zingizni bo’sh tuting. 5 daqiqadan so’ng kompressni 
olib tashlang. 
2.Ko’z toliqishidan oson qutulish usuli (kosmetikadan foydalanmaydiganlar 
uchun). 
Sovuq suvga ko’zingizni bir necha marta yuvib tashlang. Barmoqlaringizni 
yumuq ko’zlaringiz ustiga qo’yib, bir necha daqiqa o’tiring, hech narsani 
o’ylamaslikka harakat qiling. Har kuni achchiq choy damlamasidan kompress 
qilish ham ko’zlar uchun juda foydalidir. Ko’zlar dam olibgina qolmay, yaltiray 
boshlaydi, ko’z atrofidagi mayda ajinlaringiz esa tekislanadi. 
Zo’riqish tufayli kam kiprik qoqayotgan bo’lsangiz, har 5 soniya ongli 
ravishda ko’zlaringizni pirpiratib turing. Bunda ko’z shohpardasi namlanib, halok 
bo’lgan to’qimalardan forig’ bo’libgina qolmay, balki ko’z olmalarini ham massaj 
qiladi. Bu esa juda foydalidir. Bundan tashqari, ko’z olmalarini barmoqlar bilan 
uqalash mumkin. Avval tashqi burchakdan ichkariga qarab, so’ngra aylanma 
harakatlar bilan ichkaridan tashqariga qarab ohista massaj qiling. Ko’zlaringiz 
yumuq bo’lsin. Ko’zlarni yumib, aylanma harakatlar qilish ham g’oyat foydalidir.
Ko’zlar toliqmasligi uchun: 
Ko’zlarning ravshanlik darajasi va kompyuter bilan ishlash o’zaro 
chambarchas bog’liqdir. Misol uchun, birinchi bor 2001- yilda amalga kompyuter 
ko’rish Sindromi (Computer Vision Syndrome, CVS) atamasini kiritgan Amerika 
oftalmologlar assotsiatsiyasining ma’ruzasini olaylik. Bu ma’ruzada sindromning 
paydo bo’lish sabablari va uning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. 
Oftalmolog – olimlarning fikriga ko’ra, ko’p vaqtni kompyuter ekrani oldida 


56 
o’tkazadigan odamlarda ko’rish qobiliyatining o’ziga xos buzilishi hollari vujudga 
keladi. 
Ya’ni:

ko’rish qobiliyati pasayadi; 

yaqindan uzoqqa va aksincha uzoqdan yaqinga nigohini qaratish
qobiliyati; 

pasayadi ( akkomodatsiya izdan chiqadi); 

bitta narsa ko’zga ikkita bo’lib ko’rinadi; 

kitob o’qiyotganda ko’zlar tez charchaydi; 

ko’zlar achishadi; 

ko’z va peshonada og’riq paydo bo’ladi; 

ko’zlar harakat qilganida og’riydi; 

ko’zlar atrofi qizaradi va shishadi. 
Ba’zi odamlarda ekran oldida to’xtovsiz 2 soat davomida ishlaganlaridan 
so’ng, ko’pchilikda 4 soat, deyarli barchada 6 soatdan so’ng CVS sindromi paydo 
bo’ladi. Olimlar kompyuter ekrani oldida uzoq vaqt ishlash natijasida CVA 
sindromi vujudga kelishidan tashqari ko’rish qobiliyati pasayishini (yoki ilgari 
ham ko’rish qobiliyati past bo’lganlariniki yanada pasayib ketishi) ham 
ta’kidlaydilar. Monitoringiz ekranidagi tasvirlarning alohida belgilarini aytib 
o’taylik: 

u o’zidan nur taratadi, tasvir aks etmaydi; 

kontrastlik past, yoritilgan xona uni yanada pasaytiradi; 

tasvir to’xtovsiz emas, diskret nuqta-piksellardan iborat; 

tasvir lipillaydi, ya’ni nuqtalar ma’lum bir chastotada yonadi va o’chadi; 

aniq chegarasi yo’q, chunki piksel asta-sekinlik bilan fonga o’tib ketadi. 
Kompyuterlarning inson ko’ziga zararli ta’siri ular paydo bo’lganidayoq 
ma’lum bo’lgan. Monitor oldida bir necha soat o’tirib ishlagandayoq ko’zlar 
charchar, qizarib ketar va yoshlanar edi. So’ngra boshda og’riq paydo bo’lar edi. 
Ko’zlari uzoqni ko’ra olmaydigan, astigmatizmi bor, yaqinni ko’ra olmaydigan 
xodimlarning ko’rish qobiliyati keskin pasayib ketdi, ular tez-tez ko’zoynaklarini 


57 
almashtirar, so’ngra asta-sekin nogironlarga aylanib borar edilar. Ilgari ko’rish 
qobiliyatining pastligidan nolimaydiganlar esa endi ko’zoynak taqa boshlar va 
yuqoridagilar qatoridan joy olar edilar. Diqqat: Ko’z xirurglari bugungi kunda ham 
zamonaviy kompyuterlar yillar davomida muvofiqlashtirilgan ekanligiga qaramay, 
ko’zlari operatsiya qilingan odamlarga 2-3 oy davomida kompyuter bilan ishlashni 
taqiqlaydilar. Ko’zlarning haddan ziyod zo’riqishi operatsiya qilingan ko’zga 
salbiy ta’sir qilishi mumkin. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin