Buning uchun «Ko’ruv xotirasi», «Uzoq muddatli xotira» «Belgilarni qo’y», «Nuqtalarni eslab qol va o‘z joyiga qo‘yib chiq» kabi metodikalardan foydalandik
KIRISH.............................................................................................................2
I BOB. XOTIRA JARAYONINING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI....4
1.1. Xotira jarayoni va uning turlari .................................................................4
1.2 Xotira yondashuvlari..................................................................................11
II BOB. XOTIRA VA TA’LIM JARAYONI...............................................21
2.1. Xotira rivojlanishining asosiy davrlari…………......................................21
2.2.Xotira jarayonini maktab yoshidagi bolalarda rivojlantirish.....................25
XULOSA........................................................................................................30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI..................................34
KIRISH XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham bevosita ijtimoiy- gumanitar fanlarni puxta biladigan, huquqiy savodxonligi yuqori bo’lgan, jahon maydonida o’z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, o’zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, Vatani hamda millatiga nisbatan mehr- muhabbat tuyg’ularini namoyon eta olish hislatlarini maktabgacha ta’lim tarbiyachilarida shakllantirishga yo’naltirilgan.
Kurs ishining dolzarbligi. Xotira jarayonlarini o’rganish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini o’rganish dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohada tadqiqot ishlarini olib borish qator omillar bilan shartlanadi. Ulardan biri bizning fikrimizcha, eng muhimi – ta’limning maktab dasturini о‘zlashtirish uchun tayyorlov ishlari muhim ahamiyatga ega.