Burchak nima Burchak turlari



Yüklə 51,81 Kb.
səhifə2/2
tarix12.03.2023
ölçüsü51,81 Kb.
#87484
1   2
burchak 21 mavzu

1. Burchak tushunchasi. Aziz o’quvchi! Sizlarning geometriya bilan ilk bor tanishuvingiz boshlang’ich sinflardanoq boshlangan.Daftaringiz sahifalarida kesma, to’g’ri hiziq, siniq chiziq, uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shakllarini chizgansiz. Bu shakllarning hammasi geometrik shakl (figura)lardir.Daftaringiz, kitobingiz varag’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.Daftaringizga 24-rasmni chizib oling.Rasmdagi OA va OB nurlar umumiy O uchga ega. Ular tekislikni (daftaringiz varag’ini) ikki qism (soha)ga ajratadi – rasmda ular turli rangga bo’yalgan. Bu qismlarning har biri burchak deyiladi.O nuqta burchakning uchi, OA va OB nurlar burchakning tomonlari deyiladi. « » belgi burchak belgisidir.Burchakni uning uchiga qo’yilgan harf bilan belgilash mumkin: O. Ayni shu burchakni uchta harf bilan belgilasa ham bo’ladi: AOB (yoki BOA). Bunda burchakning uchiga qo’yilgan harf o’rtada yoziladi.O’qilishi: «AOB burchak» yoki «O burchak».Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi:
2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB to’g’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir (25-rasm).Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi
.3. To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz. Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi, degan savolga javob beraylik.Agar bir shaklni ikkinchisining ustiga ular o’zaro joylashadigan qilib qo’yish mumkin bo’lsa, bunday shakllar teng deyiladi.Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’I yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir (26-rasm). Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladi.
Yüklə 51,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin