Burchak nima Burchak turlari



Yüklə 51,81 Kb.
səhifə1/2
tarix12.03.2023
ölçüsü51,81 Kb.
#87484
  1   2
burchak 21 mavzu


31- mavzu: Burchak va burchak turlari. Burchak gradusi. 30,45,60,90 gradusli burchaklarni transportir yordamida o’lchash. 1(58-62),2(53-57)
Reja

  1. Burchak nima

  2. Burchak turlari

Burchak deb bir nuqtadan chiqqan ikki nur orasida hosil boʻlgan geometrik shaklga aytiladi.
Burchak — bir nuqtadan chiqqan ikki nur (yarim toʻgʻri chiziq)dan tashkil topgan shakl. Nurlar B. tomonlari, ular chiqadigan nuqta B. uchi deb ataladi. Uchidagi harf yordamida B. /LA shaklida, uchi va tomonlarida yotgan nuqtalar yordamida.VAS shaklida belgilanadi. B. tomonlari orqali tekislik oʻtkazilsa, u tekislikni ikki qismga ajratadi.



Agar B. tomonlaridan nurlarni B. uchidan qarshi tomonga davom ettirganda u tekislikning qaysi qismini kesmasa, shu qism B.ning ichki tomoni deb ataladi. Tomonlari bir toʻgʻri chiziqni tashkil qilgan B. yoyiq, uning yarmi esa toʻgʻri B. deb ataladi. Toʻgʻri B.dan kichik B.lar oʻtkir. kattalari oʻtmas B. deyiladi. Bir tomoni umumiy, qolgan ikki tomoni bir toʻgʻri chiziqni tashkil qiluvchi B. qoʻshni B.lar, ikki toʻgʻri chiziqning kesishishidan hosil boʻlgan B.lar vertikal B.lar deb ataladi. Tekislikdagi B.ning ichki qismi gradus yoki radian (=57°)larda oʻlchanadi. Maye, yoyiq B. 180° yoki p, toʻgʻri B. 90° yoki p/2 ga teng boʻladi.


B.ni teng ikkiga boʻluvchi nur uning bissektris a s i deyiladi. Ikki toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesib oʻtganda hosil boʻlgan B.lar quyidagicha ataladi (rasm): / bilan 5; 2 bilan b; J6H 7; 4 bilan 8 B.lar moye B.lar; 3 bilan 6; 4 bilan 5 B.lar ichki almashinuvchi; / bilan 8; 2 bilan 7 B.lar tashki almashinuvchi B.lar; 3 bilan 5; 4 bilan 6 B.lar ichki bir tomonli; 1 bilan 7; 2 bilan 8 tashqi bir tomonli B.lar.[1]
Shuningdek tekislikning ushbu nurlar orasidagi barcha nuqtalaridan hosil boʻlgan shaklga ham burchak deyiladi. Umuman aytganda, bu ikki nur ikkita burchak hosil qiladi, chunki ular tekislikni ikkiga boʻladi. Shu burchaklardan biri ichki, boshqasi esa tashqi deyiladi.
Burchak ∠ belgisi bilan ifodalanadi, bu belgini 1634-yili fransuz matematigi Pierre Hérigone taklif qilgan.
Matematik ifodalarda α, β, γ, θ, φ va hk yunon harflari bilan belgilanadi. Pi bilan adashtirmaslik uchun π belgisi bilan burchak belgilanmaydi.
Geometrik shakllar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik shakllami chizmachilik va o‘lchash asboblari yordamida va bu asboblaming yordamisiz o‘lchash va yasashlaming amaliy malaka- larini (ko‘zda chamalash, qo‘lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o‘quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. Nuqta, to‘g‘ri chiziq va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kecmasi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, tolg‘ri chiziq va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kecmasi haqida aniq tasavvurlami tarkib toptirish kerak. Shuni eslatib o‘tamizki, “nuqta", “to‘g‘ri chiziq” tushunchalari hozirgi kunda o‘qitilayotgan maktab geometriya kursining asosiy tushunchalaridir. Shu sababli “nuqta deb nimaga aytiladi?”, “to‘g‘ri chiziq deb nimaga aytiladi?” degan savollar ma’noga ega bo‘lmay qoladi. Qalam uchining qog‘ozdagi izi, bo‘rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvur beradi.
Birinchi sinf o‘quvchilarida to‘g‘ri chiziq haqida tasavvurlami tarkib toptirish ulaming har xil amaliy ishlarni bajarishlarida sodir bo‘ladi. Masalan, bo‘r surtilgan ipni tarang tortib turib qo‘yib yuborilsa, doskada to‘g‘ri chiziq bir qicmining obrazi hosil bo‘ladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirish mumkin. Chizg‘ich yordamida ham, boshqa usullar bilan ham to‘g‘ri chiziq yasash mumkin. Masalan, qog‘oz varag‘ini buklash yo‘li bilan to‘g‘ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig‘i to‘g‘ri chiziq bo‘ladi. Bunda bolalar diqqatini shu narsaga qaratish muhimki, qog‘oz varag‘ini har xil yo‘nalishda bukilganda ham natija bir xil bo‘lib, to‘g‘ri chiziq tasviri hosil bo‘ladi. Doskada to‘g‘ri chiziq vaziyatini o‘zgartirish, ya’ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda chizish ham muhimdir.
Mashqlami bajarish jarayonida O‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlaming ba’zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan, bolalar nuqtadan chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o‘tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‘tkazish mumkin, degan xulosaga keladilar.
Kecma bilan ham o‘quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to‘g‘ri chiziqqa ikkita nuqta qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qicmi to‘g‘ri chiziq kecmasi yoki qisqacha kecma deyiladi. Kecmaning chegaralarini chiziqcha-lar bilan belgilash ham mumkin. O‘quvchilar to‘g‘ri chiziqning tasviri to‘g‘ri chiziq kecmasi tasviridan qanday farq qilishini bilib olishlari kerak. Kecmaning oxirlari nuqtalar yoki shtrixlar bilan belgilanadi. Atrof-muhitdan to‘g‘ri chiziq kecmasini ko‘rsatishga doir mashqlar kecma haqidagi tushunchani mustahkamlaydi. Ko‘pburchaklar va ulaming elementari. Ko‘pburchaklar bilan bolalar hali maktabgacha bo‘lgan yoshlaridayoq tanishadilar. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilaming geometrik shakllar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ulami shakl elementlarini ajrata olishga o‘rgatish, shakllami chizishga o‘rgatish, shakllaming ba’zi xossalari bilan tanishtirishdan iborat. Shuni eslatib o‘tamizki, geometrik shakllar modellari to‘plami “1-sinf uchun matematikadan namoyish materiali’da, shuningdek birinchi sinf o‘quvchilari uchun matematika yig‘malarida bor.

Yüklə 51,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin