Burhanuddin marg'iloniyning hayoti va faoliyati reja kirish



Yüklə 25,88 Kb.
səhifə4/4
tarix26.10.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#161763
1   2   3   4
burhanuddin marg\'iloniyning hayoti va faoliyati

«Ilm al-xilof» faniga birinchi bo‘lib asos solgan alloma Abu Zayd Dabusiy edi. Burhoniddin Marg‘inoniy «al-Hidoya»da huquqiy muammolarni yechish jarayonida faqat asosiy mazhablargagina emas, balki Zohiriy va Avzo‘iy mazhablariga doir fikr-mulohazalarni ham o‘rni kelganda muhokama qiladi va har biri haqida o‘z nuqtai nazarini bildiradi. Shu nuqtai nazardan «al- Hidoya» «ilm al-xilof»ni keng ko‘lamda o‘rganish uchun ham muhim va e’tiborli manba hisoblanadi. Ayni holda uni hozirgi davrda yangi bir fan sifatida yuzaga kelgan «qiyosiy huquq»ning o‘ziga xos bir shakli, debqarash mumkin. 
Marg‘inoniy fiqhiy nuqtai nazardan, huquqiy masalalarni izohlash jarayonida, ularning mashru’ (ravo, qonuniy) yoki nomashru’ (noravo, g‘ayriqonuniy) ekanligini naqliy dalillardan keyin, aqliy dalillar bilan yoritib o‘tadi. Ushbu nuqtai nazardan «al-Hidoya»ni islom huquqi falsafasi va keyingi davrlarda keng rivojlangan «huquq falsafasi» fanining manbalaridan biri deb e’tiborga olish mumkin.
Shunday qilib, Burhoniddin Marg‘inoniy yozgan to‘rt jildlik «al-Hidoya» kitobi sunniylik yo‘nalishida hanafiy mazhabi bo‘yicha bir muhim va mukammal huquqiy kodeks sifatida 55 dan ortiq kitob, yuzlab bobu fasldan tarkib topgan bo‘lib, meros huquqidan tashqari, islom huquqining barcha sohalarini qamrab oladi. 
Burhoniddin Marg‘inoniyning shoh asari «al-Hidoya» eng mo‘‘tabar huquqiy qo‘llanma sifatida sakkiz asrdan buyon butun islom dunyosi, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hind yarim oroli, Turkiya va ko‘p arab mamlakatlari uchun eng muhim va ishonchli manbalardan biri vazifasini o‘tab kelmoqda. 
«Al-Hidoya» Misr Arab Respublikasidagi eng qadimiy «al-Azhar» universiteti va islom olamidagi boshqa mashhur dorulfununlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu ulug‘ kitob qonun tuzish tizimini rivojlantirish uchun asosiy manbalardan biri sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Afg‘oniston va Hind yarim orolida «Kanz» va «al-Quduriy» kitoblaridan keyin, «al-Hidoya»ni yetuk ustozdan o‘qib tamomlamagan tolib haqiqiy fiqh olimi hisoblanmaydi. 
«Al-Hidoya» Sharqiy Hindiston shirkati tasarrufidagi Bengaliya viloyati mahkamalari uchun 1776-yil G‘ulom Yahyoxon tomonidan fors tiliga tarjima qilinadi. Ushbu tarjima 1807-yil Kalkutta shahrida chop etilgan. Taajjubli joyi shundaki, «al-Hidoya» birinchi marta arab yoki fors tilida emas, balki Charls Xamelton tarjimasi asosida ingliz tilida 1791-yil Londonda nashr etilgan. Ushbu 4 jildlik tarjima juda qimmat va noyob bo‘lgani uchun 1870-yil S.G.Gariyning nazorati ostida yangi bir jildlik holda chop etilgan. Oxirgi marta inglizcha tarjimasi 1982-yil Lohurda bosmadan chiqqan. 
N.I.Grodekov «al-Hidoya»ni inglizcha tarjimasidan rus tiliga o‘girgan va u 1893-yil Toshkentda nashrdan chiqqan. Olmoniyalik olim Ekart Shiyvak to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, «al-Hidoya»ning mashhur nashrlari quyidagilardan iborat: arabcha asl matni 1818-yil Kalkuttada, so‘ngra Bombay, Laknav, Kavnpur, Dehlida chop etilgan. XIX asrda Qohirada, shu asrning oxirida (1888 y.) Qozon shahrida bosilgan. Uning birinchi tanqidiy matni 1908-yil Qohira shahrida nashr etilgan va eng yangi tanqidiy matni ham 1980-yili Qohirada nashrdan chiqarilgan. 
«Al-Hidoya»ning ruscha tarjimasi nusxalari kamayib, yo‘qolish darajasiga yetgan edi. Shu sababli 1994-yili professor Akmal Saidov tomonidan «O‘zbekiston» nashriyotida uning birinchi jildi katta adadda nashr qilinishi muhim va xayrli ish bo‘ldi. Asarning boshqa jildlarini nashr etish ham nazarda tutilgan. 
«Al-Hidoya» arab tilidan o‘zbek tiliga taniqli olim Salohiddin Muhiddinov rahbarligida bir guruh yosh olimlar tomonidan tarjima qilinib, uning birinchi jildi 2000-yil «Adolat» nashriyotida bosmadan chiqarildi. Kitobning boshqa jildlari ham nashrga tayyorlanmoqda. «Al-Hidoya» faqat islom huquqshunoslari uchun emas, balki Fapb huquqshunos olimlari uchun ham juda e’tiborli huquqiy manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. 1958-yili Majid Hadduriy va Hebert J.Libesni tomonidan nashr etilgan «Islomda huquq» nomli kitobda «al-Hidoya»dan foydalangan. Kitob mualliflari fikricha: «Burhoniddin Marg‘inoniy yozgan «al-Hidoya» asari hanafiy mazhabi huquqshunosligining kengayib, rivojlanishini boshqa barcha asarlarga nisbatan ko‘proq va yaxshiroq bayon qilgan. Ushbu asarni o‘qigan har bir kishi shuni bilib olishi mumkinki, muallif juda ko‘p o‘rinlarda o‘z mustaqil fikru aqidasini ilgari surish va takomillashtirishga harakat qilgan. Kitobni yozishdan ham uning asosiy maqsadi shu bo‘lgan». Burhoniddin Marg‘inoniyning nomi mustaqillik yillarida ham e’zozlanib 2000-yilda olim tavalludining 900-yilligi nafaqat respublika, balki xalqaro YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda keng k o‘ lamda nishonlandi. 2000-yilda Marg‘ilon shahri va Rishton tuman markazida faqihga bag‘ishlab xiyobonlar tashkil etildi. Ushbu shaharlardagi markaziy ko‘chalar buyuk faqih nomi bilan ataladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan «Burhoniddin Marg‘inoniy» fondi ta’sis etildi. Shuningdek, Islom Karimov taklifi bilan u kishiga berilgan «al-Hidoya» asarining eng qadimgi nusxasi 2003-yil Toshkent islom universitetining manbalar xazinasiga topshirildi. Hozirda mazkur qo‘lyozma nusxasi asosida «al Hidoya»ning o‘zbek tilida yangi nashrini tayyorlash ustida ishlar olib borilmoqda.


Adabiyotlar

  • Xidaya. Kommentariy musulmanskogo prava (per. s angl. pod. red. N.I. Grodekova), t. ], T., 1994; Hidoya |1 j.], T., 2000.

  • Saidov A. X., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Hasaniy Mahmud, Al-Margʻinoniyning „Hidoya“ asari va unga yozilgan sharhlar, T., 2000; Qoriyev O., Al-Margʻinoniy — mashhur fiqhshunos, T., 2000.

Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin