Banklarga oid maʼlumotlar haqida gap ketganda Аleksandr III nomli Rim Papasining 1179 yildagi qarorini eslamaslikning iloji yoʼq. Hujjatga koʼra, oʼsha yildan boshlab barcha bankirlar cherkovdan alohida faoliyat yurita boshlashi kerak edi. Diniy ulamoning amriga koʼra, birorta bankir eʼtiqod qilishi, xristian odatlari boʼyicha hatto koʼmilishi mumkin emas. Eng qizigʼi, oʼsha vaqtdan buyon hozirgacha ham bu qonunni hech kim bekor qilmagan..
Banklar toʼgʼrisidagi qiziqarli maʼlumotlar haqida gap ketganda yana bir masalaga alohida eʼtibor qaratish lozim. Dunyoning barcha bank tashkilotlarida yozilmagan istalmagan mijozlar roʼyxati tuziladi. Odatda bu roʼyxatdan quyidagi kasb egalari egallagan: harbiylar, sudьyalar, xususiy tadbirkorlar, jurnalistlar va huquqshunoslar.
Buyuk Britaniya TIV bir necha bor rasman bayonot bergan boʼlib, unga koʼra Shveytsariya banklarida millatchilarga tegishli umumiy hajmi kamida 4 milliard АQSh dollarilik boyliklari saqlanib kelinishi qayd etilgan. Biroq bu mablagʼlar oʼsha vaqtdan beri hanuzgacha oʼsha joyda turibdi.
Shuningdek, Shveytsariya tarixida ham banklar haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni topish mumkin. Bu mamlakatda umumiy hisobda 450 dan ortiq tijorat banklari faoliyat yuritadi va ularning mablagʼlari 52 trillion АQSh dollarini tashkil etadi. Birinchi shveytsar banki XIX asr yakunida ochilgan. Qisqa vaqt davomida yuqori koʼrsatkichga erishish doimo ham uchramaydigan holat.