Buxgaletriya hisobi nazariya” fanidan kurs ishi Mavzu: Buxgalteriya hisobida aktivlar va majburiyatlarni baholash Bajardi


Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash



Yüklə 70,01 Kb.
səhifə6/11
tarix02.01.2022
ölçüsü70,01 Kb.
#47237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdujalil

Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash

№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan)

Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy zaxiralarni baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keyingi partiya kirimga – birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa.

Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi.

Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’i nazar, mos keladi.

AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi.


Yüklə 70,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin