КБИС62 ББХ фанидан Курс иши.Наркузиева Обидабонуdocx
Tijorat banklari daromadlarini uch guruxga bulishimiz mumkin: Foizli daromad
Komission mukofotlar shaklidagi daromad
Boshqa turdagi daromadlar (spekulyativ xarakterdagi, sotilgan mulklarning balans va bozor urtasidagi farki, qimmatli kogʼozlar va aktivlarni kayta baxolashdan daromad, olingan jarima va penyalar va x.k)
Bu guruhlar tarkibini birma-bir koʼrib chiqamiz. Tijorat banklari daromadlari strukturasida katta ulushga ega boʼlgan asosiy faoliyatdan daromadlar, operatsion daromadlar deyiladi. Operatsion daromadlar oʼz navbatida foizli va foizsiz daromadlarga boʼlinadi.
Bank faoliyati daromadining asosiy qismi foizli daromadlardan keladi. Yaʼni, oʼz mablagʼlari va jalb qilingan mablagʼlarni pullik joylashtirishdan olinadigan daromadlar. Аsosan bu daromadlar, mijozlarga kredit berishdan yoki bush pul mablaglarini Markaziy Bank va tijorat banklariga joylashtirish, shunipgdek, uzoq muddatli majburiyatlarga mablagʼ qoʼyishdan keladigan foizli daromadlar. Lizing, faktoring, forfeyting va hisob operatsiyalari ham bu daromad turiga kiradi.
Foizli daromadlar orasida eng koʼp daromad keltiruvchi manba bu mijozlarga ajratilgan kreditlardir. Kreditlar boʼyicha foizlar odatda xar kuni yillik bazaviy davr - 365 kundan kelib chikkan xolda hisoblab yoziladi. (Kreditlarning muayyan turlari boʼyicha 360 kun bazaviy davr qilib olinadi). Kredit boʼyicha foizlar kuyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
soʼndirilmagan qoldiq * foiz stavkasi * amaldagi kunlar soni 365
Yuqoridagi formula barcha turdagi kreditlar uchun kullaniladi.
Ushbu faoliyatlarning har bir turini kengroq koʼrib chiqadigan boʼlsak, kreditlash operatsiyalari vositasini daromadlarining shakllanishini ikki tarkibiy elementga boʼlish mumkin:
mijozlarga, yaʼni yuridik va jismoniy shaxslarga kredit berish;
boʼsh rezerv mablagʼlarini foiz hisobiga boshqa tijorat banklariga vaqtinchalik foydalanishga berish.
Kredit berishning ikkinchi turi banklararo kredit yoki boshqa bankdagi muddatli depozit shaklida ham boʼlishi mumkin. Kredit berish faoliyatining rivojlanishi shart-sharoitlari boʼlib, kredit muassasalari orasida maʼlumot ayirboshlashning yaxshi yoʼlga qoʼyilganligi, vositalarn-ing mavjudligi, yaʼni bank bozorida resurslarni qayta taqsimlash bilan shugʼullanuvchi vositachilarning borligi hamda vakillik hisobvaraqlarini malakali boshqarish hisoblanadi.
Diskont – faoliyatning bank tomonidan toʼlanmagan veksellar, cheklar va talabnomalarni maʼlum skidka-diskont evaziga harid qilishi tushuniladi.
Diskont faoliyatining asosiy turlaridan biri boʼlib, bankning faktoring operatsiyalari hisoblanadi.
Faktoring operatsiyalarining ikki xil turi boʼladi:
- regress huquqi bilan;
- regress huquqisiz.
Birinchi holatda bank toʼlovchi tomonidan qoplanmagan majburiyatni mol yetkazib beruvchidan talab qilish huquqiga ega boʼladi. Ikkinchi holatda esa bankda bu huquq yoʼq, shu bois risk yuqori va shunga yarasha foiz ham yuqori qoʼyiladi.
Bank tomonidan faktoring operatsiyasi uchun oladigan foizlar, yaʼni mukofot ikki qismdan tashkil topadi, bular:
Toʼlov amalga oshirilgunga qadar bank kredit resurslaridan foydalanganlik uchun foizlar.
Faktoring operatsiyasining turiga mos ravishda boʼladigan risklar bilan bogʼliq, oʼrnatiladigan komission mukofot boʼladi.
Trast (ishonchlilik) va vakillik operatsiyalari boʼyicha bank faoliyatining ushbu turi bankka daromadni mijoz mulkini (koʼchmas mulk, qimmatli qogʼozlar, hisob raqamdagi mablagʼlar) boshqarish yoki ushbu mulkka doir ayrim maxsus topshiriqlarni bajarish orqali komission toʼlovlar shaklida keltiradi. Trast shartnomalarida bank kelishuviga muvofiq tarzda mijozga mulklarni boshqarsh evaziga maʼlum foiz vaʼda qiladi. Vakillik, yaʼni agentlik xizmat turida bank va mijoz orasida operatsiyaning aniq turi belgilab berilgan boʼladi. Trast operatsiyalarida ham oʼziga yarasha murakkablik mavjud. Xususan, joriy yilda mijoz mulkidan foydalanish evaziga kelgan daromad kelishuvga nisbatan past boʼlishi mumkin, bunda esa zarar bank tomonidan qoplanishi kerak. Shu bois trast xizmatlari uchun komission toʼlovlar ham yuqoriroq boʼladi. Yuqoridagi xususiyatiga koʼra, trast xizmati uchun komission toʼlov, ham quyidagi elemetlardan tashkil topadi:
mulkni boshqarish, uchun olinadigan oʼzgaruvchan toʼlov;
trast ishi boʼyicha natijalarga mos ravishda bank oladigan fiksirlanuvchi komission mukofot.
Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar bilan bogʼliq operatsiyalari ham banka maʼlum daromad keltiradi. Faoliyatning ushbu turi ikki qismdan tashkil topadi. Yaʼni, bularga: bankning oʼzi tomonidan qimmatli qogʼozlar chiqarilishi va ularning bozorda sotilishi; boshqa emitentlar qimmatli qogʼozlari bilan bogʼliq ikkilamchi bozordagi operatsiyalar hamda korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish bilan bogʼliq xizmatlar kiradi. Tijorat bankining ushbu turidan oladigan daromadi oʼzi chiqargan va boshqa emitentlarning aktsiyalar kursidagi farqlanish va xususiylashtirish uchun oladigan xizmat toʼlovlaridan tashkil topadi.
Bankning kafillik faoliyati bankka pul shaklida daromad keltiradi. Bank mijozlarga kreditlarini olish uchun yoki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun turli xil kafillik va kafolatnomalar beradi va evaziga pul shaklida komission mukofot oladi. Baʼzi hollarda mijoz uchun kafillik bank tomonidan obroʼni oshirish kabi maqsadlar uchun ham beriladi.
Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyatga ega boʼlib borayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga bank xizmatini koʼrsatish daromad manbasining muhimligi boʼyicha ikkinchi hisobalanadi. Odatda bu daromadlarni komission daromad deyiladi. Xizmatlarga toʼlov komission mukofot koʼrinishida olinadi. Komission mukofot hamma qilinadigan operatsiya yoki shartnoma summasidan foiz koʼrinishida oʼrnatiladi.
Bank xizmatlari juda ham xilma-xildir va doimo xar xil yangiliklar bilan toʼldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnoma-laridagi bank xizmatlari, qimmatli qogozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar.
Qoʼshimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular oʼz ichiga nobank xarakterdagi xizmatlar koʼrsatishdan, korxona va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi.
Banklar yordamchi boʼlimlarning tijorat faoliyatidan qoʼshimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega boʼlsa, oʼz mijozlariga reklama xizmatlarini koʼrsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini taʼminlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat koʼrsatishlari ham mumkin. Bular boʼlishi mumkin: yuridik, informatsion, telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar.
Banklar asosiy va qoʼshimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham oshishi mumkin. Ular:
hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan-oʼtgan yilgi daromadlar;
daromadga soliq ortiqcha toʼlaganligi uchun byudjetdan mablagʼ qaytarish va boshqalar.
Tijorat banklari daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan farqlanib turuvchi xususiyati - bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi.