Ikkinchi operatsiya. Sof foydaning bir qismi (100000 so‘m) hisobidan korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali tashkil etilgan.
Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 100000 so‘mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo‘ladi: xuddi shu summaga zaxira kapitali ko‘payadi. Demak, endi foyda miqdori 300000 (400000-100000) so‘mni, zaxira fondi esa 100000 so‘mni tashkil qiladi.
Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag‘lar manbai o‘zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo‘ladi. Bu operatsiya faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o‘zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi. BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)ga qarang
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning
Joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3500000
Ustav kapitali
4000000
Xom ashyo va materiallar
1000000
Zaxira kapitali
100000
Kassa
40000
Foyda
300000
Hisob-kitob schyoti
499000
Bank kreditlari
200000
Debitorlar
60000
Mol etkazib beruvchi pudratchilar bilan hisoblashishlar
500000
JAMI
5100000
JAMI
5100000
Uchinchi operatsiya. Mol etkazib beruvchilardan sotib olingan 250000 so‘mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to‘lanmadi. Mazkur operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko‘payishiga olib keladi. Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 250000 so‘mga oshadi. Ikkinchidan materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to‘lanmagani uchun, korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo‘ladi. Balansda bu «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo‘yicha aks ettirilib, uning summasi ham 250000 so‘mga oshadi va 750000 so‘mga teng bo‘ladi.
Balansda aks ettirilish tavsifi bo‘yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o‘zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda xam, passivda xam yuzaga keltirgan o‘zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo‘naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o‘zgaradi, ularning o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3500000
Ustav kapitali
4000000
Xom ashyo va materiallar
1250000
Zaxira kapitali
100000
Kassa
41000
Foyda
300000
Hisob-kitob schyoti
499000
Bank kreditlari
200000
Debitorlar
60000
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar