213
Buxgalteriya hisobining eng asosiy vazifalaridan biri ish haqi
fondining xarajat qilinish hisobini yuritish, uning ustidan nazorat
o‘rnatish,
shuningdek,balans va hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish, budjet
muassasalarida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan buxgalteriya hisobi smeta
xarajatlarini aniq tuzish va foydalanilmayotgan ichki resurslarni izlab
topish imkoniyatini beradi.
Smeta xarajatlarini bajarish bo‘yicha buxgalteriya hisobi memorial-
order, jurnal-order va bosh jurnal shakllarida yuritilishi mumkin. EHM-
dan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirib,
smeta xarajatlaridan
foydalanishda axborotlar hisobini qayta ishlashni avtomatlashtirishning
umumiy tizimini yaratish imkoniyatini beradi.
Hisobot yili davomida mulkni baholash va xo‘jalik jarayonlarini
yoritish bo‘yicha muassasada yagona hisob siyosati yuritilishi lozim.
Hisobda daromad va xarajatlarni hisobot davri bo‘yicha to‘g‘ri eng asosiy
jihat hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi smeta xarajatlari bajarilishini,
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar holatini, pul mablag‘lari va
tovar-material qiymatliklar saqlanishini doimiy nazorat qilib borishi
kerak.
Muassasa rahbarlari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri
tashkil etish uchun
zarur sharoitlarni yaratib berishlari, barcha bo‘lim va xizmatlarga,
shuningdek, xodimlarga buxgalteriya uchun kerakli hujjatlarni topshi-
rishda bosh hisobchi talablarini so‘zsiz bajarishlarini ta’minlashlari
lozim.
Budjet xarajatlari va daromadlari to‘g‘ri hisobini yagona budjet
hisobi tizimida ta’minlash budjet tasnifi asosida bo‘ladi. Budjet tasnifi
daromad va xarajatlarni bir turdagi belgilar bo‘yicha majburiy guruhlash
belgilangan tartibda kodlashtirish uchun ilmiy asoslanishni ko‘zda tutadi.
Budjet tasnifi tashkily va huquqiy ahamiyat kasb etadi. Tashkiliy
ahamiyati
shundan iboratki, u budjetning daromad va xarajatlarini bir
tarzda hisobga olishni ta’minlaydi, budjetni bajarilishi haqida hisobotlar
tuzadi, daromad va xarajatlarning har bir turi bo‘yicha tahlil o‘tkazadi
va nazorat qiladi, budjet ko‘rsatkichlari va hisobotlarini mashinada qayta
ishlashda kodlashtirishni amalga oshiradi.
Budjetda ko‘zda tutilgan va muassasalar budjet tasnifida ko‘rsatilgan
daromad va xarajat ko‘rsatkichlari moliyaviy reja hisoblanadi va bajarish
uchun majburiydir.
Tasnif daromad va xarajat kabi ikkita asosiy qismni o‘z ichiga
oladi. Bu qismlar o‘z navbatida bo‘lim va paragraflar bo‘yicha
guruh-
lanadi.
214
Tasnifdagi moddalar yagona tartib raqamiga ega. Muassasa
xarajatlarining moddalari uchun quyidagi raqamlar ro‘yxati ajratilgan:
1-ish xaqi fondi.
2-ijtimoiy sug‘urta.
3-devonxona va ho‘jalik xarajatlari.
4-safar xarajatlari.
8-stipendiya.
9-ovqatlanish xarajatlari.
10-dori-darmon va bog‘lash vositalari sotib olish.
12-asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish.
14-yumshoq jihozlar sotib olish.
15-davlat sarmoya qo‘yilmalari.
16-kapital ta’mirlash.
18-boshqa xarajatlar.
30-davlat dotatsiyasi.
31-jarayonli xarajatlar.
35-ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.
Xarajatlar smetasi asosiy reja va moliyaviy hujjatdir. Smetada
ko‘rsatilgan summalar oxirgi chegara hisoblanadi va undan ortiq xarajat
qilishga ruxsat berilmaydi. Agar iqtisod qilingan mablag‘ bo‘lmasa,
smetada ko‘zda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish mumkin emas.
______ yil uchun ro‘yxatdan o‘tkazildi
_____________________________ da
_______ - son ro‘yxatdan o‘tkazish
kartochkasi
»_____» _____________20__ yildan.
________________________
(imzo)
________________________
(imzo)
______________________ ming so‘m
(summa yozuv va raqam bilan)
miqdorida tasdiqlangan,
jumladan ish haqi
_______________________ ming so‘m:
(summa yozuv va raqam bilan)
Budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchi
_____________________________
(imzo)
«_____» _____________20__ yil
Dostları ilə paylaş: