Buxgalteriya hisobi


-m o d d a. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

20-m o d d a. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar kreditorlar va boshqalar uchun
oshkora hisoblanadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari,
banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya
muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko‘rsatilgan ma’lumot-
larning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugaganidan so‘ng
birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
21-m o d d a. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilgan vaqtda yakuniy moliyaviy
hisobot tuziladi.
Tugatish bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansi
va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik
tugatish komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Majburiyatlar ularni uzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlari bilan
tugatish balansida aks ettiriladi.
22-m o d d a. Buxgalteriya axborotining mahfiyligi
Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgal-
teriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga ma’muriyat ruxsati
bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan
shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik
qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
9 – Buxgalteriya hisobi


258
23-m o d d a. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter
hisobi moliyaviy ma’lumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa
qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlangan.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin