109
VI BO‘LIM
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT
TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH HISOBI
6.1. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBINI
TASHKIL QILISH ASOSLARI VA HISOBNING VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» buxgalteriya hisobi va hisoboti
to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar, jismoniy va huquqiy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi, rezi-
dentlar, mahsulotlar, ish, xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni
aniqlashning bir xilligini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatiga bardoshliligini aniqlashdir.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish vazifalari quyidagilardan
iborat:
1. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq haqiqiy
xarajatlarni o‘z vaqtida to‘liq hisobda aks ettirish.
2. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida pul, material va mehnat
resurslaridan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat olib borishni ta’minlash.
3. Mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi bajarilishini
nazorat qilish.
4. Mahsulot ayrim turlarining haqiqiy tannarxini hisoblash.
5. Ishlab chiqarishda foydalanilmagan zaxiralarini aniqlash.
6. Xo‘jalikda brak hisobiga nobudgarchiliklar va boshqa ishlab
chiqarishdagi unumsiz xarajatning bo‘lishiga qarshi kurash olib borish.
7. Ishlab chiqarish xo‘jalik hisobi faoliyati natijalarini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: