Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan iborat:
№ inv 3. Shakl. Tovar moddiy boyliklari inventarizatsiya ro‘yxati. Korxonadagi xom ashelar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalarni xaqikatdagi qoldig‘ini aks ettirishda qo‘llanilib, moddiy boyliklar joylashgan o‘rni, o‘rnatilgan moddiy javobgarligi bo‘yicha alohida tuziladi. Inventarizatsiya ro‘yxati komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.
№ inv 4 Shakl. Jo‘natilgan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma korxonalarga jo‘natilgan tovarlar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. To‘lash muddati o‘tib ketgan va to‘lash muddati etmagan jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha alohida bir nusxadan to‘ldirilib, komissiya a’zolari imzolab, buxgalteriyaga topshiridilar.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan iborat:
№ inv. 5. Shakl. Ma’sul saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya ro‘yxati. Ushbu inventarizatsiya ro‘yxati ma’sul saqlashga olingan (berilgan) tovar. moddiy boyliklar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Inventarizatsiya ro‘yxati bir nusxada to‘ldirilib komissiya a’zolari moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.
№ inv. 6. Shakl. Yuldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma inventarizatsiya mobaynida yo‘lda bo‘lgan mahsulotlar va tovarlar haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va tovarlar yo‘lda ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib korxona buxgalteriyasiga topshiriladi
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan iborat:
Inv - 4, inv- 5, inv - 6 , inventarizatsiya dalolatnomalari ro‘yxatlari o‘rniga buxgalteriya jurnal order qaydnomalari shaklida qo‘llanilishi mumkin.
№ inv. 10 Shakl. Asosiy vositalar tugallanmagan ta’mirlash ishlari inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma bino, inshoat, texnik-ta’minot vositalari, asbob uskunalar va boshqa asosiy vositalar ob’ektlarini tugallanmagan kapital ta’mirlash ishlari inventarizasini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada to‘ldirilib , komissiya a’zolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
Korxona xo‘jalik mulklari inventarizatsiya ma’lumotlari va aniqlangan natijalari yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach, korxona raxbari tasdig‘idan so‘ng, buxgalteriya schetlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida qo‘yidagilar aniqlanadi:
Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari teng:
Hisob ma’lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar yuqoriligi (ortiqcha xo‘jalik mablag‘lari aniqlanishi).
Hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlari yuqoriligi: (xo‘jalik mulklari etishmovchiligi aniqlanishi).