Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Marketing ” fanidan oraliq nazorat (yozma shaklda) savollar ro’yxati va testlar



Yüklə 155,78 Kb.
səhifə1/15
tarix27.12.2023
ölçüsü155,78 Kb.
#200133
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ON savollar va testlar Marketing bh-s-121, 321,421,521


60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Marketing ” fanidan oraliq nazorat (yozma shaklda) savollar ro’yxati va TESTlar



  1. Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.

  2. Marketingning ko’p sonli ta’riflaridan ayrimlarining mazmunini sharhlab bering. Ta’riflardagi umumiylik nimalardan iborat? Javobingizni sharhlang.

  3. Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi va korxonalar amaliyotida qo’llanish sabablarini tushuntirib bering.

  4. Marketingni o’rganish nima uchun kerak? Javobingizni aniq dalillar va misollar asosida sharhlab bering.

  5. Marketingning asosiy maqsadi – iste’molchilar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdan iborat. Buning mazmunini tushuntirib bering.

  6. Marketingning sotishni (tijoratni) jadallashtirish va umumiy marketing konsepsiyalarining mazmuni, farqli jihatlarini tushuntirib bering.

  7. Marketingning asosiy tamoyillarini tushuntirib bering.

  8. Iste’molchiga yo’naltirilganlik tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

  9. “Marketing –har qanday tashkilotga beriladigan tafakkur va harakat tizimidir” – deydi professor J.J.Lamben. Ushbu ta’rifning mazmunini sharhlab bering.

  10. Chartered Marketing Instituti (CIM) tomonidan “Marketing - foyda olish uchun iste'molchilar ehtiyojlarini aniqlash, prognozlash va qondirishni boshqarish jarayonidir” deb ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifning mazmunini sharhlab bering.

  11. “Marketing – raqobat sharoitida firmaning strategiyasi va taktikasini belgilaydigan zamonaviy biznes falsafasidir”. Marketingning ushbu ta’rifining mazmunini sharhlab bering.

  12. “Marketing – firma tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini boshqarish jarayonidir”. Marketingning ushbu ta’rifining mazmunini sharhlab bering.

  13. “Marketing — bu sotishni yaratish va iste’molchilarni sotuvga tovarlar va xizmatlarni ularning talablariga mos holda chiqarish orqali qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar yig’indisidir”. Marketingning ushbu ta’rifining mazmunini sharhlab bering.

  14. Ayni vaqtda marketing konsepsiyasini samarali qo’llayotgan bir nechta mahalliy korxonalar faoliyatidan misollar keltiring. Ularning faoliyatida qaysi marketing konsepsiyasi qo’llanilayotganini asoslab bering.

  15. Sizning fikringizcha, zamonaviy marketing konsepsiyalaridan qaysi biri uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlashi mumkin? Javobingizni aniq dalillar asosida tushuntirib bering.

  16. Marketing-miks tushunchasi va uning tarkibiy elementlarining mazmunini tushuntirib bering.

  17. Korxonalar faoliyatida marketing axborotining tutgan o’rni va ahamiyatini tushuntirib bering.

  18. Marketing axborotining qiymati doim ortib boradi. Bu nima bilan bog’liq? Javobingizni sharhlab bering.

  19. Birlamchi va ikkilamchi marketing axborotlarining mazmunini tushuntirib bering.

  20. Birlamchi marketing axboroti nimasi bilan ikkilamchi marketing axborotidan farq qilishini tushuntirib bering.

  21. Birlamchi marketing axborotini yig’ishning kuzatish usulining mazmunini tushuntirib bering.

  22. Birlamchi marketing axborotini yig’ishning so’rov usulining mazmunini tushuntirib bering.

  23. Marketing tadqiqotlari va uni tashkil etishning mazmunini tushuntirib bering.

  24. Kabinetli va dala marketing tadqiqotlarining mazmunini tushuntirib bering.

  25. Kabinetli va dala marketing tadqiqotlarining qanday afzalliklari va kamchiliklari borligini tushuntirib bering.

  26. Marketing muhiti tushunchasining mazmunini yoritib bering.

  27. Korxonaning ichki marketing muhitini tahlil qilishda qanday vazifalar hal qilinishini tushuntirib bering.

  28. Ichki marketing muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillarning mazmunini tushuntirib bering.

  29. Tashqi marketing muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillarning mazmunini tushuntirib bering.

  30. Korxona marketing faoliyatiga iqtisodiy omillar ta’sirini tushuntirib bering.

  31. Bozor vaziyati va imkoniyatlarini o’rganishda qo’llaniladigan SWOT tahlilning mazmunini tushuntirib bering.

  32. SWOT tahlilning mazmunini tushuntirib bering.

  33. Marketing muhitida bo’layotgan demografik va iqtisodiy o’zgarishlar marketing qarorlariga qay darajada ta’sir ko’rsatishi mumkinligini tushuntirib bering.

  34. Bozor sig’imi tushunchasining mazmunini tushuntirib bering. Nima uchun bu ko’rsatkich korxonaning bozordagi ish imkoniyatlarini aniqlash uchun muhim hisoblanadi?

  35. Bozor kon’yunkturasi nima? Nima uchun uni baholash nafaqat bozor tahlili, balki marketing tadqiqotlarining muhim maqsadi ham hisoblanadi?

  36. Bozorni segmentlash nima uchun kerakligini tushuntirib bering.

  37. Bozorni segmentlarga bo’lish qanday jarayonlarni o’z ichiga olishini tushuntirib bering.

  38. Bozorni segmentlashning belgi va mezonlarini tushuntirib bering.

  39. Maqsadli bozorni tanlashning bosqichlarini tushuntirib bering.

  40. Iste’mol bozori va uning turlarini tushuntirib bering.

  41. Sotuvchi va xaridor bozoriga xos tavsiflarni tushuntirib bering.

  42. Marketingda tovar tushunchasiga xos jihatlarni tushuntirib bering.

  43. Tovar nomenklaturasi va assortimenti tushunchalarini tushuntirib bering.

  44. Iste’mol tovarlarining guruhlanishini tushuntirib bering.

  45. Tovar sifati va tovarning iste’mol xususiyatlarini tushuntirib bering.

  46. Tovar “hayotiy” davri tushunchasining mohiyatini tushuntirib bering.

  47. Tovar “hayotiy” davri bosqichlariga xos jihatlarni tushuntirib bering.

  48. Tovar “hayotiy” davrining o’sish bosqichiga xos jihatlarni tushuntirib bering.

  49. Tovar “hayotiy” davrining yetuklik bosqichiga xos jihatlarni tushuntirib bering.

  50. Tovar “hayotiy” davrining bozordan chiqib ketish bosqichiga xos jihatlarni tushuntirib bering.

  51. Remarketing va uning qo’llanilishini tushuntirib bering.

  52. Demarketing va uning qo’llanilishini tushuntirib bering.

  53. Rag’batlantiruvchi marketing va uning qo’llanilishini tushuntirib bering.

  54. Rivojlantiruvchi marketing va uning qo’llanilishini tushuntirib bering.

  55. Sinxromarketing va uning qo’llanilishini tushuntirib bering.


Yüklə 155,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin