Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 88,24 Kb.
səhifə2/18
tarix17.06.2023
ölçüsü88,24 Kb.
#131947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
КУРС ИШИ

1.Tadbirkorlik turlari.

Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo‘nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.


Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo‘linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo‘lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko‘rsatiladi, ma'lum ma'naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta'riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko‘rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliya­viy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug‘urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko‘rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati­ning konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbir­korlik turi ko‘p yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkor­lik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo‘lib, bir-birini to‘ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligi­ning ustuvorligini tan olish kerak.
Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligi­ga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug‘ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko‘rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug‘ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovarning potensial iste'molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bi­lan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo‘lajak xaridorlar o‘rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tad­birkor faqat og‘zaki va'dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og‘zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo‘lib, zarur hollarda shartnoma, bitim shak­lida rasmiylashtiriladi. Biroq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og‘zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olishdir.

Yüklə 88,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin