Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 0,55 Mb.
tarix16.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#61572
baxromova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“Buxgalteriya hisobi va audit”kafedrasi


76-20 BX va A guruh talabasi Baxromova Farangizning Statistika fanidan

MUSTAQIL ISHI


Topshirdi: Baxromova F
Qabul qildi: Toshpo’latov O

Mavzu: YaIM deflyatori va iste’mol baholari


indeksini hisoblash .
YaIM jismoniy hajmi indekslari butun dunyoda iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy kon’yunkturaning eng muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu indekslarni iqtisodiy salohiyat va resurslar indekslari bilan taqqoslabiqtisodiyot samaradorligi, mehnat unumdorligi o‘sishi, milliy boyliklardan foydalanish samaradorligi, aholi turmush darajasini o‘zgarishi kabi muhim iqtisodiy masalalar tahlil qilinadi. YaIM jismoniy hajmi indekslarini hisoblash uchun joriy narxlarda baholangan YaIM va uning tarkibiy qismlari o‘zgarmas (taqqoslama) narxlarda qayta baholanishi kerak.
YaIM ni o‘zgarmas baholarda ifodalash uchun har xil usullardan foydalanish mumkin, ular ichida eng muhimi quyidagilar:
- narxlar indeksi yordamida deflyatirlash usuli;
- ikki yoqlama deflyatirlash usuli;
- bazis davr qiymat ko‘rsatkichlarini jismonny hajm indekslari yordamida ekstrapolyatsiyalash;
- xarajatlar tarkibiy qismini qayta baholash;
- bevosita o‘zgarmas narxlarda baholash.
Birinchi usul – narxlar indeksi yordamida deflyatorlash usuli YaIM pirovard foydalanish usulida hisoblanganda qo‘llanadi. Ma’lumki bu holda YaIM iste’mol va jamg‘arma, tovar va xizmatlardan va sof eksportdan tarkib topadi. Haqiqiy baholarda ifodalangan pirovard iste’mol qiymati indeksi iste’mol narxlari indeksiga, jamg‘arma qiymati indeksi esa investitsion tovarlar baholari indeksiga, sof eksport qiymati esa eksport — import baholari indeksiga bo‘linadi.
YaIM qiymati joriy baholarda ishlab chiqarish usulida hisoblanganda uning jismoniy hajm ko‘rsatkichi ikkiyoqlama deflyatirlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu holda dastlab haqiqiy baholarda ifodalangan yalpi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish qiymati asosiy (yoki ishlab chiqaruvchilar) narxlari indeksi (q1r1(yam):Ir(yam))yordamida deflyatirlanadi. So‘ngra haqiqiy baholarda hisoblangan oraliq iste’mol qiymati (q1r1(or.m):Ir(or.m)) tegishli sotib olish (iste’molchilar) baholari (Ir1(or.m)) indeksi asosida deflyatirlanadi (ya’ni bu indeksga bo‘linadi). Birinchi hisoblash natijasidan ikkinchisini ayirib, o‘zgarmas baholarda ifodalangan YaIM jismoniy hajmi aniqlanadi.
Qo‘shilgan qiymatni o‘zgarmas baholarda hisoblash uchun ayrim hollarda sodda usul qo‘llaniladi. Masalan, ayrim Ovrupa iqtisodiy hamjihatligi a’zo - mamlakatlarida qo‘shilgan qiymatni o‘zgarmas baholarda aniqlash uchun uning joriy baholarda hisoblangan qiymatini yalpi ishlab chiqarish baholari indeksi yordamida deflyatirlanadi. Ammo inflyatsiya yuqori darajada bo‘lganda bunday soddalashgan usul qoniqarli natija bermaydi.
Ekstrapolyatsiyalash usulining mohiyati shundan iboratki, ko‘rsatkichlarni o‘zgarmas baholarda ifodalash uchun ularning bazis davridagi haqiqiy baholarda hisoblangan qiymatlari q0r0 jismoniy hajm indeksiga ko‘paytiriladi. Masalan, nobozor xizmatlar (davlat boshqaruv tashkilotlari, jumladan, mudofaa va milliy xavfsizlik organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar) uchun baholar indeksini tuzib bo‘lmaydi. Bu holda jismoniy hajm indeksi sifatida tegishli nobozor xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlarda bandlar soni indeksi ishlatiladi.
Bevosita qayta baholash usulida o‘zgarmas baholarda ifodalangan jismoniy hajm ko‘rsatkichlari ishlab chiqarilgan (iste’mol qilingan) mahsulot hajmi (miqdori)ni q0 va q1 tegishli o‘zgarmas baholarga (r0) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni q1r0 va q0r0.
Bu usul asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish yoki xarid qilish ko‘rsatkichlarini hisoblashda qo‘llanadi, chunki bu holda asosiy mahsulotlarni hajmi va baholari haqidagi ma’lumotlar amaliy statistika tomonidan to‘planadi.
Shunday qilib, yalpi ichki mahsulot jismoniy hajmi indeksini tuzish uchun yalpi ishlab chiqarish qiymati va uning tarkibiy qismlari har xil usullar yordamida deflyatirlanadi.


Yalpi ichki mahsulot hajmini o‘zgarmas bazis davr narxlarida hisoblash natijalari milliy iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha o‘zgarishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun haqiqiy baholarda hisoblangan YaIM qiymati indeksini uning o‘zgarmas baholarda hisoblangan jismoniy hajm indeksiga bo‘linadi va olingan natija YaIM deflyatori deb ataladi.
Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin