Buxgalteriya hisobi va audit


Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar:4



Yüklə 37,13 Kb.
səhifə3/15
tarix16.11.2022
ölçüsü37,13 Kb.
#69423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bobur Moliyaviy tahlil

Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar:4
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;
- faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy tahlilning vazifasi ushbu yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, moliyaviy tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalarning ayrimlarini sanab o‘tdik xolos. Ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari sifatida quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‘lamdagi tahlilning barcha turlariga xosdir.
1-jadval

Yüklə 37,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin