Moliyaviy tahlilni o’tkazish bosqichlari
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati: - ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir; - tashkil topishdan likvidlik jarayonigacha bo‘lgan davrda korxonani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning resurslar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir; - xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishidagi keng qamrovli faoliyatdir.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini, moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lay olishi, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni, daromadlar bilan pul oqimlarini oqilona taqsimlashni, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholashni, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini baholashning muhim usulidir.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tuzilmaviy ko‘rinishi quyidagi bog‘lanishlarda ifoda etiladi.
2-jadval
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning siklik jarayoni6
1
|
Resur- lar tahlili
|
Ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot tannarxi tahlili
|
Ishlab chiqarish
va sotishni tahlili
|
Moli- yaviy
natija tahlili
|
Likvid- lik tahlili
|
To‘lov layoqati tahlili
|
Moli- yaviy
holat tahlili
|
2
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
3
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
...
|
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning asosiy maqsadi – xo‘jalik subyektining muhim (axborot beruvchi) ko‘rsatkichlari orqali faoliyat natijaviyligiga, foyda va zararlarga, pul mablag‘lari oqimiga va moliyaviy holatiga obyektiv baho berish, yo‘l qo‘yilgan xato, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali uni kelgusida yanada yaxshilash choralarini ko‘rishdan iborat.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
Subyektiv (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar.
Axborot manbalardan foydalangan holda o‘rganish deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining aniq o‘lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga keltirilgan axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.) turli manbalardan foydalangan holda o‘rganish tushuniladi.
Davriy o‘rganish deganda uni axborot manbalarining tahliliyligida operativ, joriy va istiqbolli o‘rganishning zaruriyati nazarda tutiladi.
Moliyaviy tahlilni o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqozo qiladi. Mazkur tartiblarni quyidagi bosqichlarda tasniflash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |