Buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlar asosida tashkil


« Научный импульс » Март  , 202 3  911  Kalit so’zlar



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#145960
1   2   3   4   5
Abdiraimova Sabrina


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Март 
, 202

911 
Kalit so’zlar:
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, moliyaviy buxgalteriya hisobi 
va hisoboti, iqtisodiy strategiya, buxgalteriya, audit, innovatsiya, innovatsion rivojlanish, 
boshqaruv tuzilmasi.
 
 
KIRISH 
Hozirgi paytda mamlakatimizni yanada isloh qilishimiz uchun har bir sohada 
rivojlantirishimiz lozim.Darhaqiqat mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy,siyosiy tomonlama
rivojlantirish,uni modernizatsiya qilish,aholi farovonligini ta'minlashda mustahkam 
poydevor bo'ladi deb o'ylayman.Shunday ekan mamlakatimizni yanada rivojlantirishimiz 
uchun jahon tajribasidan oqilona foydalanishimiz va shu bilan bir qatorda amalda to'g'ri 
qo'llay olishimiz lozim.Har jabhada innovatsion g'oyalardan foydalanib,buxgalteriya va 
audit sohasini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Qisqa vaqt mobaynida 
O’zbekistonning 
savdo,investitsiya,energetika,transport,kommunikatsiya,madaniy-
gumanitar almashinuv,turizm kabi deyarli barcha sohalarda juda jadal va ko’p qirrali 
rivojlanishi kuzatilmoqda. 
Barchamizga ma’lumki, inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan narsalar,buyumlar qaysi 
davrda va mamlakatda yoki shaharda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum bir zaruriyat 
tufayli yuzaga keladi.Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha,uni quyidagilar yuzaga 
keltirgan: 
Axborot yetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foy-dalanuvchilar 
(davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, 
natijada, ular o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan 
noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi; 
Noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda xo‘jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida 
noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi; 
Iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga 
ehtiyoj; 
Axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini 
aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning yetishmasligi. 
Shu kabi muammolarni hal qilishda yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana 
boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan 
hisobotlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar yetarli bilim va tajribaga
shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega 
bo‘lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular 
korxona ma’muriyatiga bo‘ysinmaydigan va uning tazyiqlaridan xolidirlar. Auditorlik kasbi 
turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada jamoatchi-
buxgalter, Fransiyada buxgalter ekspert yoki schyotlar bo‘yicha komissar, Germaniyada 
xo‘jalik nazoratchisi yoki kitoblar (Das Buch) nazoratchisi. Rim imperiyasi davrida moliya va 
sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan 
nazorat qilib turganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar 


Международный
научный
журнал

8
(100), 
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin