1. Binolar - sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar.
2. Inshoatlar- ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.
3.Uzatish qurilmalari - elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.
Mashina va uskunalar - issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‘lchov tarozilari.
Hisoblash texnikasi - kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ).
Transport vositalari - yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar.
Uskunalar - presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi asbob- uskunalar.
8.Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari- ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar.
9.Ofis mebeli va jihozlari - shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar
10.Ishchi va nasldor hayvonlar - otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, bo‘qalar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar.
Dostları ilə paylaş: |