II-BOB ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI 2.1 "LAZZAT LUKS" MCHJ FOALIYATINING UMUMIY TAVSIFI "LAZZAT LUKS" MCHJ tashkiloti 2018- yilning 10-sentabrda tashkil topgan bo`lib masofadan ovqat yetkazib berish xizmati bilan shug`ullanib kelmoqda.
Mazkur muassasalarning ish tartibi va o‘zaro bo‘ysunuvini belgilaydi.Yangi ish joylarini barpo etish va nizomda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida tashkilot qaramog‘ida kichik, qo‘shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, firmalar hamda boshqa korxonalar tuzish uchun imkoniyat yaratib beradi, respublika qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshiradi, olingan foydani tashkilotning asosiy maqsadini bajarilishiga yo‘naltiradi, ulaming amliy faoliyati uchun zarur yordamni beradi;
j) tashkilot tuzilmasining xodimlar shtat jadvalidagi ish joylariga xodimlarni tanlab oladi, o‘qitadi, malakasini oshiradi va tarbiyalaydi, lozim bo‘lgan taqdirda bu ishga jamoatchilik faollarini ham jalb etadi. Mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni moddiy rag‘batlantiradi.
m) kengashlar va boshlang‘ich tashkilotlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida pasportlashtirish tizimini joriy etadi;
o) o‘quv muassasalari, sport-texnika tashkilotlari, korxonalar, inshootlar va muassasalarga shartnoma asosida tez va sifatli xizmat kursatadi.
p) xodimlarning malakasini oshirish va o‘quv-uslubiy faoliyatini yo‘lga qo‘yadi, tinglovchilarga malaka oshirganliklari haqida tegishli hujjatlar beradi;
TASHKILOTNING MULKI VA MABLAG‘LARI.
Tashkilot o‘z a’zolarining mafaatlarini hisobga olgan holda mazkur nizomda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun binolar, inshootlar, turar-joy maskanlariga xizmat etuvchi avto ulov jixoz va qurilmalarga pul mablag‘lari turli qimmatli qog‘ozlarga va boshqa mulkka ega bo‘lishi mumkin. Tashkilotning mulki yagona va bo‘linmasdir. Unga egalik qilish sotish va sotib olish foydalanish va tasarruf etish tartibi Markaziy kengash tomonidan belgilanadi. Tashkilot o‘zining markaziy kengashi timsolida amaldagi qonunlarga muvofiq tashkilotning mablag‘lari barcha turdagi faoliyatlaridan olinadigan tushum davlat va jamoat tashkilotlaridan shuningdek chet el sarmoyadorlaridan tushgan hamda fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda hadya etilgan mablag‘lar hisobiga yaratilgan mulkning tegishli qismiga egalik qilish foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega.
Tashkilot mablag‘lari kirish va a’zolik badallari mazkur Nizomni tegishli bandlariga belgilangan hamda qonunlarda man etilmagan boshqa faoliyatlar va shuningdek qimmatli qog‘ozlarni latareya va hayriya kansertlarini tashkil etish turli xil boshqa tadbirlar evaziga tushgan mablag‘lar hisobiga shakllantiradi. Korxonalar shu jumladan hissadorlik asosida tuzilgan korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyati natijasida olinadigan foyda tashkilot a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. Foyda Nizomda ko‘zga tutilgan vazifalar manfaati uchungina sarflanadi.
Tashkilot a’zolari quyidagi miqdorda a’zolik badallarini to‘laydilar:
-a’zo bo‘lib kirish badali-eng kam ish haqqining bir foizi va a’zolik guvoxnomasining narxi miqdorida;
-yillik badal-eng kam ish haqqining bir foizi miqdorida
Boshlang‘ich tashkilotlar umumiy majlisning qarori bilan a’zolik badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilashlari mumkin.Lekin bu miqdor mazkur Nizomda ko‘zda tutilganidan kam bo‘lmasligi kerak.
Jamoaviy a’zolik badali miqdorini va undan tuman kengashiga o‘tkaziladigan qismini tegishli kengash bilan kelishilgan holda jamoaviy a’zolik boshlang‘ich tashkiloti belgilaydi.
Badallar Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi. Tashkilot klublari a’zolarining kirish va a’zolik badallari miqdori klubning umumiy majlisida hal qilinadi.
Tashkilot mablag‘lari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan moliyaviy rejalar (smetalar) asosida ommaviy-vatanparvarlik tadbirlariga binolar vam inshootlar qurilishi ularni jixozlash zarur texnik buyumlarni sotib olish ulardan foydalanish va tamirlash ishlariga kengashlar va tashkilotlar xodimlarini mehnat haqlari bilan ta’minlashga shuningdek tashkilot xodimlarining ijtimoiy maishiy sharoitlarini yaxshilash tashkilot faollari va vatanparvarlik tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shgan turli soxa ijodkorlarini mukofotlash hamda mazkur Nizom va amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Tashkilotning rivojlantirishning maqsadli dasturlarini mablag‘ bilan taminlash imkoniyatlarini vujudga keltirish mazkur mablag‘larini oqilona sarflash maqsadida tegishli kengashlarning qarorlari asosida maxsus markazlashtirilgan jamg‘armalar va zaxiralar yaratilishi mumkin dasturlar harajatlari smetasini kengashlar tasdiqlaydi.
Tashkilot turli davlat jamovt va nodavlat tashkilotlari tomonidan ajratilgan mulkga ega bo‘lishi mumkin mazkur mulkdan foydalanish idora qilish va qaytarib ol ish tartibi uning egalari bilan kelishilgan tartibda tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
Tashkilot Markazi kengashi mazkur mulkning tasarruf etish asrash va aniq maqsadlar bo‘yicha istefoda etishni o‘z zimmasiga oladi hamda mulk egalari oldida shartnoma asosida hisobot beriladi. Tashkilot tarkibidan chiqish bo‘linish yohud tashkilotning o‘zini tarqatib yuborish vaqtidagi mulki va moliyaviy muammolarni tartibga solish shartlari amaldagi qonunchilik asosida Markaziy kengash tomonidan belgilanadi.