Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
7.4.
Hisob -Kitob markazi ishining tashkil etilishi 
 
Yuqorida eslatib o„tganimizdek, Hisob-kitob markazi O„zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki buxgalteriya hisobi va hisob-kitoblar 
boshqarmasining bo„limi bo„lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik 
hisobvaraqlariga xizmat ko„rsatish va banklararo hisob-kitoblarning 
uzluksizligini ta‟minlash kiradi.
Hisob-kitob markazi elektron to„lov tizimiga ulangan tijorat bank-
lari bilan belgilangan vaqt davomida alohida tarmoq orqali axborot al-
mashish tartibida ish olib boradi. Elektron to„lov tizimi bo„yicha ish 
kuni boshlanishidan banklarning ichki va tashqi vakillik hisobvaraqla-
rining qoldiqlari va aylanmalari qiymatining mosligi qilingandan so„ng 
banklarga tizimda ishlashga ruxsat etiladi. Fayllarni qabul qilish, qayta 
ishlash va nazorat qilish, jo„natish avtomatik rejimda seanslar bo„yicha 
amalga oshiriladi. 


142 
Banklardan kelgan har bir elektron fayl bir daqiqa interval bilan 
qayta ishlab turiladi. Kelgan har bir fayl ichki nazoratdan o„tkaziladi 
Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o„tgan fayl hisob-kitoblar markazida qayta 
ishlashga ruxsat etiladi. Kelib tushgan to„lov turiga qarab XKMda 
buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Lekin tekshiruv jarayonida 
biror bir yozuvida xato chiqsa ham fayl to„lig„icha bankka qaytariladi.
Ilgari Hisob-kitob markazida banklararo aylanmalarni o„tkazish 
uchun bir qator hisobvaraqlar yuritilar edi. 2003-yil sentabr oyidan 
boshlab turli tipdagi bosh banklar o„rtasidagi banklararo hisob-kitoblar 
Toshkent shahar hisob-kitob markazi orqali o„tkazila boshladi, boshqa 
viloyatlardagi hisob-kitob markazlarining faoliyati to„xtatildi. Bir bank-
ka qarashli filiallar o„rtasidagi hisob-kitoblar bosh bank tomonidan 
tashkil etila boshladi. Biz turli tipdagi banklar o„rtasidagi banklararo 
hisob-kitoblarni o„tkazish tartibi bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin