Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/5
tarix02.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#151554
  1   2   3   4   5
Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

Reja

  • Buxgalteriya hisobining mohiyati

  • 2. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
    3. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari

1. Buxgalteriya hisobining mohiyati

Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uchta yo‘nalishda qayta shakllanmoqda


Buxgalteriya
hisobi
Moliyaviy hisob
Boshqaruv hisobi
Soliq hisobi

Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi.

  • Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi.
  • Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va budjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Buxgalteriya hisobi umuman olganda falsafaga tayanadi, chunki u Aristotel ta’biri bilan aytganda, «barcha fanlarning malikasi» hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va inson ongi taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‘rganish buxgalterga ham, ijtimoiy fan mutaxassislari, xususan, faylasuflarga zarur bo‘lgan darajada kerak. Mazkur fan kishilarda hayotning asosiy qadriyatlari to‘g‘risida yagona, umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan tasavvurlarni shakllantiradi. Natijada, falsafa buxgalteriya hisobini o‘rganishda «kommunikatsiya to‘siqlari»ni bartaraf etishga yordam beradigan, asosiy omillardan biri sifatida maydonga chiqadi. Bunday to‘siqlar tor ixtisoslashish natijasida yuzaga chiqib, uning: insonparvarlik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va axborot-aks ettiruvchi kabi funksiyalarida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin