Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me'yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi.
1960 yil 1 yanvardan qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi printsiplariga o‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo‘llanilib kelardi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shakli boshlang‘ich xo‘jalik ma'lumotlarini guruhlab jamlash printsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo‘limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini sintetik va analitik hisobi ta'minlanadi.
Hisobot oyidagi dastlabki hujjat ma'lumotlarini tizimlash va jamlash hisobga olinishi kerak bo‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish zaruriyati kolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik ma'lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-order va yordamchi vedomostlarda aks ettirilib boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ba'zilarida bir turdagi xo‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi vedomostlardan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan ma'lumotlar jurnal-order hisob registriga ko‘chiriladi. Yordamchi vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga ma'lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida ham foydalaniladi.
Yordamchi vedomostlar buxgalteriya hisob obyektlarini guruhlashda ham ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham yordamchi vedomostlardan foydalaniladi, ularda tegishli ma'lumotlar jamlanadi va oy ohirida jurnal-orderda aks ettiriladi. Boshlang‘ich xo‘jalik ma'lumotlarini jurnal-orderlarda to‘g‘ri guruhlashni ta'minlash maqsadida schyotlar krediti bo‘yicha korrespondentsiyalari jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini ko‘zda to‘tilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Jurnal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan.
Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli quyidagi asosiy printsiplarga asoslangan:
jurnal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schyot krediti bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yoziladi;
Iktisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schyotlar bo‘yicha jurnal-orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi;
Sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi:
Buxgalteriya hisobi xo 'j alik j arayonlarini;
Nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish;
Korresondentsiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order, yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi.
hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi.
Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga aga bo‘linadi:
hisob ishlari osonlashadi;
xo‘jalik aylanishi tezlashadi;
hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi;
sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shaklida sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi deb ta'kidlandi. Ba'zi hisob obyektlari bo‘yicha analitik hisob uchun analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalar hisob obyektlari miqdori ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy vositalar analitik hisobi uchun № AV-6a "Asosiy vositalar inventar kartochlari" yuritiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi uchun kartochkalar yoki yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi vedomostlar ham yuritiladi. Ushbu analitik hisob kartochkalari yuritilganda, ular ma'lumotlari asosida aylanma vedomostlar tuziladi.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan ikki x'isob registri (jurnal-order, yordamchi qaydnoma) dan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi hujjat sifatida maxsus ishlab chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi.
Sintetik hisob registri - Bosh kitob va boshqa registrlar asosida balans va hisobot boshqa shakllari tuziladi.
Bosh kitobda xar bir schyot bo‘yicha varaq ajratilib, unda schyotga taalluqli boshlang‘ich qoldiq, debet oborotlari xar bir mos ravishdagi kreditlanuvchi schyotlar bilan birga, hamda kredit oborot umumiy summasi, oy ohiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Bosh kitobda aks ettiriladigan schyotlar bo‘yicha ma'lumotlar tegishli jurnal-order, yordamchi vedomostlardan olinadi.
Demak, jurnal-order ma'lumotlari naqadar to‘g‘ri va aniqligi hisobot tuzish uchun asos hisoblanuvchi. Bosh kitob ma'lumotlarini ham to‘g‘riligini ta'minlaydi.
Jurnal-orderlar xo‘jalik jarayonlarini sintetik hisobini yuritishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir schyot kreditda va boshqa schyotlar debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan foydalangan holda yuritiladi. Ba'zi schyotlar, masalan, «Kassa», «hisoblashish» schyotlarini kredit oborotlarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan jurnal-orderlardan tashqari, shu schyotlarning debet oborotlarini hisobga olib boruvchi yordamchi vedomostlar ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan «Tovarlar» schyoti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit oboroti hisobi uchun jurnal-order, debet oboroti hisobi uchun yordamchi vedomostlardan foydalaniladi.
schyotlar debet oboroti uchun mo‘ljallangan yordamchi vedomostlardagi yozuvlar ham kreditlanuvchi schyotlar bilan aks ettiriladi, ya'ni shaxmat yozuvi usulida yoziladi.
Shaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks ettiriladi.
Ba'zi schyotlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli, ular hisobi uchun bitta jurnal-order mo‘ljallangan.
Masalan, «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalar eskirishi», schyotlari iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli 13-jurnal-orderdan foydalanilgan holda hisob yuritiladi.
Bosh daftarga esa, xar bir schyot bo‘yicha ajratilgan varaqlarga tegishli ma'lumotlar umumiy yuritilgan jurnal-orderdan olib yoziladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan Bosh daftarning xususiyati shundaki, unda schyot ma'lumotlarini bir oyligi emas, balki, bir yil davomida yozib boriladi.
Bosh kitob jurnal-order ma'lumotlarini umumlashtirish, hisobot shakllarini tuzish uchun xar bir schyotlar bo‘yicha yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.
Bosh daftar schyoti quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
№ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)
«Bosh kitob» Jurnali oy 20 yil
Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga asoslangan.
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining jadval - avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.
Hisob ishlarida EHM laridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni yaratiladi:
hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.
hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
hisob ma'lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.
hisob ma'lumotlaridan foydalanishni operativligini ta'minlanadi.
moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.
korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi:
hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.
Buxgalteriya hisobining jadval-avtomatlashtirilgan shakli asosida
buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma'lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma'lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma'lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya'ni masalan, disketlarda.
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta'minlanishi avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.
EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ ham etishni tegishli chora-tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta'minlaydi. Shuningdek, chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham BAT tizimi yordamida ta'minlanadi.
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval - avtomatlashtirilgan shakli kompyuter dasturlari dan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy boskich buxgalteriya ma'lumotlarini qayta ishlashdir.
Ma'lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma'lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma'lumotlarni qayta ishlashag mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi boskichlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma'lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e'tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat'iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli me'yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.