Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari reja: Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati


Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli



Yüklə 69,96 Kb.
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü69,96 Kb.
#123502
1   2   3   4   5   6   7   8
Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli.

Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.


Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki hujjat ma'lumotlari Bosh daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi

XO‘JALIK OPERATSIYALARI REESTRI


20 yil oyi uchun


T/r

Sana

Boshlang‘ich hujjatning nomi va raqami

Operatsiya mazmuni

Summasi (so‘m)

Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

Debet

Kredit































































































































Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin:



  1. Bosh daftar.

  2. Hisob obyektlari hisob vedomosti.

Vedomostlarlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga ma'lumotlar ham dastlabki hujjatlar, hamda vedomostlar ma'lumotlari asosida yozib boriladi.
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki hujjat tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi.
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari quyidagilardan iborat.

  • yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;

  • hisob ishlari kamayadi;

  • qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi;

- sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi;
- hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini qo‘llashda ba'zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular quyidagilardan iborat:

  • Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi;

  • Qo‘llaniladigan schyotlar miqdori ko‘payishi, xato yozuvlar aks ettirilishi ehtimolini oshiradi;

  • Hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta'minlamaydi.

Ammo, yuqorida ta'kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki hujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondentsiyalangan schyotlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy oxirida xar bir schyot bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi hisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak.
Shundan so‘ng, xar bir schyot bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir.
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin.



Yüklə 69,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin