13 - mashq. a) xodim (talaba)rimg ish (o'qish)ga munosabatini ifodalovchi
quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘z misollaringiz bilan to‘ldirib, daftaringizga
ko‘chiring.
Vijdonli, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida bajaradigan, ongli,
dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘zi va o‘rtoqlariga talabchan, o‘z ishini yaxshi
biladigan, intizomli, hoziijavob, mas’uliyatli ... .
b) ushbu so‘z va qoliplashgan so‘z birikmalaridan foydalanib guruhdoshingiz
(o'qituvchingiz)ning o‘z ishiga munosabatini yorituvchi tavsifnoma matnini
tayyorlang.
14 - mashq. Zarur so‘z va birikmalami qo'shib, gaplarni to'ldiring. Fe’l shakj^ming
qo'llanishiga e’tibor bering.
1. Men Ilhom Shokirov... 2001- yildan ... taniy... . 2. Shu litsey... ingliz tili
guruhi... birga o‘qiy... . 3. I. Shokirov intizomli..., ..., ...., talaba... tanilgan. 4.
Litseyimizning ja- moat ishlari... faol qatnash... . 5. U sport ... muntazam
shug‘ullana... , shu yilgi respublika festivalida stol tennisi...faxrli uchinchi o‘rin...
egal... . 6. U ingliz til
biladi, erkin so‘z... ola... . 7. Ingliz tilidagi ko'plab badiiy
kitob ... mustaqil o‘qiy... . 8. Shun... ko‘ra, men Ilhom Shokirovni Mirzo Ulug‘bek
nom... sti pendiyani ohsh ... tanlovda qatnashish... tavsiya eta... .
15 - mashq. Ma’lumotnoma matnini o‘qing, ajratilgan so‘zlaming ma’nolarini
izohlang.
Litsey direktori S. Sobirovga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
Tushgan shikoyatlar haqida
MA’LUMOTNOMA
2001-2002- o‘quv yilining ikkinchi yarmida universitetning ikkita
yotoqxonasida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat tushdi. Bulardan
34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab
yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan.
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar
yotoqxona Nizomi qonun-qoi- dalariga muvofiq tar/da ko‘rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati
Shu’ba raisi (imzo) N. Mahkamov
16 - mashq. So‘z va birikmalarni quyidagi savollarga javoblar tartibida
joylashtiring.
Kim? Qayerda ? Kim bo’lib ?
Nima qiladi ?
Tuman soliq nazorati idorasida, ishlaydi, Aziz Ibrohimov, iqtisodchi,
o‘qiydi, Farg‘ona akademik litseyida, ikkinchi bosqich talabasi, «Sharq tongi»
tikuvchilik fabrikasida, bosh muhandis, tadbirkor, Yunusobod savdo markazida,
lavozimida, hisoblanadi, dorishunos bo‘lib, 18- sonli dorixonada, Buxoro shahar
To'qimachilar tumanidagi.
Dostları ilə paylaş: |