Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-MODUL: «BUXGALTERIYAHISOBINAZARIYASI»



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
2-MODUL: «BUXGALTERIYAHISOBINAZARIYASI» 
9-MAVZU. BUXGALTERIYAHISOBININGMOHIYaTIVAAHAMIYaTI 
Ushbu mavzuga oid atamalar: 
moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi
ma’lumotlardan foydalanuvchilar, predmet, obyekt, ta’minot, ishlab chiqarish, 
sotish, takror ishlab chiqarish, mablag‘, mablag‘lar manbai, nomoddiy aktiv, 
metod, metodologiya. 
1. KORXONA HAQIDA TUSHUNCHA, UNI BOSHQARISH TIZIMI. 
Respublika iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti deganda – erkin raqobat va tadbirkorlikka, ishlab chiqarish 
vositalariga kо‘p mulkchilikka, narxni bozorda shakllanishi va davlatning 
korxonalar faoliyatiga aralashuvini cheklanganligiga asoslangan iqtisodiyot 
tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri - sog‘lom tadbirkorlik 
faoliyatini barpo etish va rivojlantirish bо‘lib hisoblanadi. Fuqarolar va ularning 
uyushgan guruhlarining, korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli doirasida, mulkiy 
javobgarlik va xatar asosida foyda olishga yо‘naltirilgan mustaqil, tashabbuskor 
faoliyati tadbirkorlik faoliyati deyiladi. Bu faoliyat bilan jamoa shaklidagi huquqiy 
shaxslar va jismoniy shaxslar shug‘ullanishlari mumkin. О‘zbekistonda 
“Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonun talabiga binoan mulkka ega bо‘lgan, boshqa 
tashkilotlar oldidagi majburiyatlariga javob bera oladigan, mustaqil balansga ega 
bо‘lgan, sudda javobgar va davogar bо‘la oladigan, mustaqil Ustavga ega bо‘lgan 
va davlat rо‘yxatidan о‘tgan korxona huquqiy shaxs, deb tan olinadi. Shuningdek, 
foyda olish va ijtimoiy munosabatlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish, 
xizmat kо‘rsatish va ishlar bajarishni tashkil qilgan huquqiy shaxs maqomidagi 
xо‘jalik subyekti korxona deb, tan olinadi.


171 
Korxona qonun bilan cheklanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish 
huquqiga ega. Korxonaning vazifalarini mulk egasining (yoki jamoaning) 
qiziqishi, faoliyatga yо‘naltirilgan ustav kapitalining (pulining) miqdori, korxona 
ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va bozorni talabi belgilaydi. Faoliyat xususiyatlari 
bо‘yicha barcha korxonalar, tijorat va notijorat maqsadlari uchun tashkil qilinadi. 
Tijorat korxonalari notijorat korxonalaridan, xususan, assotsiatsiyalardan, ijtimoiy 
tashkilotlardan, diniy korxonalar va har xil fondlardan о‘zining asosiy maqsadi 
bо‘lgan foyda olishi bilan farq qiladi. 
Mulkchilik shakliga kо‘ra korxonalar: davlat korxonasi, xususiy, aralash 
mulkchilikka asoslangan, hamkorlikdagi, mas’uliyati cheklangan jamiyat, 
aksiyadorlik, kompaniya, fermer xо‘jaligi, agrofirma, chet el kapitali bilan 
hamkorlikdagi va boshqa shakllarda tashkil qilinadi. 
Boshqaruv deganda, ma’lum iqtisodiy natijalarga erishish maqsadida 
korxonada mavjud bо‘lgan obyektlarga, sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarga va korxona faoliyatida ishtirok etuvchi xodimlarga (odamlarga) 
yо‘naltirilgan ongli faoliyat tushuniladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyotida, 
boshqaruvni turli tizimlaridan foydalanib kelingan. Tashqi muhitga ta’siri 
bо‘yicha boshqarishni mexanistik, organik, aralash va boshqa tizimlari mavjud.
Boshqarishni aralash tizimiga bashorat qilish va iqtisodiy tahlilga 
asoslangan boshqarish variantlarini kiritish mumkin. Uning asosiy maqsadi - 
korxona faoliyatida ishtirok etadigan barcha moddiy, moliyaviy va mehnat 
resurslarni holatini va korxona ish natijalarini о‘rganish hamda baholash asosida 
ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari 
asosida о‘tkazilib, dastlabki va moliyaviy tahlil shaklida tashkil qilinadi. 
Dastlabki tahlil buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini tuzgunga qadar 
о‘tkaziladi va hisobot moddalarini hamda hisobotlarga qо‘shimcha tuziladigan 
tushuntirish xatini tо‘g‘ri tuzishni ta’minlaydi. Iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi 
bо‘lgan moliyaviy tahlil, korxona biznes-rejalarini ishlab chiqish va uning 
moliyasini boshqarishning ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi. 


172 
Korxonalar faoliyatiga baho berish va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni 
aniqlash hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirishni ichki omillarini topish 
maqsadida moliyaviy hisobotlarni topshirgandan keyin, ularning ma’lumotlari 
asosida korxonalar moliya-xо‘jalik faoliyatlari har tomonlama, tо‘liq tahlil 
qilinadi. Uning natijalari asosida kelgusi davr rejalari va korxonani rivojlantirish 
chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. О‘tkaziladigan moliyaviy tahlilnig sifati tahlil 
qilishda qо‘llaniladigan usullar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining 
haqiqiyligiga bog‘liq bо‘ladi. Iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqaruv tizimi 
asosini 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin