192
Mashulotlarni sotish uchun xizmat qiladigan binolar,
inshoatlar, uzatish
qurilmalari, о‘lchov birliklari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq
xо‘jaligi mashinalari, ulchov - uskunalar, uzoq muddatga ijaraga olingan binolar,
inshoatlar va boshqa turdagi vositalar hamda tayyor mashulotlar, pul mablag‘lari
va tо‘lovga olingan mablag‘lar esa, muomila sohasining mablag‘larini tashkil
qiladi.
Noishlab chiqarish sohasiga aholiga nomoddiy xizmatlar kо‘rsatish bilan band
bо‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at,
servis xizmati bilan
shug‘ullanuvchi va shu kabi boshqa muassasalar kiradi. Ularning faoliyatlarida
ishtirok etadigan binolar, inshootlar, о‘lchov birliklari, hisoblash texnikasi,
transport vositalari, xonalarning jihozlari, cholg‘u birliklari, meditsina texnikasi va
uskunalari va boshqa shu kabi mehnat buyumlari noishlab chiqarish sohasining
mablag‘larini tashkil qiladi.
Korxona xо‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalariga kо‘ra: о‘zining
mablag‘lari, chetdan jalb qilingan mablag‘lar, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar
kabi guruhlarga bо‘linadi.
О‘zining mablag‘lariustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bо‘ladi.
Ustav kapitali, korxonani faoliyat kо‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil
qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi
ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan о‘zgartirilishi mumkin.
Fondlar О‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuniga
binoan korxonaning kо‘zda tutilgan zararlar va nobudgarchiliklarni qoplash uchun,
shuningdek, hisobot yilida kelgusi davr xarajatlari va tо‘lovlarini
ishlab chiqarish
va muomala xarajatlariga bir me’yorlarda kiritishni ta’minlash maqsadida, foyda
hisobidan rezerv (zahira) fondini tashkil qiladi. Rezerv fondi hisobidan
korxonaning hisobot yili davrida kо‘zda tutilgan zararlari, nobudgarchiliklari,
asosiy vositalarini tuzatish xarajatlari, xodimlarning mehnat ta’tillariga haq tо‘lash,
ularni kо‘p yillik mehnatlarini taqdirlash kabi boshqa xarajatlari qoplanadi.
О‘zining mablag‘lariustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bо‘ladi.
193
Ustav kapitali, korxonani foaliyat kо‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil
qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi
ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan о‘zgartirilishi mumkin.
Foyda mashulotlarni va korxona uchun keraksiz bо‘lgan asosiy vositalar
hamda shu kabi boshqa mulklarni, shuningdek, sotish bilan bog‘liq bо‘lmagan
operatsiyalardan tushgan daromadlarni shu operatsiyalar bо‘yicha qilingan
xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. Demak, foyda – daromadlarning
xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir.
Mashulotni sotishdan tushgan foyda, ular uchun pul tо‘lovi amalga
oshirilgandan sо‘ng (naqd pulsiz hisob-kitoblarda korxonaning bank
muassasasidagi schyotiga mablag‘ kelib tushganda, naqd pulli hisob-kitoblarda esa
mablag‘lar kassaga kelib tushganda) yoki tovarlar yuklab jо‘natilib, haridorga
hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgandan keyin aniqlanadi. Foyda yil davomida
buxgalteriya balansining passiv tomonida alohida moddalarda о‘sib boruvchi
jamlikda aks etiriladi. Balansning aktiv qismida esa foydadan avans tariqasida
foydalanish yoki haqiqiy kо‘rilgan zarar aks ettiriladi.
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar manbaiga bank kreditlari va kreditor qarzlar
kiradi.
Bank kreditlarini korxona faoliyat kо‘rsatishi davomida о‘z mablag‘larini
yetmasligi natijasida chetdan mablag‘larni jalb qiladi. Shulardan asosiysi bank
kreditlaridir. Bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bо‘ladi.
Kreditlar
belgilangan muddatlarda qaytarib berish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun
beriladi. Kredit bank tomonidan ma’lum foizlar hisobidan, bankning qayta
moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan miqdorlarda beriladi. Misol: korxona bir
yilga 25 foiz hisobidan 10000000 sо‘m kredit olgan bо‘lsa, qaytarib berishda
ushbu summani 12500000 sо‘m qilib qaytaradi.
Boshqa tashkilotlardan jalb qilingan mablag‘larga mol yetkazib
beruvchilardan puli tо‘langunga qadar, olingan xom ashyo va boshqa moddiy
resurslar bо‘yicha qarzlar hamda boshqa har xil kreditor qarzlar kiradi. Bu qarzlar
194
korxonaga mol yetkazib beruvchilardan moddiy qiymatliklarni harid qilishdan
boshlab, toki korxona ularning pulini tо‘lagungacha bо‘lgan davrda mavjud
bо‘ladi. Bu vaqt davomida mol yetkazib beruvchilarga tо‘lanishi lozim bо‘lgan
qarzlar, korxona mablag‘larining manbai bо‘lib hisoblanadi.
Kreditor qarzlar korxonaning xо‘jalik faoliyati davomida huquqiy va jismoniy
shaxslar oldida majburiyatlar vujudga keladi. Bunday
majburiyatlar kreditor
qarzlar deyiladi. Ularga, eng avvalo, korxonaning ishchi xizmatchilarga ish haqi
bо‘yicha bо‘lgan qarzdorligini, soliq inspeksiyasiga byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha
qarzdorlikni, sug‘urta organlariga ijtimoiy sug‘urta bо‘yicha qarzdorlikni,
ta’sischilarga foyda hisobidan divident tо‘lovlari bо‘yicha qarzdorliklarni kiritish
mumkin.
Ish haqi bо‘yicha ishchi va xizmatchilarga qarzdorlik xodimlarga bajargan
ishlari uchun hisoblanagan ish haqini ularning qо‘llariga bergunga qadar bо‘lgan
davrdagi korxona majburiyati sanaladi.
Byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha qarz korxonaning faoliyati yuzasidan olingan
foyda (daromad) solig‘ini va xodimlarni ish haqlaridan о‘tkazib beriladigan
daromad soliqlarini soliq inspeksiyasiga о‘tkazib bergungacha bо‘lgan davrdagi
korxona majburiyati sanaladi. Shuningdek bunday qarzlarga xodimlarning ish
haqlariga nisbatan hisoblangan ajratmalarni ijtimoiy sug‘urta organlariga о‘tkazib
bergungacha bо‘lgan davrdagi korxona majburiyati kiritiladi.
Foyda hisobidan ta’sischilarga tо‘lanadigan divident qarz korxona xо‘jalik
faoliyatidan olingan foydaning ta’sischilarga tegishli qismi bо‘lib,
ularning
ulushlari bо‘yicha hisoblanadi va tо‘lagunga qadar bо‘lgan davrdagi korxona
majburiyati.
Dostları ilə paylaş: