203
Buxgalteriya hisobi bо‘yicha chop qilingan ilmiy va о‘quv adabiyotlarda,
uning predmetini tashkil qiladigan obyektlarni ikki xil belgisi bо‘yicha guruhlab
о‘rganish tavsiya qilinadi:
korxona xо‘jalik faoliyatini ta’minlovchi obyektlar,
korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi obyektlar.
Korxona xо‘jalik faoliyatini ta’minlovchi obyektlar buxgalteriya hisobi
fanining qayerda amalga oshishini kо‘rsatsa, korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil
etuvchi obyektlar buxgalteriya hisobida nimalar hisobga
olinishi kerakligini
kо‘rsatadi. Shuning uchun ham fanning predmeti mohiyati mulkchilik shaklining
о‘zgarishidan qat’iy nazar о‘zgarmaydi, lekin iqtisodiyot tarmoqlarining ish
xususiyatlari natijasida hisobga olinadigan obyektlar
shaklan va mazmunan
о‘zgaradi.
8. BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY QOIDALARI
(TAMOYILLARI).
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni
Buxgalteriya hisobini юритиshни қўйdaги asosiy prinsiplarini белгилаб берган
(3-modda) uzluksizlik, ishonchlilik, kо‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi.
Uzluksizlik (davom etayotgan faoliyat) tamoyili
- buxgalteriya hisobida
korxona amal qilayotgan (harakatdagi) iqtisodiy birlik sifatida qaralib,
faoliyatini
istiqbolda (bundan keyin ham) ancha uzoq muddat davom ettirishi taxmin qilinadi.
Bunday holatda aktivlarni doimiy ravishda joriy qiymatda baholashga tо‘g‘ri
keladi. Uzluksizlik tamoyiliga binoan esa buning zaruriyati bо‘lmaydi. Masalan
sanoat korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari,
keyinchalik haridorlarga
sotiladigan mashulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Tovarlarni sotishda ularni
sotish bahosini tasdiqlaydigan qiymati tan olinadi. Shuning uchun ishlab chiqarish
jarayonlarida ishlatiladigan mehnat buyumlarini va boshqa mablag‘lar qiymatini
alohida aniqlab о‘tirishning xojati yо‘q, chunki ularning har biri alohida ajratilgan
holda sotilmaydi. Agar korxona yopilish arafasida turgan bо‘lsa,
unda uning
resurslari tugatish qiymatida baholanadi.