Buxgalteriya xisobi va audit



Yüklə 320,18 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü320,18 Kb.
#98182
  1   2   3
#15 Javoblari Makroiqtisodiyot



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT” FAKULTETI


«IQTISODIY XAVFSIZLIK » KAFEDRASI
Fan: “MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT”
ORALIQ NAZORAT
Yozma Ish varianti-1

Bajardi: O.B.Abdulfattayev
Tekshirdi: A.T.Umirov
Toshkent-2023
Yozma Ish Varianti-1
1. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Keyns xochi.

  1. 2. AS egri chizig‘i va unga ta’sir etuvchi omillar.

  2. 3. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog‘liqligi



Javoblar:
1. Xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chikarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`kotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. SHuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniksa investitsiyalarning o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.
Xakikiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar mikdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgarma va investitsiyalar mikdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan fark kiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Dekmak uning grafigi  iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp mikdorda yukoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funktsiyasi esa kuyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o`zgarish mikdorini bunga sabab bo`lgang daromadlardagi o`zgarish mikdoriga bo`lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;
Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;
ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
YAlpi daromadlarning oshishi bilan import xam oshadi. CHunki, bunda iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan xarajatlari mikdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) mikdoriga bevosita boglik bo`lmaydi, balki tovar olib chikib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga boglik bo`ladi. SHuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bogliklik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chikish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport mikdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga boglik emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`ligicha avtonom xarajatlar mikdoriga ko`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yigindiga teng deb olinadi.



Yüklə 320,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin