Buxgalteriya



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#200541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
3 Mutaxassislikka oid savollar tizimdagi bi xil lavozimlarga



Adliya vazirligi markaziy apparati, adliya organlari va muassasalaridagi 
ayrim bir xil boʻlgan bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan (ichki va 
tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun mutaxassislikka oid tahminiy
SAVOLLAR RO‘YXATI 
Yo‘nalishi:
 Buxgalteriya 
 
1. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy 
hisobotlari qanday tuziladi? 
2. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida tushuncha bering. 
3. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish qaysi organga yuklatilgan? 
4. Imzo huquqi deganda nimani tushunasiz? 
5. Davlat xaridlariga ta’rif bering 
6. Moliyaviy hisobot deganda nimani tushunasiz? 
7. Byudjet tashkiloti – toʻgʻrisida tushuncha bering.
8. Byudjet ssudasi deganda nimani tushunasiz? 
9. Davlat byudjeti profitsiti nima? 
10. Davlat byudjeti taqchilligi deganda nimani tushunasiz? 
11. Dividendlar deganda nimani tushunasiz?
12. Byudjet dotatsiyasi toʻgʻrisida tushuncha bering. 
13. Davlat byudjeti tuzilmasi toʻgʻrisida tushuncha bering. 
14. Davlat byudjeti daromadlari qaysi manbaalar hisobiga shakllantiriladi? 
15. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan 
daromadlar qanday tartibda taqsimlanadi? 
16. Tovar-moddiy boyliklarini sotishdan tushgan byudjet tashkilotlarning 
tasarufida qoldirilgan 50 foiz mablagʻlar qanday maqsadlarga ishlatiladi. 
17. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari sarflanishi 
tartibi haqida gapiring. 
18. Boshlangʻich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari nimalardan iborat. 
19. “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” boʻyicha Oʻzbekiston 
Respublikasi 19-sonli BHMSning mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapiring. 
20. Debitorlik va kreditorlik qarzlari qaysi normativ hujjat orqali tartibga 
solinadi, muddati oʻtgan debitorlik qarzi deganda nimani tushunasiz.
21. Homiylardan 
tushgan mablagʻlar, agarda homiylar tomonidan 
mablagʻlarning ishlatilish yoʻnalishi koʻrsatilmagan boʻlsa, qaysi maqsadlarga 
yoʻnaltirilishi mumkin? 
22. Byudjet tashkilotida boshlangʻich buxgalteriya hisobiga oid hujjatlarga 
toʻgʻriligi, haqqoniyligi va xisobotlarda aks ettirilishi taʼminlash uchun javobgarlik 
kimga yuklatilgan. 
23. Byudjet tashkiloti bosh hisobchisiga qanaqa vazifalar bajarilishi 
taʼqiqlanadi. 
24. Asosiy vositalar qanday muddatlarda inventarizatsiyadan oʻtkazilishi 
lozim? 
25. Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining gʻazna ijrosi 
qoidalari qaysi tashkilotlarga taalluqli? 


26. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy 
gʻazna hisob varaqlariga notoʻgʻri va ortiqcha kelib tushganlarni qaytarilishi haqida 
tushuncha bering. 
27. “UzASBO” DM (dasturiy majmua) – deganda nimani tushunasiz? 
28. Gʻaznachilikda Gʻaznachilik amaliyot kuni – deganda nimani tushunasiz? 
29. Tanlash natijalarini rasmiylashtirish xususida maʼlumot bering? 
30. Eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda mehnatga haq toʻlashning 
Yagona tarif setkasida tasdiqlangan razryadlar boʻyicha xodimlar stavka (lavozim 
maosh)lari qaysi NHH asosida taribga solinadi? 
31. Nomoddiy aktivlar deganda nimani tushinasiz, buxgalteriya jarayonida 
qanday tartibda hisobga olinadi? 
32. “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda qanday subschyotlarga boʻlinadi:? 
33. Oʻrtacha oylik ish haqini xisoblab chiqish tartibini tushuntirib bering. 
34. Qanday tovar boyliklar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi? 
35. Yagona gʻazna hisobvaragʻi nima? 
36. Xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish 
uchun mablagʻlar berish tarzida koʻrsatiladigan moddiy yordam pullari daromad 
soligʻi solinadimi? 
37. Unitar korxona deganda nimani tushunasiz? 
38. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish qaysi manbalar asosida 
shakllantiriladi? 
39. Byudjet jarayoni nima? 
39. “Byudjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti 
hisobda qanday subschyotlarga boʻlinadi:? 
40. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari qachonga qadar? 
42. Buxgalteriya hujjatlarini qanday saqlanishi kerak? 
43. Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarida nimalar aks ettiriladi? 
44. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari chet el valyutasidagi 
mablagʻlarining gʻazna ijrosi qaysi meʼyoriy hujjat bilan tartibga solinadi? 
45. Asosiy vositalarning tugatilishi va xisobdan chiqarilish tartibini tushuntirib 
bering? 
46. Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqish tartibini tushuntirib bering? 
47. Moliyaviy hisobotni eʼlon qilishni tushuntiring? 
48. Buxgalteriya hisobi registrlarini tushuntiring? 
49. Xodimning qaysi davri agar mehnatga qobiliyatsizlik davriga to‘g‘ri kelib 
qolsa, nafaqa to‘lanmaydi? 
50. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash 
uchun qanday xujjat asos boʻladi? 
51. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodimlarning ish staji 
boʻyicha qanday tartibda beriladi? 
52. Sotib olingan tovarlar qaysi qonun hujjatlariga muvofiq balansga qabul 
qilinadi va nimalarga eʻtibor berish kerak? 
53. Savol: Budjet tashkilotlari buxgalteriyasida Asosiy vositalar qaysi schyot 
va subschyotlarda yuritiladi. 


54. Moliya yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan 
xatolarni tuzatish tartibi izoh bering. 
55. Buxgalteriya hisobi subyektlari kimlar? 
56. Buxgalteriya hisobi obyektlari deganda nimalarni tushunasiz? 
57. Tashkilotlar asosiy vositalariga eskirish hisoblash qaysi subschyotlarda aks 
ettiriladi? 
58. Nomoddiy aktivlar qanday hollarda hisobdan chiqariladi? 
59. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida asosiy 
vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻ qanday taqsimlanadi? 
60. Budjet so‘rovi nima? 
61. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari amalga oshirilganda 
yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmasa xodimga xarajatlar qanday tartibda qoplab beriladi? 
62. Odimning respublika boʻylab xizmat safari mobaynida ovqalanish xarajati 
qanday tartibda qoplab beriladi? 
63. Mehmonxona xarajatlarining bir kunlik qoplash miqdori qanday tartibda 
amalga oshiriladi? 
64. Respublika boʻylab xizmat safari amalga oshirilganda xodim tomonidan 
turar joyda yashaganligi boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud 
boʻlmagan hollarda qanday tartibda xarajatlar qoplab beriladi? 
65. Xodim Respublika tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda yoʻl, yashash 
uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha), sutkalik, vakillik va koʻzda tutilmagan 
xarajatlardan tashqari yana qanday xarajatlar qoplab beriladi? 
66. Qaysi hollarda xodimning ish haqqidan uning roziligisiz ushlab qolish 
mumkin? 
67. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik qaysi davrlarga toʻgʻri kelganda nafaqa 
toʻlanmaydi? 
68. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday hollarda beriladi? 
69. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti xaqida 
maʼlumot bering? 
70. Aylanma kassa mablagʻi nima? 
71. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasidan foydalanish tartibi 
qanday? 
72. Boshlangʻich hisob hujjatlarini gapirib bering? 
73. Xarajatlar smetasi nima? 
74. Ichki nazorat haqida tushuntirib bering? 
75. Kassani taftish qilish kanday amalga oshiriladi? 
76. Qaysi xodimlarga uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi?
 
77. Qaysi xodimlarga qoʻshimcha taʼtil beriladi?

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin