Elektr maydon 2 xil maydoning yiғindisidan iborat: ularning birinchisi potenstial maydon bo’lib (E), bu maydonni elektr zaryadlari hosil qiladi. Shuning uchun ham bunday maydonning kuch chiziqlari musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryaddan tugaydi. Kuch chiziqlarining oqimi mavjud. Uyurmali xarakterga ega emas.
Ikkinchisi esa potenstial maydon emas.Uni magnit maydonni o’zgarishi vujudga keltiradi
E=EQ+EB Demak, Elektr maydonni nafaqat elektr zaryadlari, balki magnit maydonni o’zgarishi ham vujudga keltiradi.
Elektr maydonning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan magnit maydon indukstiyasi V elektr maydon kuchlanganligining o’zgarish tezligiga proporstional :
V=dE/dt
Magnit maydonning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan elektr maydon kuchlanganligi esa Faradey qonuniga muvofiq, magnit maydon indukstiyasining o’zgarish tezligiga proporstional :
E=dB/dt
Agar fazoning biror nuqtasiga uyurmali elektr maydon paydo qilinsa, uning natijasida vujudga keladigan o’zgaruvchan magnit maydonning kuch chiziqlari elektr maydon kuch chiziqlari konstentrik aylanalar bilan o’rab oladi. Shuningdek, magnit maydonning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan uyurmali elektr maydonning kuch chiziqlari ham magnit maydon kuch chiziqlarini o’rab oladi va shunday davom etadi.
O’zgaruvchi elektromagnit maydonning fazoda tarqalishi elektromagnit to’lqinlar deyiladi.
Elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligi chekli kattalikdir
V=1/Öe0m0em
To’lqin uzunligi .Elektromagnit to’lqinning bir tebranish davriga teng vaqt davomidagi ko’chish masofasi to’lqin uzunligi deyiladi
l0=c/v