ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 926 www.ares.uz hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki
ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan
biri bo’lib xizmat qiladi” deb takidlaganlar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Bugungi kunda O`rta Osiyo va xususan, Buxoro amirligining Chor hukumati
tomonidan mustamlakaga aylantirilishi tarixini o`zida aks ettirgan mahalliy muarrixlar
tomonidan yozilgan bir qator asarlar mavjud. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning
"Mang’it hukmdorlari tarixi", Mirza Salimbekning "Tarixi Salimiy", S.M.Olimiyning
"Buxoro - Turkiston beshigi", Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir
voqealar) va "Buxoro mang’it amirlarining muxtasar tarixi" va boshqa bir qator asar
mavjud.
Mazkur manbalar ichida eng yirigi Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoi"
(Nodir voqealar) asaridir. Ushbu asarda muallif o`zidan oldin o`tgan faylasuflarning,
birinchi navbatda Bedilning ba`zi falsafiy qarashlarini tahlil qilgan. O`z zamonasining
qo`ygan masalalarini hal qilishga intilga. Ushbu asar ahamiyati jihatidan XI asrda
yozilib saljuqiylar sulolasi tarixiga bag’ishlangan Nizomulmulkning "Siyosatnoma"
asariga qiyoslash mumkin.
Asarning asosiy mazmunini – xalqni ma`rifatli bo`lishga chaqirish,
insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etish kabi g’oyalar tashkil etadi. "Navodir ul-
vaqoe"ni o`z davrining entsiklopediyasi deb atasak mubolag’a bo`lmaydi.
Asar Ahmad Donish Peterbugga qilgan ikkinchi safaridan keyin 1868-1873
yillar oralig’ida yozilgan. Ammo Buxoroda bosmaxona mavjud bo`lmagani uchun
chop etilmagan Kitob yozilishi davomida tartibga solinmay uning ayrim sahifalarini
yaqinlariga o`qishga bergan.