Amaliy mashg`ulot№ 9
15-Mavzu: Konfedensial axborotlarni e`lon qilishni oldini olish.
1.Programma moduliga yashirish, hujjatsiz kirish nuqtasi deganda nimani tushunasiz?
2.Axborotni chetga oqib chiqib ketishini ta`minlovchi dasturlar haqida ma`lumot bering.
3. Tarmoqdan ruxsatsiz foydalanishga qashi ehtiyot choralariga nimalar kiradi?
Arj, Rar, WinZip va shunga o’xshash arxivatorlar parol bilan himoyalangan arxivlarni yaratishga imkon beradi. Kriptografiya mutaxassislari arxivatorlarda qo’llanilgan shifrlash metodlarida “tirqish” lar mavjud bo’lib, ular parolni nafaqat terib ko’rish, balki boshqa yo’llar bilan buzishga yo’l beradi.
MS Office hujjatlarini parol bilan himoyalash
Bu metodni hech qachon ishlatmang. Buzish shu qadar osonki, kommertciyali paketni yaratuvchisi chiqaruvchi foydalanuvchilar parolini qayta tiklash uchun dasturga bo’sh tcikllarni qo’shgan, chunki qo’yilgan masalani murakkabligi tasavvurini uyg’otish maqsadida Nokommersiyali paket yaratuvchisi esa http://www.geoc.ties.com/SiliconVolley/Vista/6001/pwdremover.zip bo’sh tcikllarni dasturga qo’shmagan, bu esa buzish soniyadan kam vaqtni egalladi. MS.Word 6.0 va 7.0 hujjatlari buziladi, bunda ingliz tilida ham boshqa tildagi versiya hujjatlarini ham buzadi.
NDEC dasturi yordamida ma`lumotlarni himoyalash.
NDEC sodda va shu bilan birga juda ishonchli dastur bo’lib, unda ikki kalitli ko’pustunli polimorf kodlashtirilgan original algoritmlar qo’llanilgan edi. Bu shuni anglatadiki, misol uchun bir kalit bilan shifrlangan bir fayl har safar shifrlanganda har xil bayt ko’rinishida bo’ladi. NDEC foydalanuvchilari ma`lumotlarni shifrlash/ qayta ochish uchun ikkita parol kiritishlari kerak. Har bir parol uzunligi 256 ramzdan oshmasligi kerak.
Disketalarni DiskHide dasturi yordamida himoyalash
DiskHide bu shunday dasturki ixtiyoriy disketani (siz unga informatciya yozib bo’lgandan so’ng) absolyut bo’sh qiladi. Juda kam hollarda sizning boshlig’ingiz yoki bojxonada disketani DiskEditor yordamida ko’rish xayoliga keladi.
Best Grypt dasturi yordamida qattiq disklarni himoyalash
ShK qattiq disklardagi berilganlarni himoyalash muammosi informatciyani himoyalash hududida eng aktual hisoblanadi.
Best Grypt dasturi bizning fikrimizcha shifrlangan mantiqiy disklarni yaratish uchun yaxshi dasturdir. Uning DOS, Win3XX, Windows 9X, Windows NT uchun versiyalari mavjud. Bunday disklarda nafaqat barcha maxfiy informatciyani, balki boshqa shifrlash dasturlarini ham saqlash maqsadga muvofiq.
Dastur bizga shifrlash algoritmining uch ko’rinishini taklif etadi (DES, GOST, BlowFish) - Gost yoki BlowFish tekshirilgan algoritmlarni tanlashni maslahat beramiz.
Shifrlangan disklarni yaratishdan boshqa dastur fizik darajada disketalarni shifrlashga imkon beradi, bu esa maxfiy informatciyani uzatish uchun juda qulay.
Bu ajoyib dasturni Vetico Findland firmasi ishlab chiqarish serveridan tortib olishimiz mumkin:
http://www.jetico.sci.fi
Bu esa dasturning bepul versiyasi registratciyasi uchun kerak bo’ladigan seriya raqami:
User name: Sonixx
Organization:[AnThraX]
Serial Number: BC-35D1-EAA6-027F
{ Xuddi shunday seNTry2020, Sofe House }
Kremlin dasturi yordamida berilganlarni himoyalash
Kremlin dasturi Best Grypt dasturining mantiqiy kengaytmasi hisoblanadi. U fayl va elektron pochtani sizning tanlovingiz (IDEA, 3DES, CAST va boshqalar) bilan ko’plab algoritmlar asosida shifrlaydi. Ammo uning asosiy yutug’i barcha tarix fayllari, log-fayllar, internetning vaqtinchalik fayllari va siz ko’rsatgan barcha fayllarni qayta tiklanmaydigan holda o’chirish imkoniyatidir (berilgan vaqt oralig’ida yoki misol uchun kompyuter yoqilganda). Bundan tashqari qayta tiklanmaydigan holda qattiq diskning bo’sh o’rnini va Windows virtual xotira (clon-fayl) fayllarini informatciya nolligiga olib keladi.
Dastur tortib olish uchun ko’pgina bepul serverlarda mavjud:
http://www.shore ware.com
http://www.downlood.com
Bu esa dasturning bepul versiyasi registratciyasi uchun kerak bo’ladigan seriya raqami (2.21 versiyada tekshirilgan): 4040053298
Apparat vositalar yordamida ShKni himoyalash
Bu qurilmaning vazifasi – kompyuterni o’g’irlaganda, kompyuter xizmat ko’rsatish o’rniga kirganda yoki ma`lum bir tugma bosilganda, jamlagichni olganda informatciyani o’chiradi. Mohiyatan bu qurilma qog’ozni yo’qotuvchi mashina anologi hisoblanadi.
Bu qurilmaning ishlash printcipi jamlagichni formatlashdan iborat. Ma`lumki, har bir jamlagichning boshida bo’limlar jadvali, fayllar joylashish jadvali, katologlar joylashgan, shuning uchun informatciyani yo’qotish hatto bir necha sekundlik bu qurilmaning ishdan so’ng jamlagichdagi informatciyani tiklash juda qiyin. Agar qurilma bir necha daqiqa qayta ishlasa barcha informatciya o’chirilgan bo’ladi. Birinchi o’chirish tciklidan so’ng ikkinchisi so’ngra uchinchisi va hokazo (to avtonom manbaa razryadigacha) davom etadi, shu sabab informatciyani qoldirilgan magnitlashdan so’ng ham qayta tiklab bo’lmaydi. Bu metodli o’chirish WipeFile va WipeDisk utilitalarida mavjud, ammo ularni ishlatish uchun kompyuter yoqilgan bo’lishi kerak, shu bilan birga ko’pgina operatcion tizimlar diskka to’g’ridan-to’g’ri murojaatni berishmaydi va shuning uchun bu utilitalar ishlamasligi mumkin.
Informatciyani o’chirishning bu metodlari “vaxshiyona” tuyulishi mumkin, ammo ish to’g’ri tashkil qilinsa (har kunlik zaxira nusxasi, kunlik ishlarprotokoli va shunga o’xshash) unda o’chirilgan informatciyani minimal yo’qotish bilan tiklash mumkin (disk ozor chekmaydi).
Qo’riqlanadigan kompyuterga ega bo’lgan administratorni identifikatciyalash uchun 48 bit uzunlikdagi elektron kalitlar qo’llaniladi. Kalitni ko’rsatish uchun ajratilgan qisqa vaqt – 10 soniya uni terib chiqish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. Foydalanuvchilar tanlagan datchiklar ishlab ketganda informatciyani o’chirishi yuz beradi. Ko’pincha yakuniy o’chirgichlar ishlatiladi (kompyuter korpusi ochilganda, xona ochilganda, favqulod tugmasi), telefon (peydjer) jiringlaganda, hajm o’zgarishi bilan ishlab ketuvchi datchiklar.
Qurilma “3,5” diskovod o’rnida montajlanadigan blokni ifodalaydi va avtonom manbaaga ega. Qurilma IDE shleyf uzilganda yoqiladi va hech qanday drayverlar o’rnatilishini talab qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |