Antivirus dasturlar va ular bilan ishlash texnologiyasi Kompyuter viruslarini aniqlash, o’chirish va ulardan muxofazalash uchun bir necha maxsus dasturlar ishlab chiqilgandir. Bunday dasturlarni antivirus dasturlari deb yuritiladi. Bir - biridan farq qiluvchi quyidagi ko’rinishli dasturlar mavjuddir:
detektor dasturi;
doktor (davolovchi) dastur;
revizor (tavftish) dasturi;
filtrli dastur;
vaktsina yoki immunitet hosil qiluvchi dastur.
Detektor dasturi - tezkor xotirada joylashgan aniq bir tavsifli virusni izlab topadi va u xaqda ma`lumot beradi. Bunday dasturning kamchiligi shundaki, u aniqlagan virus dastur ishlab chiqqan kishi uchun oldindan ma`lum bo`ladi.
Doktor - dasturi va vaktsina - dasturlari nafaqat viruslarni aniqlaydilar, balki ularni o’chirib diskning zararlangan sektorini davolaydilar, fayldagi virus dasturini o`chirib, uning o’rniga faylning oldingi ko`rinishini qayta tiklaydilar. Ular, oldin tezkor xotiradan virusli dasturlarni izlab topadilar, so`ngra ularni o’chirib disk sektorini va fayllarni davolaydilar. Ular ichida davolovchi dasturning vazifasi shundaki, u oldin katta miqdordagi viruslarni izlab topadi, so`ngra ularni o`chirib chiqadi. Aktiv faoliyat ko`rsatuvchi antivirus dasturlar: Aidstest, Scan, Norton Antivirus va Doktor Wed lar hisoblanadilar.
Revizor - dasturi viruslarga qarshi qo’llaniladigan dasturlar ichida eng ishonchlisidir. Chunki u, dasturlar, fayllar va tizimli diskning ishchi sektorining oldingi xolatini o’rganib chiqadi, so`ngra ularda bo`ladigan o’zgarishlarni solishtirib va shu yo’l bilan viruslardan tozalab chiqadi.
Filtrli dastur - uncha katta bo`lmagan rezidentli dastur bo’lib, kompyuterning me`yoriy ishlashiga xalaqit beruvchi viruslarni aniqlab o’chirishga muljallangan bo`ladi.
Vaksinali yoki immunizatorli dasturlar - rezidentli dastur bo`lib, fayllarni zararlanishiga yo’l qo’ymaydi. U fakat ma`lum bo’lgan viruslardan kompyuterni asrab qolishi mumkin. Virusli epidemiyadan fayl, katalog va disk sektorlarini asrash uchun Doctor Web nomli antivirus dasturi keng qo’llanilmoqda.
Doctor Web dasturi ko’plab xavfli viruslarni aniqlab o’chirish uchun qo’llanilmoqda. Hozirgi paytda Doctor Web antivirus dasturining Windows uchun mo’ljallangan DrWeb32 nomli turi ishlab chiqilgan bo’lib, uning bazasiga juda ko’plab virus turlari kiritilgan va uning bazasini INTERNET orqali yangilab turish imkoniyati mavjud.