83
V. 5. Tarbiyachining pedagogik mahorati
Pеdаgоgikа fаnidа “pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsining turli
tа’riflаri mаvjud: “O‘qituvchining ilmiy bilimlаri, ko‘nikmаlаri,
mеtоdik sаn’аti vа shахsiy fаzilаtlаri sintеzi” (А. I. Shеrbаkоv);
Pеdаgоgik mаhоrаt pеdаgоgik fаоliyatning yuqоri dаrаjаsi bo‘lib, u
pеdаgоgning bеlgilаngаn vаqt ichidа оptimаl nаtijаlаrgа erishа
оlishidа nаmоyon bo‘lаdi. (N. V. Kuzminа. , N. V. Kuхаrеv);
“pеdаgоgik mаhоrаt – pеdаgоgik jаrаyonni bilish, uni tаshkil etа
оlish, hаrаkаtgа kеltirа оlish, pеdаgоgik jаrаyonning yuqоri
sаmаrаdоrligini bеlgilоvchi shахsning ish sifаti vа хususiyatlаri
sintеzi” (N. N. Аzizхo‘jаyеvа); “kаsbiy fаоliyatning yuqоri dаrаjаdа
tаshkillаnishini
tа’minlоvchi
shахs
хususiyatlаri
kоmplеksi
(o‘qituvchi fаоliyatining gumаnistik yo‘nаltirilgаni, kаsbiy bilimlаri,
kаsbiy qоbiliyatlаri vа pеdаgоgik tехnikаsi” (I. А. Zyazyun).
Yuqоridаgi fikrlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа, “pеdаgоgik mаhоrаt”
tushunchаsigа quyidаgi tаrzdа umumlаshgаn tа’rifni bеrish mumkin:
Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini
eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti
maqsadlari
tomon
yo‘naltirish,
talabalarda
(o‘quvchilarda)
dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur
bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.
Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy
sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada
pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani
egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va
kasbiy mavqeyini ifodalaydi. So‘nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar
bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi:
pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin
ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu
taʼrif pedagogik mahorat mazmun – mohiyatini ancha to‘g‘ri yoritadi.
“Tarbiya va o‘qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo
takomillashtirib borish imkonini taʼminlovchi sanʼat bo‘lib, talabaga
mehr qo‘ygan va o‘z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan
ishi. O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan pedagog bu yuksak daraja
madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, fanning yoki sanʼatning
tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish
uslubiyotini mukammal egallagan mutaxasisdir”.
84
Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos – bu
insonparvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega
bo‘lgan shaxs. U juda ko‘p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda
o‘zi o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor
bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg‘ulotlarni o‘rgatib
borish uchun o‘zi muntazam o‘qib, o‘rganib, o‘z bilimini to‘ldirib,
chuqurlashtirib borishi kerak. Pedagogik mahorat – tug‘ma yoki
nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat
mahsuli. Bu ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat
yotadi. Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u
holda birinchi o‘ringa uning integral sifati – mahoratidan iborat.
Pedagogik mahoratga berilgan taʼriflar shuncha ko‘p bo‘lishiga
qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari, albatta, ifodalanadi.
85
Tarbiyachining kasbiy mahorati – bu maʼlum shaxsiy (bolalarni
sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi,
javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarining
yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida,
bolalarni tarbiyalashning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi,
zukkoligi,
ijodkorligi
bilan
birga
shaxsiy
sifatlarni
ham
takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Mohir, avvalo mafkuraviy
tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Bu deganimiz milliy qadriyatlar,
urf-odatlar, anʼanalarni bo‘lishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib
tarbiyalanuvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni
tarbiyalay olishi kerak.
Buning uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi milliy qadriyatlarning
mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat eʼtiqodi bo‘la
olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-
axloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda
bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini
tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
86
Pedagogik sohaga bolalarni sevish va ular bilan ishlashga
qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va
kuzatuvchanlik,
pedagogik
nazokat,
pedagogik
tasavvur,
tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik
qatʼiylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish kasbiy
layoqatlilik kiradi.
Bilim sohasi keng ilmiy saviya, maʼnaviy ehtiyoj va qiziqish,
intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish hamda faoliyatlar
kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish
tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning
maʼlum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir. Bu
fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi tarbiyadagi
qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlik bolalar
qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif
bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va
ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyatda
mujassamdir. Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, pedagoglik
kasbi murakkab va maʼsuliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi
va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona
sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa
aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi.
Shuning uchun, bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga taʼsir
ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi
kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil
ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachilarda pedagogik-psixologik va
metodik tayyorgarlikni taʼminlaydi.
Pedagogik mahorat pedagogik jarayonda tarkib topadi.
Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib,
bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat,
jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan
mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog
shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. Yuqorida qayd etib
o‘tilgan va pedagogik mahoratga berilgan taʼrif, hamda tarbiyachining
professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo‘yiladigan
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-madaniy
talablardan
kelib
chiqib
pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy
komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi.
87
Pedagogik madaniyat tarbiyachilik burchi, masʼuliyati, qadr-
qimmati, vijdoni, axloqiy eʼtiqodini nazarda tutib, pedagogning
talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligini anglatadi.
Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt) pedagogning
pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining
o‘lchovi, meʼyori va taʼsir vositasining chegarasi sifatida
xarakterlanadi.
Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari
pedagogning kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari
yetaklaydi va tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib
topishiga yordam beradi. Ammo, o‘z kasbining mohir ustozi bo‘lish
uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi
mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash,
pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz,
o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish,
ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik
natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi taʼlim-tarbiyaga
doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham
lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish
ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham
kerak.
Dostları ilə paylaş: |