Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir. Tekshirish buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok
qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir
mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar
katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq
tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini
ajratib ko‘rsatish va farqlashga o‘rganadilar.
Mashg‘ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab
olishlari muhim rol o‘ynaydi. Holbuki shu mashg‘ulotlarda
bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rahbarlik
qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba’zi
tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina,
ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi
hosil bo‘Iadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni
idrok qilishga o‘rgatib, ular qiladigan ishlarning ma’nosini aniq
tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda
idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo‘ladi: axir, daraxt
shoxlari yaxshilab ko‘zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha
qiyin bo‘ladi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik
ko‘rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog‘oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun
tarbiyachi bolalarga qog‘oz va gazlamani g‘ijimlagandanima
bo‘lishini eshitib ko‘rishni, qog‘oz va bir parcha gazlamani yirtib
ko‘rishni, qog‘oz va gazlamadan qilingan qo‘g‘irchoq ko‘ylagini
suvda yuvishni taklif etadi. To‘plangan tajribalarni bolalar boshqa
buyum va hodisalarga ko‘chiradilar, undan kundalik hayotlarida
foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo‘Iadi, biz undan
tunnel quramiz”, “Bu chelakni ko‘tarma, unda qum bor, u juda og‘ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni
ma’lum bir xossalarga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin va
qo‘llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib
boriladigan
xilma-xil
mashg‘ulotlar, mehnat, kuzatishlar va
bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo‘shimcha material
hisoblanadi.