Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
Tarbiyachi:
Barakalla bolajonlar vazifani uddaladingiz. Ko‘rib 
turibmanki, sizlar yaxshi, mehribon, muloyim va tarbiyali bolalar 
ekanligingizni guvohi bo‘ldim. Nima deb o‘ylaysizlar shunday 
bolalarning do‘stlari bo‘ladimi? Kelinglar hozir bo‘lmasam sizlar 
bilan maqollar va hikmatli so‘zlar aytamiz. Ularni sizlar bilan 
birgalikda tushuntirishga harakat qilamiz. (Bolalar aytib ularni 
ma’nosini tushuntirib beradilar.) 
Maqollar. 
Bola: Aql ko‘pni dov olmas, do‘sti ko‘pni yov olmas. 
Bola: Baliq suvsiz yashamas, inson-do‘stsiz. 
Bola: Daraxt ildizi bilan odam do‘stlari bilan. 
Bola:Dushman siringni o‘g‘irlar, do‘st xatoingni to‘g‘rilar. 
Bola: Dushmanga choh qaziguncha, do‘stinga uy solib ber. 
Bola: Qadrdon do‘st 2 ta yangi do‘stdan yaxshi. 
Bola:Do‘sting bo‘lmasa, hayotda qiyin. 
Hikmatli so‘’lar. 
Bola: Mehr – olijanoblik. 
Bola: Mehr – odamiylik. 
Bola: Mehr – insonparvarlik. 
Bola: Mehr – mardlik. 
Ajoyib daqiqa. 
Musiqa ostida yaxshilik Parisi kirib keladi. (Tarbiyachi) 
Pari:
Salom bolalar! (Salom) Men yaxshilik Parisiman men 
sizlarning xuzuringizga bog‘chaga qanaqa bolalar kelishligini bilgani 
keldim: yomonmi-yaxshimi, mehribonmi-qo‘polmi, bir-birlari bilan 
o‘ynashni bilishadimi? Menda “sehrli” ko‘zoynak bor uni taqsangiz 
faqat insonning yaxshi fazilatlarini ko‘rish mumkin, hattoki inson o‘zi 
ko‘rolmagan, topolmagan narsalarini ham ko‘rsa bo‘ladi. Kim 


127 
o‘zining do‘sti haqida aytib bemoqchi? (Pari bolalarga ko‘zoynakni 
taqib do‘stining yaxshi sifatlarini aytib berishni taklif qiladi va 
bolalardan navbatma-navbat o‘z do‘stlarining biror-bir yaxshi 
hislatlarini aytib berishlari kerak bo‘ladi). 
Pari:
Barakalla bolalar, yana men sehrli tayochamda qanaqa 
sehrli so‘zlarni bilishlaringni bilib olaman. Sizlar sehrli so‘zlarni 
bilasizlarmi? Bo‘lmasam men mana bu sehrli tayoqchamni qaysi 
bolaga tekizsam sizlar darrov sehrli so‘z aytishlaring kerak bo‘ladi. 
Kelishdikmi? (Ha) 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin