247
Yu.K.Batanekev va boshqalar) “Pedagogik jarayon yaxlit, dialektik va
rivojlanuvchi hodisadir. Uning rivojlanish jarayonida asosiy tashkil
qiluvchi qismlari: tarbiya va o‘qitish, bolalarning uyushtirilgan va
mustaqil faoliyatlari, ayrim faoliyat turlari (o‘yin, o‘quv, mehnat)
o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi”, –deb ta’riflanadi.
Tarbiyachi bolalarga tanishtiradigan ijtimoiy hodisalar sohasi
jiddiy kengayadi. O‘zbekistonning qadimiy shaharlari, Buyuk Ipak
yo‘1i, O‘zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog‘i, madhiyasi
haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bosh-
qarilishi,buyuksiymolar, mashhur sarkardalar, xalq amaliy san’ati,
an’anaviy bayramlar haqidagi bilimlarga tayanadi.
“Konstitutsiya saboqlari” bu ilk iqtisodiy tarbiya mashg‘ulotlari
orqali bo‘lajak o‘quvchilarda huquqiy ong, huquqiy madaniyat,
huquqiy tarbiya shakllantiriladi. O‘zbekistonning o‘z milliy so‘mi va
iqtisodiyot saboqlarining ilk elementlari hodisalarga qiziqishlarini
rivojlantiriladi, fuqarolik hissiyoti asoslari: vatanparvarlik, mehnat
ahliga hurmat, mamlakat xalqlarini sevishni tarkib toptiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini
tizimlashtirishning asoslari: jonli va jonsiz tabiat hodisalari, o‘simlik
va hayvonot dunyosi, o‘z tana a’zo1ari, ularning tuzilishi va
xususiyatlari, yashash muhiti, himoya vositalari, oziqlanishi haqida
bilim beriladi. Bolalarda kattalar mehnati haqida bilimlarni
shakllantirishda tizimlashtirishning asosini mehnat buyumlari, kishilar
ehtiyojini qondirish uchun mehnat mahsulotlariga aylantirish
aloqalarini tushunish tashkil etadi. Mashg‘ulotlarda o‘zIashtiriladigan
bilim va ko‘nikma1ar bolalarning amaliy faoliyatlari bilan bog‘1anadi.
O‘lchash usullarini bolalar o‘yin va mehnat faoliyatida o‘sim1iklar va
ularni parvarish qilish haqidagi bilimlarni tabiat burchagidagi
navbatchilikda, gulzordagi mehnat ishlarida, turli material xususiyat
va sifatlari haqidagi bilimlarni o‘yin va qurishyasash va boshqa
faoliyat turlarida qo‘1laydilar.
Dostları ilə paylaş: