2. Pedagogik kompetentlik fanining predmeti va obyekti. Dunyoga yangi ko’z bilan qayraydigan, uddabiron, ishning ko’zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash Respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o’qitish metod va usullari, texnologiyalariga juda ko’p e’tibor qaratilganligi seziladi. Ammo ana shu pedagogik usul va metodikani tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo’llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori bu muammolardan holi emas. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy bilimlami amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, o’qituvchilarda amaliyot va kasbiy faoliyat jarayonida nazariy bilimlami amaliyotda qo’llay olish mahoratining yetishmasligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Demak, ko’plab o’qituvchiiar, pedagoglar eskirib qolgan nazariy bilimlar bilimlar bilan cheklanib qolmoqda. Ularda zamonga xos tub o’zgarishlarga mos kelish, munosib bo’lish kabi sifatlar etishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya - kompetensiya egasi bo’lish, kompetentli pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi. Kompetentlikning o’zi pedagogda umumiy dunyoqarashning kengligi va madaniyatning yuqoriligi, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari bo’yicha kasbiy bilimlarining mavjudligi, o’z bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga layoqatlilik, ijtimoiy va psixologik-pedagogik tadqiqotlar metodlarini bilish, pedagogik va boshqaruv ko’nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo’lishni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko’nikmalaming mavjudligi, shuningdek, ulami amaliy faoliyatda qo’llash va takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi, ya’ni kompetentlik - bu faqatgina o’zlashtirilgan bilimlar va tajribalaming mavjudligi va salmoqli hajmi bo’libgina qolmay, balki ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o’zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir. Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: - har qanday muayyan vaziyatda, uning turli xil jihatlarini hisobga olgan holda bilimlarni o’z o’rnida va tezkorlik bilan to’g’ri qo’llay bilish;
- qarorlarni qabul qila bilishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish;
- ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlami ishga sola bilish;
- faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlami aniq maqsadlarni ko’zlagan holda va maqsadga muvofiq, maqbul tarzda o’rnata olish imkonini beradigan kommunikativ ko’nikmalar;
- muayyan ma’naviy qadriyatlarga, dunyoqarashga, umummadaniy va axloqiy sifatlarga egalik, faoliyatga intilish hissining mavjudligi;
- o’zining ijodiy imkoniyatiarini rivojlantirishga, faoliyatning yangi usullarini egallashga intilish.