Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
1)
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatiga va oilasiga bo’lgan muhabbatini uyg’otishi
2)
yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedaggika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigenasidan chuqur bilimlarga ega bo’lish
3)
O’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lish
4)
ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi, o’z ishiga ijodiy yondashishi
5)
bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi
6)
pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lish
7)
o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi
O’qituvchi jamiyat tomonidan qo’yilgan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida tevarak – atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati,,, hamkasblari, o’quvchilar va ularning ota –onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat: O’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni nsonparvarlik ruhida tarbiyalash, , o’z xalqining tarixi va madaniyatini biishishi;
Olijanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi
Ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; O’zini qo’lga ola bilishi, sabr –toqatli, bardam matonatliligi.
O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt tarbiya ham bir – biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va maktab derktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota – onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar.
O’qituvchining kasbiga xos xislatlari Ota - onalar o’qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar.
O’quvchilar esa o’qituvchilarni uch xil xislatlari bo’yicha xarakterlab beradilar.
-birinchidan, o’qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, bolalarni yaxshi ko’rish xislatlari;
-ikkinchidan, tashqi xislatlari va xulq - atvoriga qarab;
-uchinchidan, o’qituvchining o’z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo’yiladigan talablar bilan birga, o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayan o’qituvining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga O’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N. V.Kuzmina, V, Slastenin, F.N. Gonoblin, O’zbekistonlik psixologlardan R.Z. Gaynutdinov,M.G. Davletshin, S. Jalilova, A. Jabborov, Qoplonova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy – tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bu professiogramma.
Professiogramma-ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjat.
O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim. Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo’yilishini bilish va shu asosida o’quv – tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxasislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi – murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o’qituvchining qo’yidagi xislatlari ko’rsatib berishi lozim.