Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Mashg’ulot bayoni 
Yuqori kurak tishlar qonun bo`yicha. Rotatsion xarakatlari bilan lab tomonga sug‘uriladi  - lyuksatsiya va 
rotatsiya kombinaqiyasida bajariladi. markaziy kurak tishlar keng lunjli to`g‘ri ombirlar bilan sug‘uriladi, yon kurak tishlar esa 
lunj  qismi  tor,to`g‘ri  ombirlar  bilan  sug‘uriladi.  Markaziy  kurak  tishlarni  sug‘urish  chap  qo`lning  II  (lab  tomondan) 
barmog‘i va I barmog‘i (tanglay tomondan) bilan fiksatsiya qilish yordamida olib boriladi. Bunda shifokor bemorni 
o`ng va oldingi tomonida turadi. O`ng kurak tishlar sug‘urilayotganda bemorni boshi chaprostqa aylantiriladi. Tish lunkadan 
qiyinchiliksiz  ajratiladi.  Fakat  alveola  devori  kuchli  sklerozlashganda  yoki  tish  ildizi  yaqqol  qiyshiqligida  sug‘urish 
qiyinchilik tug‘diradi. 
YUkori jat qoziq tishi uzun bo`lib ko`ndalangiga oval shaklga ega. Ular to`g‘ri ombirlar bilan sug‘uriladi. Ombir 
lunjlari chuqurroq joylashtiriladi va tishni sug‘urayotganda tebratuvchi va rotatsion xaraktlar qilinadi. Pastki tishlarni toj qismini 
jaroxatlamaslik uchun qoziq tish pastga va lab tomonga sug‘uriladi. SHifokorni bemorga nisbatan turishi va bemor boshining xolati 
kurak  tishlarni  olishdagi  xolatdagidek  bo`ladi.  Kurak  tishlar  ildizi  lunjlari  o`rta  kenglikda  bo`lgan  nayzasimon  ombirlar 
yordamida sug‘uriladi. 
YUkorigi  premolyar  tishlar  ildizlari  bir  oz  yalpaygan  va  qiyshaygan  bo`ladi.  birinchi  premolyar  tishni  tuzilishi 
murakkab: yarmidan ko`p xollarda ikki ildizga ega ( lunj va tanglay) kam xollarda - uchta ingichka ildiz (ikkita lunj va 
bitta tanglay). 
Ikkinchi  premolyar  yon  tomonalaridan  yalpaygan  bo`lib,  ildizlari  yon  yuzasida  uzunasiga  tarnovchalar  joylashadi.  YUkorigi  prmolyar 
tishlarni sug‘urishda S-simon ombirlardan foydalaniladi. Ularni ildizlari esa nayzasimon ombirlar bilan olinadi. SHifokor va 
bemor xolati frontal tishlarni sug‘urishdagidek bo`ladi. Birinchi premolyar tishlarni lyuksatsiya, ikkinchi premolyar tishlar tebratma va 
rotatsion xarakatlar bilan ajratiladi. Bu tishlarni sug‘urish pastga va tashqariga o`tkaziladi. 
YUkorigi  molyar  tishlarni  anatomik  xususiyatlarini  hisobga  olib ajratish va sug‘urish juda qiyin hisoblanadi. Muqaxkam 
joylashgan yonoqalveolyar qirra birinchi molyar tishni sug‘urishda qiyinchilik tug‘diradi. Undan tashqari ajralgan uchta uzun va 
aloxida ildizlari mavjud, ayniqsa tanglay tomonidagi. Ildizlar qiyshaygan yoki bir biriga birikkan xolatda ham bo`lishi mumkin. Ikkinchi 
molyar ildizlari kuchsiz rivojlangan bo`lib, ajralishi ahamiyatli emas. Birinchi va ikkinchi molyar tishlar shakliga mos ravishda ularni 
olib tashlashda o`ng va chap S-simon ombirlardan foydalaniladi. 
Ombirlarni bir lunji tanglay ildizga belgilangan bo`lib, yarim aylana yoki tekislashgan bo`ladi. Boshqasi (lunj ildizlari 
orasiga joylashtirish uchun) - tikansimon o`tkirlashgan do`nglikka ega. Birinchi ajratuvchi xarakat ikkinchi molyarda (lunj) 
eki tanglay (birinchi molyarda) tomonga qilinadi. Birinchi va ikkinchi molyar tishlar pastga va tashqariga sug‘uriladi. Bemor va 
shifokor xolati xuddi premolyarlarni sug‘urish xolatidek. 
Uchinchi molyar tish ildizlari uchta yoki undan ortiq bo`lib, konussimon shaklda bir-biri bilan birikkan bo`ladi. 
Toji birinchi va ikkinchi molyar tishlar tojidan kichik bo`ladi, ba`zida lunj tomonga siljigan bo`ladi. Ildizlari qisqa va qiyshaygan 
bo`ladi. Uchinchi molyar tishlar tikansiz keng tarnovsimon dunjli nayzasimon ombirlar yordamida qiyinchiliksiz sug‘uriladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin