Vaziyatli masala: 1. Bemor 47 yoshda, poliklinikaga chap tomon pastki jag` 6 tish og`rigi bilan shikoyat etib keldi. Obektiv
ko‘rilganda 6 tish emirilgan, shilliq qavati shishgan. Rentgenogrammada medial ildizining uchida suyak
to‘qimasining noaniq chegarali emirilish o‘chog`i aniqlandi.
1. O‘qituvchi bilan tashxis qo‘ying?
2. O‘qituvchi bilan davolash rejasini tuzing?
3. Qaysi og`riqsizlantirish usuli bilan 6 olish mumkin?
Javob.1. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit qaytalanishi.
2.Tishni olish
3.Mandibulyar va infiltratsion yoki faqat torusal anesteziya.
2. Bemor 28 yosh, poliklinikaga chap tomon pastki jag` 8 tish og`rigi bilan shikoyat etib keldi, og`iz ochilishi
qiyin va og`riqli. Obektiv ko‘rilganda chap tomon pastki jag` osti limfa tugunlari shishgan, og`iz ochilishi 2
sm,og`riqli. YUsupov bo‘yicha rentgen tasvirda 8 tish gorizontal xolda joylashganligi,atrofida cho‘ntak borligi
aniqlandi.
1.O‘qituvchi bilan tashxis qo‘ying?
2.O‘qituvchi bilan davolash rejasini tuzing?
3.Qaysi og`riqsizlantirish usulini o‘tkazish mumkin?
4.Palpatsiya usulida mandibulyar og`riqsizlantirish o‘tkazish mumkinmi?
Javob.1.8 chi tish chiqishi qiyinligi.
2.Tishni olish.
3. pastki jag` nervini xarakatlantiruvchi tolasini Bershe yoki Egorov bo‘yicha mandibulyar
og`riqsizlantirishning og`iz tashqari usuliog`riqsizlantirish.
4.Og`iz ochilishi qiyinligi xisobiga qilib bo‘lmaydi.
Vaziyatli masala: 1. Bemor 34 yoshda xirurgik stomatologiya klinikasiga «CHap tomon pastki jag` burchak sohasidan
sinishi»tashxisi bilan yotqizilgan. Og`iz ochilishi chegaralangan. markaziy og`riqsizlantirish ostida shinalash
rejalandi.
1. markaziy og`riqsizlantirish qaysi usulini tanlardingiz?
2. Tanlagan markaziy og`riqsizlantirish ketma-ketligini yozing?
2. . Bemor 28 yoshda xirurgik stomatologiya klinikasiga «O‘ng tomon pastki jag` tana va shox sohasida
o‘smasi»tashxisi bilan yotqizilgan.Bemorga keng biopsiya o‘tkazish rejalandi.Bemorda ichkt organlar
tomonidan- postinfarktnыy period (4 oy).
4. O‘qituvchi bilan davolash rejasini tuzing?
5. Og`riqsizlangtirishning qaysi usuli o‘tkaziladi?
6. Tanlagan og`riqsizlantirishingiz ketma –ketligini yozing.